5-seminar mashg‘uloti.
Mavzu: Tinish belgilarining qo‘llanishi ustida ishlash usullari
Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarni umumta’lim maktablari va akademik litseylarda o‘quvchilar bilan tinish belgilari ustida ishlash usullari bilan tanishtirish
Nazorat uchun savollar:
1-topshiriq: Quyidagi savollardan birortasini tanlab, audiojavob tayyorlang:
1. Tinish belgilarning yozma nutqdagi ahamiyati nimalarda ko‘rinadi?
Ularning ahamiyati juda katta. Og’zaki nutqda qanday ma’noni bildirmoqchi bo’lsak, ohangdan foydalanamiz. Yozma nutqda esa buni imkoni yo’q. bunda esa bizga tinish belgilari yordam beradi. So’roq belgisi orqali so’roq ohangini, darak ma’nosini esanuqta orqali ifodalashimiz mumkin.
2. Tinish belgilari qanday vazifalarni bajaradi?
Tinish belgilari ning asosiy vazifasi nutqning mazmuniy boʻlinishini koʻrsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir.
3. Sizningcha, o‘quvchilarning yozma savodxonliklarini oshirishda qanday usullardan foydalaniladi? Misollar asosida tushuntiring.
Yozma savodxonliklarini oshirish uchun diktant, insholardan foydalaniladi. Yozma savodxonlikni oshirishda ko’proq badiiy kitoblarni, gazeta va jurnallarni mutolaa qilish kerak. Shunda yozma savodxonlik yaxshilanadi va xatoliklar deyarli uchramaydi.
2-topshiriq: Quyidagi savollardab birortasini tanlab, unga yozma javob bering.
2. 5-sinf o‘quvchilari uchun tinish belgilariga doir grammatik topshiriqli diktant matni tayyorlang.
Quyidagi diktantni tinish belgilarini qo’llagan holda ko’chiring. (Nuqta qo’yilgandan so’ng keying gapni bosh harfda yozing.)
Issiq yoz
Yoz oylari tugamaydigandek cho‘zilib ketdi jazirama odam chiday olmaydigan darajada qattiq hamma narsa sarg‘aydi atrofda yashillikdan asar qolmadi ro‘paradagi ko‘m-ko‘k tepalar sarg‘aydi xazon tusiga kirdi ular uzoqda yoz quyoshining ko‘zlarini qamashtiruvchi nurlari ichida kattakon kultepalari singari jonsiz ma’nosiz ko‘rinadi men ularni ko‘rib siqilaman
Shahar bo‘shab qoldi o‘quvchi qizlar tarqaldi o‘qituvchilardan ko‘pginasi ta’tillarini boshqa joylarga o‘tkazgani ketdi Naziha bilan Vasfiya menga ora-sira Istanbuldan xat yozib turishadi Bu yil Istanbul juda chiroyli emish Suvlarni orolni ta’svir qilib bitira olmaydi Ilojini topishsa, o‘sha yerda qolar emish.
Tog‘risini aytsam, mening ham bu yerda qolgim yo‘q
(Rashod Nuri Guntekin “Choliqushi” romani 277-bet Turkchadan Mirzakalon Ismoiliy tarjimasi “O‘qituvchi” nasshryot-matbaa ijodiy uyi Toshkent – 2017)
3. Akademik litsey o‘quvchilari uchun tinish belgilariga doir grammatik topshiriqli diktant matni tayyorlang.
Quyidagi diktantni tinish belgilarini qo’llagan holda ko’chiring. (Nuqta qo’yilgandan so’ng keying gapni bosh harfda yozing.)
Kuz
Kuz o‘lim to‘shagida yotgan bemorga o‘xshaydi oyoq ostida kasalmand xazonlar ingraydi erta bahordan botana bo‘lib shosha-pisha qirg‘og‘iga sig‘may oqqan ariqlar tiniqlashadi shuncha urinishlari zoye ketganini tushunib olamga mayus boqadi endi suv tubida shodon chayqalgan maysalar emas xazon ko‘milib yotadi yeru ko‘kni kafandek oppoq tuman chulg‘aydi oq zulmat orasidan qarg‘alarning xosyatsiz fig‘oni eshitiladi
Erta-indin osmonga motam libosini kiygan bulutlar chiqadi yer ustida uzoq charx uradida, achchiq achchiq ko‘z yosh to‘kadi sim-sim yomg‘ir yog‘adi to‘rt kunlik umrida dunyoga sig‘magan oxir oqibat jon taslim etgan tabiatga aza ochib unsiz yig‘laydi
(O‘tkir Hoshimov (“Tushda kechgan umrlar” qissasi 3 – bet) “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent – 2017 )
4. AKT asosida tashkil qilinadigan tinish belgilariga oid mashqlar ishlab chiqing.
Ularga tinish belgilari qo’yilmagan gaplar beriladi va ushbu gaplar ularga eshittiriladi. Ular eshitib tinish belgilarini qo’yishlari kerak bo’ladi.
Bunda asosan ajratilgan bo’lakli, kiritmali gaplardan foydalaniladi.
Shunda ularning tinish belgilarini qanchalik o’zlashtirganlarini aniqroq bilib olsa bo’ladi.
3-topshiriq: Quyidagi savollar asosida AKTdan foydalangan holda doimiy qo‘llaniladigan ko‘rgazmali material tayyorlang.
1. Tinish belgilariga doir qoidalarni amaliy mustahkamlashga bo‘yicha mashqlar va topshiriqlar ishlab chiqing.
Quyidagi gaplarni o’qing va tinish belgilarini qo’ying.
1.Men ko’rsatilgan stulga to’rga borib o’trdim.
2.Haligina siz kelmasdan sal avval biroz o’zmga kelgach joy joylariga ketishdi.
3.Biz Xorazmda Ma’mun ibn Ma’mun saroyida besh yil birga xizmat qilganmiz begim.
4.Axsi Movarounnahrda Sayxun bo’yida bo’lib mashhur shaharlardan edi.
5.Temir eshiki podyezd ikkinchi qavat chap tomondagi kvartira bu sizning xonadoningiz.
1. Tinish belgilari qanday holda ishlatiladi?
a. yakka holda
b. birikkan holda
c. yakka va birikkan holda
d. to’g’ri javob yo’q
2. So’roq va undov belgisi qachon birikkan holda qo’yiladi?
a. so’roq ohangli gapdan so’ng
b. kuchli hayojonli so’roq gapdan so’ng
c. kuchli hayajonli gapdan so’ng
d. b javob to’g’ri
3. O’z ichida verguli bo’lgan, mazmunan biroz farqlanuvchi gaplardan iborat bo’lgan qo’shma gaplarda qanday tinish belgisi qo’yiladi?
a. nuqtali vergul
b. vergul
c. so’roq
d. ikki nuqta
testlar shunga tartibda davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |