3.5. Elektr energiya sifatini nazorat qilish
Elektr energiya zamonaviy iste‟molchilari o„zlarining barcha texnologik
samaradorliklarida ko„pincha elektr energiya sifatiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi.
Elektr energiya sifatining yomonlashishi elektrotexnik va texnologik qurilmalar
ishlarida salbiy bilinmoqda. Bir necha uncha katta bo„lmagan misollarni
keltiramiz.
Kuchlanish egriligi shaklining buzilishi elektr ta‟minoti tizimlari ko„plab
elementlarining ishlashida salbiy bilinmoqda. Aktiv quvvat va energiyaning
qo„shimcha yo„qotishlar vujudga kelmoqda, izolyasiyaning eskirishi jarayoni
jadalroq bo„lib o„tmoqda, elektr o„lchov asboblarining xatoliklari ortmoqda, EHM,
releli himoya, avtomatika va aloqa qurilmalarining ishlatilishi qiyinlashmoqda, bu
elektr ta‟minoti tizimining ishonchliligini kamaytiradi, elektr energiyani hisobga
olish shartlarini yomonlashtiradi.
ETT da kuchlanishlar tebranishlarining paydo bo„lishi ularga sezgir bo„lgan
elektr qabullagichlari ishlashida, birinchi navbatda elektr yoritish uskunalari
ishlashida salbiy bilinmoqda.
Uch fazali tarmoqlardagi nosimmetriyada elektr tarmoqlar elementlarida
qo„shimcha yo„qotishlar paydo bo„lmoqda, lampalar va elektr jihozlar xizmat
muddatlari
qisqarmoqda,
uning
ishlashining
iqtisodiy
ko„rsatkichlari
kamaymoqda. Transformatorlarning qizib ketishi, natijada ularning xizmat qilish
muddatini qisqarishi sezilarli bo„lishi mumkin.
Elektr energiyaning sifati davlat standartlariga javob berishi yoki
shartnomada ko„zda tutilishi kerak. Elektr energiyaning sifatini yomonlashishiga
iqtisodiy sanksiyalar, elektr energiyaga kamaytirilgan narxlar va ustamalar ko„zda
tutilgan. Kamaytirilgan narxlar va ustamalar o„lchami “Elektr energiyaga tariflarga
kamaytirilgan narxlar va ustamalarning qo„llanilishi qoidalarida” o„rnatilgan.
Tarifdan kamaytirilgan narxlar kuchlanish va chastotaning og„ishi bo„yicha
pasaytirilgan sifatli elektr energiyani, shuningdek, energiya ta‟minoti tashkiloti
aybi bo„yicha nosinusoidallik, teskari va nolli ketma-ketlik koeffitsientlari va
44
kuchlanishning o„zgarish qadami (kulanish tebranishlari dozasi) ko„rsatkichlari
bo„yicha pasaytirilgan sifatli elektr energiyani iste‟molchiga berilishida
qo„llaniladi
Tarifga ustamalar iste‟molchilar aybi bo„yicha nosinusoidallik, teskari va
nolli ketma-ketlik koeffitsientlari va kuchlanishning o„zgarish qadami (kuchlanish
tebranishlari dozasi) ko„rsatkichlari bo„yicha elektr energiyaning sifati
pasaytirilganda qo„llaniladi
YUqorida aytilganlarni hisobga olganda nima uchun hozirgi vaqtda elektr
energiyasi sifati muammosi bosqichma-bosqich birinchi rejaga chiqayotganligi
aniq bo„lib qoladi.
Rossiyada (ko„plab MDH davlatlari kabi) GOST 13109-97 «Umumiy
foydalanishdagi elektr ta‟minoti tizimlaridagi elektr energiya sifatiga me‟yorlar»
standarti qabul qilingan. Standartga muvofiq, uch fazali tok tarmoqlaridan
ta‟minlashda elektr energiya sifati ko„rsatkichlari tizimini kuchlanishning og„ishi,
kuchlanishning o„zgarish qadami, fliker jadalligi (dozasi), kuchlanishning egriligi
sinusoidalligini buzilishi koeffitsienti, yuqori garmonikalar koeffitsienti,
kuchlanishning teskari va nolli ketma-ketligi koeffitsienti, kuchlanish
botiqligining davomiyligi, kuchlanish impulsi, vaqtinchalik o„ta kuchlanish
koeffitsienti, chastotaning og„ishi tashkil etadi.
Elektr energiyaning sifat ko„rsatkichlarini nazorat qilish ishi qanday
vaziyatda turibdi? Elektr energiya zamonaviy hisoblagichlari ko„pincha elektr
energiya sifatini baholashga imkon beradi. Masalan, Alfa turkumidagi barcha
yangi hisoblagichlar faza toklari, kuchlanishlari, chastota va quvvat
koeffitsientining joriy qiymatlari kabi elektr energiya sifatining qator
parametrlarini o„lchash va nazorat qilish, xotirada qayd etish va o„rnatmalar
chegaralaridan parametrlarni chiqishi haqida sinalizatsiya mkoniyatiga ega.
Berilgan o„rnatmalardan ortganda sifat ko„rsatkichlari bo„yicha relening ishlab
ketishini dasturlashtirish imkoniyati mavjud bo„lib, bunda u bu vaziyat haqida
signal beradi yoki yuklama qismini uzadi.
45
Lekin, salbiy momentlar ham mavjud. Sifatni nazorat qilish funksiyasili
elektr energiya hisoblagichlari etarlicha qimmat turadi. Masalan, Alfa-Plyus
hisoblagichining narxi taxminan 1000$ ni tashkil etadi. Alfa hisoblagichlari
ko„riklarni o„tkazilishida elektr energiya sifat parametrlarini o„lchash asbobini
almashtira olmaydi, chunki sifat parametrlarini o„lchash turning tavsifida
indikatorlar sifatida berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |