Nazorat va muloxaza uchun savollar:
1.Ishchilarni ish joylariga joylashtirishning kichik biznes tadbirkorligidagi
ahamiyatini tushuntiring.
2.Ishchilarni ishga yollash va mehnat rezervlarini saqlash qanday yo`l bilan olib boriladi ?
3.Vazifalarning mansabga ko‘ra taqsimlanishi ahamiyatini tushuntiring.
4.Kadrlar qo‘nimsizligi bilan bog‘liq harajatlarni kamaytirish uchun amaliyotda qanday usullar qo‘llaniladi?
5.Kichik biznеsda qanday huquqbuzarliklar ko‘p uchraydi?
Javoblar:
Bozor iqtisodiyotida qobiliyatli xodimlarni ishga olish birinchidan kichik biznes korxonasining samarali ishlashini ta’minlaydi, ikkinchidan esa raqobat tavakkalchiligini kuchaytiradi.Tasodifiy ishchilarni ishga olish kichik biznesda juda ham xavfli bo‘lib, bu korxona uchun zarar keltirishi mumkin. Ishchilarni to‘g‘ri tanlash uchun ikki xil ichki va tashqi chegara mavjud.Ichki chegara - bu korxona tomonidan qabul qilingan va tadbiq qilingan me’yordir.Tashqi chegara-bu o‘z ichiga qonunlashgan me’yorlarni, xujjatlarni oladi, masalan, mehnat va mehnatning sanitariya normalari. 2.Kadrlar bo‘limi vazifasi ishchilarni ishga yollash va mehnat rezervlarini saqlash bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mutaxassislarni mas’uliyatli mansabga tanlash; ishchi-larni mansabga yollash; ishchilarni ishdan bo‘shatish.
3.Kichik biznes ishchilar va xizmatchilarning ish faoliyatiga tegishli bolgan vazifalarni qanday taqsimlashni to'g'ri tashkil qilishi zarur. Umumiy faoliyat yurituvchi bo'limlar vazifalari bo'yicha guruhlarga bo`linadi.Xodimlarning yirik mijozlarga xizmat qilish, telemarketing, elektron kommersiyani yolga qo'yishni qay tarzda, olib borish samarali bo'lishini aniqlab olish lozim.
4.Kadrlar qo'nimsizligi bu-ma’lum vaqt oralig‘ida o'z xohishlari va ma’muriyat qarori bilan ishdan bo'shagan ishchi-xizmatchilar sonining tekshirilayotgan vaqt oralig'ida (bir oy, bir kvartal, bir yil) korxonadagi ishlovchilarning o'rtacha umumiy sonidagi salmog‘idir. Bu ba’zi bir salbiy oqibatlarga olib keladi jumladan, yangi ishlovchini qabul qilish va o‘qitish bilan bogiiq qo‘shimcha xarajatlar qilish zaruratini keltirib chiqaradi.Kadrlar qo‘nimsizligi muammosi insonning o‘z mehnatiga ko‘nikishi bilan bog’liq bolib, u ikkita masala yechilishini talab qiladi, birinchisi insonning aniq bir korxonadagi mehnat sharoitiga moslashishi, ikkinchisi mehnat sharoitining inson talabiga moslashishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |