7. Pachkamar suv ombori qaysi daryoda qurilgan?
A) G‘uzordaryo; B) Oqsuv; C) Tanxozdaryo; C) Yakkabog‘.
8. “Qarshiyog‘” qo‘shma korxonasi qaysi davlat bilan hamkorlikda tashkil etilgan?
A) Buyuk Britaniya; B) Singapur; C) Fransiya; D) Germaniya.
9. Quyidagi neftni qayta ishlash korxonalaridan qaysi birida yiliga 80 ming tonna neft qayta ishlanib, benzin va dizel yoqilg‘isi olinmoqda?
A) Farg‘ona NQIZ; B) Qorovulbozor NQIZ;
C) Jarqo‘rg‘on NQIZ; D) Oltiariq NQIZ.
10. O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining bor-yo‘g‘i 1 – 2 foizi qaysi viloyat hissasiga to‘g‘ri keladi?
A) Sirdaryo; B) Jizzax; C) Namangan; D) Surxondaryo.
11. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning necha foizi yaylovlardan iborat?
A) 80 %; B) 90 %; C) 60 %; D) 50 %.
12. “Sahro bag‘ridagi mo‘jiza” deb nom olgan zavod nomi to‘g‘ri berilgan javobni belgilang.
A) Xo‘jayli shisha zavodi; B) “Markaziy Osiyo bezak toshlari”
C) “Elteks” zavodi; D) Qo‘ng‘irot soda zavodi.
13. Quyidagi shaharlardan qaysi biri mashhur o‘zbek matematigi, astronomi va geografi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning vatanidir.
A)Xiva; B) Urganch; C) Farob; D) Xo‘jayli.
Do'stlaringiz bilan baham: |