3. SANOAT KORXONALARIDA ENHATNI QURISHNING VAZIFASI
3.1. Sanoat korxonalarida avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etilishining
maqsadga muvofiqligi
Istalgan avtomatlashtirilgan tizimni loyihalashtirishning borishida ishlab
chiquvchi bu obektni boshqarish tizimida avtomatlashtirishning qanday darajasi
zarur bo„ladi degan muhim savolni echishi kerak. Avtomatlashtirish darajasi
boshqarish bo„yicha barcha funksiyalar inson tomonidan bajariladigan tizimlardan
bu funutsiyalar avtomatik amalga oshadigan tizimlaragacha keng chegaralarda
o„zgarishi mumkin. Bir tomondan, avtomatikaning zamonaviy vositalari
boshqarish tizimida insonni doim ham almashtira olmaydi. Boshqa tomondan,
inson o„z chegaralangan imkoniyatlari tufayli boshqara olmaydigan ob‟ektlar
mavjud. Boshqarish tizimlarida inson va avtomatikani maqbul qo„shilish
samaraliroq hisoblanadi.
Avtomatika yordamida boshqarish zarur bo„lgan sharoitlar quyidagilar:
1.
Insonning fiziologik va psixologik imkoniyatlari (mushak kuchlari,
axborotlarni qayta ishlash tezligi, reaksiya tezligi,u yoki bu fizik ko„rinishda
kodlangan axborotlarni qabul qilish qobiliyati, ish qobiliyati va h.k.) bu ob‟ekt
yoki jarayonni boshqarish uchun etarli emas hisoblanadi;
2.
Tizim inson hayoti va salomatligi uchun xavfli bo„lgan muhitda bo„lishi
mumkin. Bu holda ishlab chiquvchi boshqarish tizimida mehnat sharoitlarini
sog„lomlashtirish va engillashtirish, avtomatika yordamida texnika xavfsizligini
oshirish imkoniyatlarini aniqlashtiradi;
3.
Ob‟ektni boshqarishda insonning qatnashishi undan juda yuqori malakani
talab qilishi mumkin. Ba‟zi ishlab chiqarishlarda noyob mutaxssislar mavjud
bo„lib, ularning boshqarish jarayonida qatnashishi optimal echimlarga yaqin
bo„lgan echimlarga erishishga imkon beradi. Bu mutaxssislarni almashtirish oson
emas. Masalan, ishlashi butunlay ulkan tajribaga va sezgiga asoslangan, san‟atga
yaqin bo„lgan domna pechida eritish jarayonini boshqaradigan masterning
34
ahamiyatini baholash qiyin. Bunday mutaxassislarni tayyorlashni rejalashtirib
bo„lmaydi. Bunday turdagi mutaxassis shoir kabi minimum iste‟dodga ega bo„lishi
kerak. Agar ularning jomaviy tajribasini evristik shaklda tavsiflab bo„lganda edi,
unda bu mutaxassilarni avtomatika almashtirsa bo„lar edi. Bunda, lekin, yana
noyob mutaxassislarning etishmasligidan yo„qotishlarmi yoki ularning ishini
bajaradigan avtomatik tizimni ishlab chiqish va ishlatishga harajatlar kattaligini
aniqlashtirish kerak;
4.
Mehnat resurslarining etishmasligi mavjud (masalan, o„zlashtirilmagan va
olisdagi tumanlarda ishlab chiqarish ob‟ektlarini yaratishda);
5.
Avtomatika kritik va avariya holatlarida ob‟ektni boshqarishda zarur. Oddiy
holatlarda o„z majburiyatlarini a‟lo darajada bajaradigan mutaxassis, avariya
holatlarida turli psixologik va fiziologik ta‟sirlar ostida boshqarish bo„yicha to„g„ri
echimlarni qabul qilishga yaroqsiz bo„lib qolishi mumkin.
Ishlab chiqiladigan tizimning parametrlari haqida muzokaralarning borishida
buyurtmachi bo„lishi mumkin avariya vaziyatlari va ularning oqibatlarini
tavsiflashi kerak. Bunday vaziyatlarning bo„lishi, agar bo„lishi mumkin avariya
natijasidagi yo„qotishlar avtomatikaga sarflardan ortganda avtomatlashtirish
zarurati haqida masalalarni echishda aniqlovchi bo„lishi mumkin.
Qoidaga ko„ra, ob‟ektni boshqarishda qandaydir boshqarish sifati mezoni
shakllantirilishi mumkin. Bu mezon narx ifodalanishiga ega yoki qiymatlariga
boshqarish tizimi to„g„ridan-to„g„ri ta‟sir qiladigan bir qancha parametrlarni
optimallashtirish masalasi ko„rinishida ifodalanadi (bunda parametrlarning
qiymatlari narx baholanishi bilan qandaydir bog„langan). Boshqarish ob‟ekti
prinsipial qo„lda boshqarish imkoniyatiga ega bo„lsin. Lekin, inson ob‟ektni
boshqarish bilan boshqarish mezoni nuqtai nazaridan nooptimal echimlarni qabul
qiladi.
35
3.1-jadval
Inson va EHM ning funksional imkoniyatlarini taqqoslash
Inson quyidagi funksiyalarda avzalliklarga ega
Mashinalar quyidagi
funksiyalarda avzalliklarga ega
Kuchli
“shovqin”
sharoitlarida
signallarnni aniqlash (masalan, radiohalaqitlar
sharoitlarida
radiolokatsion
stansiya
indikatorida qaytgan signalni, erdan chaqnashni
va dengiz sirtidan halaqitlarni)
O„zgaradigan qabul qilish sharoitlarida
ob‟ektlarni tanish (masalan, fotosur‟atlarni
qayta ishlashda niqoblangan ob‟ektlarni tanish)
Kutilmagan
hodisalar
sharoitlaridagi
harakatlar, masalan, yaroqchizliklarni tuzatish
uchun yoki noodatiy vaziyatlarni vujudga
kelishiga javob uchun yo„llarni tanlashda
Alohida simptomlardan kelib chiqib
umumiy holat haqida xulosa qilish-induktiv
muhokama qilish qobiliyati
Oldin bo„lib o„tgan hodisalar natijalari
asosida tajribada harakatlarni o„zgartirishni
o„rganish qobiliyati
Fikrlashning originalligi- muammolarni
yangi, mutlaqo turli echishni topish qobiliyati
Harakatlardagi ixchamlik, masalan yangi
ko„nikmalarni faqat bir yozma va og„zaki
protsedurali ko„rsatmalar orqali o„zlashtirish
Ortiqcha yuklanish sharoitlarida ishlash
qobiliyati, masalan, ko„plab radiolokatsion
nishonlan
sharoitlarida
ikkinchi
darajali
nishonlarni inkor qilib tahdid qiluvchilariga
e‟tiborni to„plash
Minimal
kechikishli
sezgirlik
(bir
necha
mikrosekund; insonda 200 ms
atrofida)
Takroriy
harakatlarni
bajarishdagi
aniqlik
(inson
bunday
vaziyatlarda
xatoliklarga
yo„l
qo„yishi
mumkin)
Ko„plab
miqdordagi
ma‟lumotlarni yig„ish va ular
bilan ishlash
Nazorat qilish (insonda
kam
vujudga
keladigan
hodisalarga
nazorat
qilish
qobiliyati juda kam)
Deduktiv muhokama-
elementning
qaysi
sinfga
tegishli ekanligini aniqlash
Stimullarga
sezgirlik-
mashina
insonning
sensor
imkoniyatlari
diapazonidan
tashqarida yotadigan energiya
formalarini
qabul
qilishi
mumkin, masalan, infraqizil
nurlar va to„lqinlar
Quvvatli
kuch
qurilmalarining
ishlatilishi,
masalan,
zamonaviy
samolyotlardagi
reaktiv
dvigatellar
36
Agar avtomatika boshqarish sifatini sezilarli yaxshilashga imkon bersa, u
holda uning qo„llanilishi maqsadga muvofiq bo„lib qoladi. Buyurtmachi faqat
avtomatlashtirishga ketgan sarflarni boshqarish sifatini yaxshilashdan yutuqlarga
(qabul qilingan o„zini oqlash muddatlarini hisobga olib) pulli ko„rinishda
taqoslashi kerak bo„ladi. Agar bu taqqoslash natijasida u avtomatlashtirishdan
iqtisodiy yutuqni aniqlasa, u holda boshqarish tizimida inson qisman yoki to„liq
avtomatika bilan almashtirilishi kerak.
YAkunda inson va EHM ning bir qancha funksional imkoniyatlarini
ko„rsatadigan jadval keltiriladi. Bunday turdagi jadvallar ishlab chiquvchilarga
boshqarish tizimida zarur avtomatlashtirish darajasini to„g„ri baholashga yordam
beradi.
ENHAT tizimlarini ishlab chiqishda qanday avtomatlashtirish darajasi
tanlanishi kerak? Bu savolga javob berish uchun ENHAT ning asosiy
funksiyalarini energiya iste‟moli (hisobga olish) haqida ma‟lumotlarni yig„ish,
shuningdek, korxona energiya ta‟minoti jarayonlarini tahlil qilish va boshqarishni
o„tkazilishini eslash zarur. Hisobga olish katta hajmli ma‟lumotlarni to„plash va
ular bilan ishlashga bog„liq, be erda EHM insonga nisbatan shubhasiz
avzalliklarga ega. SHuning uchun hisobga olishni deyarli to„liq avtomatik qilish
mumkin.
Lekin, korxona energiya ta‟minotini boshqarishni amalga oshirish
insonning qatnashuvisiz bo„lmaydi. EHM dasturiga texnologik jarayonlar
talablarining barcha nozik tafsilotlarini qo„yib bo„lmaydi (yoki juda murakkab),
avtomatikaning u yoki bu harakatlari oqibatlarini (zararlarini) algoritmik tavsiflash
qiyin. Inson-mutaxassis tajribasisiz, uning o„rganish va yuzaga kelgan nostandart
vaziyatlardan bama‟ni chiqishni topish qobiliyatisiz avtomatik boshqarish optimal
bo„lmaydi. Bu holda EHM ga boshqarish funksiyasini amalga oshirish uchun
insonga yordam berish vazifasi yuklanadi (operator tahlil qilishi uchun qulay
shaklda ma‟lumotlarni tayyorlash, xatolikli ma‟lumotlarni topish va tizim
ishlashini testlash, alohida parametrlarning o„zgarishlarini taxmin qilish,
37
operatorlar harakatlarining to„g„riligini protokollashtirish va nazorat qilish).
SHunday qilib, korxona energiya ta‟minotini boshqarishda optimal
avtomatlashtirish darajasi, inson-operator va EHM qatnashishining optimal
qo„shilishi topilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |