Nazorat topshiriqlari va testlar Temperament nazariyalari. Temperament lotin tilidagi «temperamentum»



Download 45,5 Kb.
bet6/11
Sana31.12.2021
Hajmi45,5 Kb.
#214766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
nazorat savollari va testlarga javoblar

6. Temperament va xarakter.

Har bir odam har qanday boshqa odamdan o‘zining individual psixologik xususiyati bilan ajralib turadi. Bu jarayonda asosiy e’tibor xarakter muammosiga qaratiladi. “Xarakter” so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib “ tamg‘a, belgi “ degan ma’noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat ko‘rsatayotgan har qanday shaxs o‘zining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi.

Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilari ta’kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, shaxs xulqining tipik usullar bilan bog‘liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon bo‘luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi xarakter deyiladi. SHaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy belgisi hisoblanadi.

Xarakterning asosiy xususiyati uning doimo faoliyatda, insonning atrof-olam va odamlarga munosabatida namoyon bo‘lishidan iborat. Inson xarakterini aniqlashda o‘sha odamning jasurlik, vijdoniylik, samimiylik namoyon qilganini emas, balki, bu odam jasur, to‘g‘riso‘z, samimiy inson deb aytiladi, ya’ni, inson xarakterining xususiyatlari insonning o‘ziga tegishli bo‘ladi. Lekin barcha xususiyatlarni ham insonga xos deb bo‘lmaydi, ular ahamiyatga molik va barqaror bo‘lishi lozim.

Temperament – bu inson faoliyati va hulq-atvorining dinamik va emotsional holatini xarakterlovchi shaxs individual xususiyatlarining yig‘indi. SHunday qilib, temperament ikki tarkibiy qism – faollik va hissiyotlilikka ega. Hulq-atvorning faolligi harakatchanlik, intiluvchanlik, tezlik, yoki, aksincha, sustlik va harakatsizlik darajasini xarakterlaydi. O‘z navbatda emotsionallik belgi (ijobiy va salbiy) modallik (shodlik, qayg‘u, qo‘rqinch, g‘azab va boshqalar)ni aniqlagan holda emotsional jarayonlar kechishini xarakterlaydi.

Qadimgi zamonlardan boshlab, temperament to‘rt xil asosiy tiplarga bo‘lingan edi, bular xolerik, sangvinik, melanxolik va flegmatik temperament turlaridir. Temperamentning bu asosiy turlari bir-biridan paydo bo‘lish dinamikasi va emotsional holatlar jadalligiga ko‘ra farqlanadi. Xolerik tipi uchun tezda paydo bo‘ladigan kuchsiz hislar, melanxolik tipi uchun – sekin-asta paydo bo‘ladigan, lekin kuchli hislar, flegmatik tipi uchun – sekin-asta paydo bo‘ladigan va kuchsiz hislar xosdir. Bundan tashqari, xolerik va sangvinik temperamentlar uchun harakatlar tezligi, umumiy harakatchanlik va hislarning tashqi kuchli (harakatlarda, nutqda, mimikada va boshqalarda) ifodalanishi, melanxolik va flegmatik temperamentlar uchun, aksincha, harakatlar sustligi va hislarning kuchsiz ifodalanishi xosdir.

Xarakter va temperament uchun umumiy bo‘lgan xususiyat sifatida odam fiziologik xususiyatlari va birinchi galda, asab tizimi tipiga bog‘liqlik hisoblanadi. Temperament xarakterdagi hulq-atvor mutanosibligi yoki nomutanosibligi, ta’sirlanishning harakatchanligi yoki sustligi va h.k.lar kabi qirralarni belgilaydi. Lekin temperament xarakterni oldindan belgilab bermaydi. Temperamentning bir xil xossalariga ega bo‘lgan odamlarning xarakterlari umuman turlicha bo‘lishi mumkin. Temperament xususiyatlari xarakterning u yoki bu qirralarining shakllanishiga yordam berishi yoki qarshilik ko‘rsatishi mumkin.


Download 45,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish