Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar
1. O‘zbekistonda davlat statistikasi qanday tashkil etilgan?
2. Davlat statistika qo‘mitasining burch va vazifalari nimalardan iborat va u qanday tuzilgan?
3. Ma’muriy idora statistikasi nima, u qanday ishlar bilan shug‘ullanadi?
4. Kuzatish maqsadi va vazifalari deganda nimalar tushuniladi?
5. Kuzatish obyekti nima va u qanday tartibda chegaralanadi?
6. Kuzatish birligi nima? Hisob birligi-chi?
7. Kuzatish subyekti nima?
8. Senz, milliy standartlar va xalqaro standartlar nima, qanday maqsadlarni ular ko‘zlaydi?
9. Kuzatish formulyari nima va uning qanday turlari bor?
10. Yo‘riqnoma nima va u nima uchun tuziladi?
11. Kuzatish vaqti va joyi deganda nima tushuniladi va qanday tartibda ular aniqlanadi;
12. Kuzatish muddati va keskin fursat nima va ular qanday maqsadlarni ko‘zlaydi?
13. Statistik kuzatish hisobdan va oddiy predmetli kuzatishlardan qanday farq qiladi?
14. Voqealarni qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatishlar qanday turlarga bo‘linadi, ularni mazmuni
nimalardan iborat?
15. Hodisalarni hisobga olish usuli jihatidan statistik kuzatish qanday
turlarga bo‘linadi?
16. Yoppasiga kuzatish nima va qanday turlarga bo‘linadi?
17. Qisman kuzatish nima? Monografik tasvirlash-chi, asosiy massivni kuzatish-chi, savolnoma orqali
kuzatish-chi; tanlama kuzatish-chi?
18. O‘zbekiston respublikasida oliy ta’limni qayta qurish masalalarini o‘rganish maqsadida statistik
kuzatishni o‘tkazish ko‘zlangan. Kuzatish obyekti nima va uni qanday tartibda chegaralaysiz; kuzatish va
hisob birligi nima va uni qanday aniqlaysiz. Kuzatish dasturida qanday savollarni ko‘zlash ma’qul. Qanday
statistik formulyardan siz foydalangan bo‘lar edingiz. Yo‘riqnoma tuzish kerakmi, nimalarni unda aks
ettirish kerak?
19. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2006 yildagi asosiy faoliyat turlarini o‘rganish uchun
statistik kuzatish tashkil etish kerak. Kuzatish obyekti qilib nimalar olinadi, kuzatish birligi-chi? Kuzatish
dasturini tuzish uchun eng muhim belgilar qilib nimalarni olish kerak. Universitet qoshidagi gimnaziya,
kollej va litseylarni ham kuzatish obyekti tarkibiga kiritish kerakmi?
20. Universitetda yaxshi o‘zlashtirish darajasiga erishgan ixtisoslikni aniqlash uchun statistik kuzatish
o‘tkazish kerak. Kuzatish obyekti va birligi qilib nimani olasiz? Hisob birligi qilib
-chi? Kuzatishni qanday
turda va usulda o‘tkazish ma’qul. Uning dasturi va statistik formulyarini tuzing. Yo‘riqnoma tuzasizmi?
Nimalarni unda aks ettirasiz.
Javoblar:
1
O‘zbekiston Davlat Statistika Qo‘mitasi tizimi –
statistik ma’lumotlarni ishlab chiqaruvchi va
iste’molchilarga yetkazib beruvchi fabri
ka hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari, tuman (shaharlar)
statistika bo‘limlari bilan birgalikda Davlat Statistika qo‘mitasining yagona tizimini tashkil etadi.
2Davlat statistika
qo‘mitasi zi
mmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklangan:
-xalqaro statistika andozalari va qoidalariga
mos ilmiy asoslangan statistika uslubiyati va ko‘rsatkichlar
tizimini ishlab chiqish;
-mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini ifodalovchi statistik axborotlarni y
ig‘ish, tayyorlash, saqlash va
tahlil qilish;
-davlat hokimiyati va idoralariga statistik axborotlarni taqdim etish (qonunlarga muvofiq);
-respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni aks ettiruvchi statistik ko‘rsatkichlarning haqqoniyligi,
xolislig
i, tezkorligi, barqarorligi va o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash;
-xorijiy davlatlar statistika xizmatlari va xalqaro statistika tashkilotlari bilan statistika axborotlarini
elektron ayri boshlashni amalga oshirish hamda axborotlar to‘plab
boorish.
3
Ma’muriy idoraviy statistika O‘zR Davlat statistika qo‘mitasi vakolat bergan axborotlarni o‘z tizimlmasi
doirasida to‘playdi va taqdim etadi.
4Statistik kuzatish -
bu o‘rganilayotgan ommaviy hodisalar haqida boshlang‘ich ma’lumotlarni to‘plash
jarayonidir.
Statistik kuzatish va uning natijasida to‘planadigan ma’lumotlar uchta talabga javob berishi kerak, ya’ni:
1) aniqlik va to‘g‘rilik; 2) to‘lalik va har taraflamalik; 3) taqqoslamalik, solishtirmalik.
5 Kuzatish obyekti deganada kuzatilayotgan shaxs tushuniladi. Masalan:
chaqaloqlar o‘limi darajasi
haqidagi m
a’lumotlar noaniqligi bu voqealarni ataylab noto‘g‘ri hisobga olinishidan kelib chiqadi.
Chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng bir oz o‘tganda o‘lib qolishini ko‘pincha o‘lik tug‘ildi deb qayd qilinadi. O‘lik
tug‘ilgan bola hodisalarini esa chala tug‘ilgan bola deb
hisobga oladilar.Bu yeda chaqaloqlar obyekt
hisoblanadi.
Kuzatish obyekti
–bu ma’lumotlarni
to’planishi lozimm bo’lgan korxona va boshqa ho’jalik yurituvchi
subyektlar to’plami.
6
Statistik hisobot Statistik kuzatishning asosiy shakli bo’lib hisoblanadi.U
ning malumotlari iqtisodiyotni
boshqarishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi, yani xalq xo’jaligini va uning tarmoqlarini o’sish
darajalarini aniqlashda va tahlil etishda hamda istiqbolli rejalar tuzishda asos bo’ladi. Ammo unda hayot
uchun zarur bo’lgan ayrim malumotlar o’z aksini topmaydi. Masalan,aholining soni va tarkibi to’g’risidagi
malumotlar, ishchi va xizmatchilarning,fermer va shirkat xo’jali azolarining daromadlari to’g’risidagi kabi
malumotlar Statistik hisobotlarda ko’rsatilmaydi. Bunday malum
otlarni olish uchun Maxsus Statistik
kuzatish shakli tashkil qilinadi.
7 Kuzatish subyekti bu
–kuzatilayotgan hodisalar haqidagi ma’lumotlarni qayd qiluvchiva yig’vchiyuridiik
yoki jismoniy shaxs.
8 Milliy standart - muayyan mamlakat miqyosida, xalqaro standart esa-butun jahon yoki mamlakatlar
birlashmasi miqyosida hodisalarni tasniflash, ko‘rsatkichlarni tuzish va hisoblash, ma’lumotlarni qayd
qilishda qo‘llanadigan umumiy talab, tartib va kontseptsiyalar majmuasidir
S enz bu kuzatish obyektini aniqlovchi
me’yer,belgilar to’plamidir.
9 Statistik formulyar -
kuzatish ma’lumotlari qayd qilinadigan hujjat.
Statistik formulyar ikki xil bo‘ladi: 1) yakka predmetli formulyar. 2) ko‘p predmetli formulyar.
10
Yo‘riqnoma (instruksiya) deb kuzatish dasturida ko‘zlangan belgilarni bir xil talqin etish va tushunishni
ta’minlaydigan ko‘rsatmalar majmuasiga aytiladi.
Yo‘riqnoma kuzatish dasturida ko‘zlangan belgilarni bir xil tashkil etish va tushunishni ta’minlash
maqsadida tuziladi.
11 Kuzatish joyi - bu kuzatish birligi joylashgan makon.
Statistik kuzatish vaqti - bu kuzatish tenglashtirilgan fursat
va o‘tkaziladigan muddat.
12 Fursatli davriy kuzatish -
bu voqea sodir bo‘lgandan so‘ng ma’lum muddat o‘tganda uni qayd qilib
tekshirishlarni teng vaqt o
ralig‘ida takrorlab turish
13
Statistik kuzatish hisobdan, oddiy bir predmetli kuzatishdan ko‘p jihatlari bilan farq qiladi. Statistik
kuzatish har doim ommaviy xarakterga ega, uning obyekti bo‘lib ommaviy hodisa va jarayonlar xizmat
qiladi. Hisob esa har
bir hodisani qayd etadi, u yakkalantirish, yolg‘izlantirish xarakteriga ega.
14
Voqealar sodir bo‘lishini qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatish uch turga ajraladi: 1) uzluksiz
(joriy) kuzatish; 2) fursatli kuzatish; 3) bir yo‘la kuzatish.
15 Hodisal
arni qayd qilish vaqti, boshlang‘ich ma’lumotlarni olish usuli, kuzatish birliklarini o‘z ichiga
qamrab olishi va tashkiliy jihatdan statistik kuzatish quyidagi turlarga bo‘linadi (2.5
- tarh). Tashkiliy va
moliyalashtirish jihatidan statistik kuzatishlarni
to‘rtta turga bo‘lish mumkin: 1) statistik hisobot; 2)
maxsus doimiy tekshirishlar; 3) ro‘yxatlar; 4) biznes tekshirishlar.
16 Yoppasiga kuzatish -
bu to‘plamning hamma birliklari haqida ma’lumot to‘plash.
Aholi ro‘yxati, ekin maydonlarining yakuniy hisobi, chorva ro‘yxatlari ham yoppasiga kuzatishga misol
bo‘la oladi.
17 Qisman kuzatish -
bu mavjud kata to‘plamdan bir qism birliklarni olib, ular haqida ma’lumotlar
to‘plash.
Monografik tasvirlash -
bu tipik hodisalarni har taraflama ta’riflovchi ma’lumotlarni to‘plash.
Asosiy massivni kuzatish -
bu to‘plamda asosiy o‘rinni egallagan birliklar haqidagina ma’lumotlar
to‘plash, qolganlarini esa e’tiborga olmaslik.
Anketa orqali kuzatish -
bu to‘ldirilishi ixtiyoriy bo‘lgan savolnoma tuzib, kuzatiluvchi subyekt
larga
tarqatish yo‘li bilan ma’lumotlar to‘plash.
Tanlama kuzatish -
bu bosh to‘plamdan uning ichki bog‘lanishlarini to‘la aks ettiruvchi qismini tanlab olib
ma’lumot to‘plash.
18 Kuzatish obyekti -
bu ma’lumotlari to‘planishi lozim bo‘lgan korxona va boshqa ho‘jalik yurituvchi
seb’ektlar to‘plamidir.
Kuzatish dasturini tuzish ma’qul va bunda (anketada) quyidagi savollar bo’lishi maqsadga muvofiq:
1yoshingiz , 2 yashash jooyi, 3 ishli yoki ishsizligi 4 qaysi oliy ta’lim muassasada taxsil
olishi va
boshqalar.
19 Universitet qoshidagi gimnaziya, kollej va litseylarni ham kuzatish obyekti tarkibiga kiritish kerak
chunki bu kelgusidagi statistic ko’rsatgichlarda katta ahamiyat kasb etishi mumkin.
Dastur tekshirishda ko‘zlangan maqsad va
vazifalarga muvofiq tuziladi. Bu ishni amalga oshirayotganda
quyidagilarga e’tibor berish kerak: birinchidan dastur eng muhim o‘zgaruvchan belgilarni o‘z ichiga olishi
lozim. Masalan, talabalar o‘zlashtirishini o‘rganmoqchi bo‘lsak, u holda dasturda u talabami yoki yo‘q,
mahmadonami yoki yo‘q, kitob o‘qiydimi yoki yo‘q degan savollarni yozish noo‘rin bo‘lardi; ikkinchidan,
dasturda shunday savollarni (belgilarni) aks ettirish kerakki, ular yordamida kuzatilayotgan hodisani
chuqurroq o‘rganish va olingan ma’
lumotlarni tekshirish imkoniyatlari yaratilsin. Uchinchidan,
dasturdagi savollar (belgi nomi) aniq va qisqa, hammaga tushunarli qilib ifodalanishi kerak; to‘rtinchidan,
kuzatish dasturini tuzish ishiga keng jamoatchilik, ilmiy xodimlar va yirik mutaxassislar jalb qilinishi lozim,
uni maxsus kengashlarda va matbuotda har tomonlama muhokama qilish ayni muddao.
20
Yo‘riqnoma (instruksiya) deb kuzatish dasturida ko‘zlangan belgilarni bir xil talqin etish va tushunishni
ta’minlaydigan ko‘rsatmalar majmuasiga ayt
iladi.
Yo‘riqnoma kuzatish dasturida ko‘zlangan belgilarni bir xil tashkil etish va tushunishni ta’minlash
maqsadida tuziladi. Unda kuzatish maqsadi va vazifalari, uning obyekti va birligi, ma’lumotni qaerdan va
kimdan olish, kuzatish muddati, hujjatlarn
i rasmiylashtirish tartibi, ma’lumotlar tegishli bo‘lgan davr
(hisobot davri) ko‘rsatkichlarni hisoblash tartibi va shunga o‘xshash kuzatilayotgan obyekt bilan bevosita
bog‘liq bo‘lgan masalalar yoritiladi. Yo‘riqnomalar odatda ko‘p mutaxassislar ishtiroki
da puxta tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |