2. ELEKTR ENERGIYASINI NAZORAT QILISH VA HISOBLASHNING
AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARI (ENHAT)NI TASHKIL ETISH
VA QURISH VARIANTLARI
2.1.Optik port orqali hisoblagichlarda so‘rov o‘tkazish orqali
ENHAT ni tashkil etish
Optik port orqali hisoblagichlarda so„rov o„tkazish orqali ENHAT ni
tashkil etish ENHAT tashkil etiladigan tizimlarning eng soda varianti bo‟lib
hisoblanadi. Bunda hisoblagichlar bir-biri bilan o„zaro bog‟lanmagan.
Hisoblagichlar va ma‟lumotlarni yig„ish markazi orasida aloqa yo„q. Barcha
hisoblagichlardagi ma‟lumotlar operator hisoblagichlarni ko‟rib chiqishi
jarayonida ularga so‟rov berish orqali amalga oshiriladi.
Hisoblagichlar vaqtini sinxronlashtirish
ko„chma kompyuter vaqti bilan so„rov
jarayonida
amalga
oshiriladi.
Ko„chma
kompyuter vaqti ma‟lumotlarni yig„ish markazi
vaqti bilan hisoblagichlar so„roviga topshiriqlar
fayllarini qabul qilish paytida amalga oshadi.
Avtomatlashtirilgan
tizim
qurishning
bu
sxemasi boshqa sxemalarga nisbatan arzon
hisoblanadi. Bu variantdagi ENHAT ni qurish
davomida qurilma va vositalarni qo‟llashni
maksimal tejash maqsadida ma‟lumotlarni yig„ish markazi rolini ko„chma
kompyuterga yuklash mumkin. So„rov optik port orqali so„rov natijalari faylini
shakllantiradigan ko„chma kompyuterda joylashgan dastur yordamida bajariladi.
Ma‟lumotlarni yig„ish markazi kompyuteri berilgan so„rovga fayl-topshiriqni
shakllantiradigan va axborotlarni asosiy ma‟lumotlar omboriga (MO) yuklaydigan
dasturiy modullar bilan ta‟minlangan bo‟lishi lozim.
23
ENHAT ni tashkil etishning bu usuli kamchiliklari hisoblagichlardan
ma‟lumotlarni yig„ishning murakkabligi va tizimda impuls chiqishli elektron
hisoblagichlardan foydalanishning imkoni yo„qligi hisoblanadi. Shuning uchun bu
sxemani tijorat asosidagi hisobga olish tizimini tashkil etish uchun tavsiya qilish
mumkin. Uning tarkibida axborotlarni xotirada saqlash moduli va EHM bilan
almashinuv asosida hisobga olish tizimi interfeysi bo„lgan qimmat uncha ko„p
bo„lmagan sonli tijorat hisoblagichlari ishlatiladi.
Optik port orqali hisoblagichlarda so„rovni o„tkazilishi bilan ENHAT ni
tashkili etish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:
iste‟mol parametrlarini aniq o„lchash:
korxona va uning ob‟ektlari bo„yicha energiya resurslarini tijorat va texnik
asosida hisobga olish;
berilgan limitlarga va quvvatni texnologik jarayonlarda cheklashlarga
nisbatan berilgan vaqt intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar, sutkalar,
dekadalar, oylar, kvartallar va yillar) hisobga olish nuqtalari va ob‟yektlari
bo„yicha energiyadan foydalanishni nazorat qilish;
elektr energiyani hisobga olish bo„yicha ma‟lumotlarga qayta ishlov berish
va hisobotlarni shakllantirish;
ma‟lumotlarning to„liqligini tahlil qilish;
ob‟yektlarning elektr bog„lanishlarini va ularning xarkteristikalarini tavsifini
olish;
hisoblagichlarni tahlil qilish;
yagona tizim vaqtini ushlab turish.
24
Do'stlaringiz bilan baham: |