Shifokor nazorati – sportda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanmokchi boʻlganlarni saralash, bajarilayotgan mashklarning ular organizmiga taʼsirini (ijobiy, salbiy) oʻrganish maqsadida oʻtkaziladigan tibbiy nazorat; sport tibbiyotning asosiy qismi.
Shifokor nazoratining asosiy vazifalari: jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanmokchi boʻlganlarning salomatligi, funksional holatini aniqlash va olingan natijalarga asosan ularning mashqlar bilan shugʻullanishi uchun ratsional tavsiyanomalar berish; jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish jarayonida mashqlar taʼsirida jismoniy rivojlanish, salomatlik, funksional holatda boʻlayotgan oʻzgarishlarni muntazam kuzatib turish; mashqlarni notoʻgʻri bajarish oqibatida kelib chiqadigan patologik holatlarni aniqlash, oldini olish va davolashdan iborat.
Nazorat shifokori jismoniy mashqlar vositalarini qoʻllashda vrachlik-jismoniy tarbiya dispanserlarining tashkiliy-uslubiy ishlariga rahbarlik qiladi; jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanmokchi boʻlganlar yoki shugʻullanayotganlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi; optimal harakat tartibini koʻrsatadi; jismoniy tarbiya va sport boʻyicha vrachlik kosultatsiyasini beradi; jismoniy tarbiya darslari va sport mashqlari jarayonida vrach-pedgog nazoratini olib boradi; ommaviy sport tadbirlarida tibbiy yordam koʻrsatadi.
1946 yildаn bоshlаb Toshkent, Sаmаrqаnd, Fаrg’оnа vа bоshqа shаhаrlаrdа tibbiy jismоniy tаrbiya kabinetlаri yanа fаоliyat ko’rsаtа bоshlаdi. Jismоniy tаrbiyadаn tibbiy nаzоrаt ishlаrini kооrdinаtsiyalаsh uchun respublika jismоniy tаrbiya qo’mitаsi shtаtidа shifоkоr inspyektоr lаvоzimi kiritildi vа bu lаvоzimgа shifоkоr Jegallo О.M. tаyinlаndi. Shu vаqtning o’zidа Toshkentdа O’rtа Оsiyo shifоkоrlаr mаlаkаsini оshirish institutidа tibbiy nаzоrаt vа dаvоlоvchi jismоniy tаrbiyasi kаfyedrаsi оchilib: bungа I.P Il’inskiy kаfyedrа mudiri qilib tаyinlаndi. Bu butun respublikagа tibbiy nаzоrаt vа dаvоlоvchi jismоniy tаrbiyadаn mutаxаssis kаdrlаr yetishtirib berishdа аsоsiy mаrkаz bo’ldi. Kаfyedrа xоdimlаri Toshkentning yuqоri mаlаkаgа egа bo’lgаn spоrtchilаrigа xizmаt qildilаr. 1946 yildаn 1963 yilgаchа kаfyedrаdа respublikalаrning turli shаhаr vа vilоyatlаridа tibbiy nаzоrаt vа dаvоlоvchi jismоniy tаrbiya bo’yichа ishlаtilgаn bir nyechа yuz mutаxаssislаr tаyyorlаndi.
1947 yildа jismоniy tаrbiya vа spоrt bаlаn Shug’ullаnuvchi shаxslаrning sаlоmаtligini tibbiy nаzоrаtgа оlish uchun shаhаr sоg’liqni sаqlаsh bo’limigа shifоkоr shtаtli lаvоzimi kiritildi. Shu yildаn bоshlаb shаhаr tibbiy jismоniy tаrbiya kabineti fаоliyat ko’rsаtа bоshlаdi vа bu kabinet 1948 yildа shаhаr tibbiy jismоniy tаrbiya mаrkаzigа аylаntirildi. 1947 yildа jismоniy tаrbiya hаrаkаti sоhаsidа eng yirik tаdbirlаrdаn biri Mоskvаdа bo’lib o’tаdigаn umumlаshtirgаn jismоniy tаrbiya kursidа qаtnаshish uchun 2000 tа jismоniy tаrbiyachilаri tаyyorlаndi. Kurs qаtnаshchilаrining tаnlоv ishlаri mаxsus tаyyorlаngаn tаrkibdа shifоkоr I.P. Ilinskiy, О.G. Mudutsyevа, О.M. Jegallodаn ibоrаt bo’lgаn tibbiy-nаzоrаt kоmissiyasidаn o’tkаzildi. 1947 yil O’zbekistondа tibbiy jismоniy tаrbiya kabinetlаri tаrmоqlаrini tаshkillаshtirishni tugаllаsh vа respublikadа jismоniy tаrbiya hаrаkаtini tibbiy xizmаt bilаn tа’minlаsh ishlаrning sifаtini yanаdа оshirish yili bo’ldi. Bu vаqtgа kelib xаlq sоg’liqni sаqlаsh qo’mitаsi tоmоnidаn respublikadа jismоniy tаrbiyadаn 35 tа shifоkоr lаvоzimi, ya’ni hаr bir vilоyatdа o’rtаchа 2-3 shifоkоr lаvоzimni tаshkillаshtirish ko’zdа tutildi. Shu yillаrdа ko’ngilli spоrt hаmiyatlаrdа, mаktаb, оliy o’quv yurtlаri vа tаshkilоtlаrdа jismоniy tаrbiya bilаn Shug’ullаnuvchilаr sоni yanаdа оshdi.
Xalq sog`lig`ini muhofaza qilishga qaratilgan barcha chora-tadbirlarda faol ishtirok etish har bir fuqaroning yuksak burchi bo`lmog`i lozim.
Kasallik - qandaydir noqulay ta`sirotlar natijasida organizmning biologik, jismoniy, ruhiy holatlari va mehnat faoliyatining buzilishidir.
Kasallikda odam organizmida maxsus (spetsifik) va maxsus bo`lmagan (nospetsifik) o`zgarishlar (belgilar) vujudga keladi.
Maxsus (spetsifik) o`zgarishlar kasallikni yuzaga keltirgan sababchisi (omil) ning ta`sir qilish xususiyatiga bog`liq. Masalan, tashqi muhitdagi mingdan ortiq mikroblar, 250 dan ortiq viruslar, ko`plab zamburug`lar, gijjalarning har qaysi turi odamga yuqqanida, kasallikni vujudga keltirishi bilan birga, mazkur kasallikni o`ziga xos maxsus (spetsifik) belgilarini paydo qiladi, chunonchi, bo`g`ma (difteriya) kasalligining qo`zg`atuvchisi (Lyoffler mikrobi) yuqqanida, mikrob kirgan joyda (tomoq, hiqildoq, burun, ko`z) da oqimtirsarg`ich qazg`oq hosil qiladi. Shu qazg`oqda mikrob ko`payib, zaharli modda (toksin) ishlab chiqaradi, u qonga so`rilib, birinchi navbatda yurak muskulini zararlaydi. Boshqa kasalliklarni qo`zg`atuvchi mikrob, virus va boshqa mikroorganizmlar ham, bo`g`ma mikrobi singari, o`ziga xos maxsus kasallik belgilarini paydo qiladilar.
Yoki yuqori harorat ta`sirida terida kuyish vujudga keladi.
Gigiyenaga amal qilish sog’lom turmush tarzining asoslaridan biri hisoblanadi. Bu borada ko’pgina olimlar tadqiqot ishlari olib borganlar. Shaxsiy gigiyena va ularni saqlash shartlari, o’smirlar o’rtasidagi gigiyenik tarbiya mohiyati, o’smirlarning shaxsiy gigiyenasini tashkil etishning o’ziga xos jihatlari batafsil o’rganilgan.
Gigiyenaning bu jihatlari M.V.Antropova, M.I.Ismoilov, D.V.Kolesov, S.E.Mansurova, S.S.Solixo’jayev, D.J.Sharipova kabi olimlar tadqiqotlarida aks etgan.Boshlang’ich sinflarda gigiyena bo’yicha ko’pgina olimlar ish olib borganlar. Bulardan S.Solixo’jayevning ” Birinchi sinfga olti yoshdan” , Sh.I.Karimovning ”Sog’lom avlod uchun” risolasi Ibn Sino nomidagi nashriyot tomonidan 1993- yilda nashr etilgan. ”Bolalarga gigiyenik ko’nikmalarni ularni makt5ab ostonasiga qadam qo’ygan kunidan boshlab singdirish uchun oilada va maktabda qulay shart- sharoitlar yaratish zarur”. [ S.Solixo’jayev ”Bolalarda shaxsiy gigiyena ko’nikmalarining shakllanishi”. T. Ibn Sino 1993-y].
Shaxsiy gigiyena deganda nima tushuniladi?
Bu avvalo kun tartibi, ularda harakat faolligi, teri va tanani parvarish qilish, me’yorida dam olib uxlash, vaqtida to’g’ri ovqatlanish, zarali odatlardan o’zini tiyish, o’rganilgan bo’lsa voz kechish, kiyim – kechaklarini toza tutish, zaruriy talab va shartlarga rioy qilishdan iborat. Kun tartibi nimani bildiradi?
Har bi o’quvchi kun tartibida xilma- xil unumli faoliyat bilan band qiladi. Maktabga boradi, uy ishlarini bajarishda ota – onasiga ko’maklashadi, o’rtoqlari bilan turli jismoniy mashqlar bajaradi, harakatli o’yinlar o’naydi, dars tayyorlaydi va hakozo. Buning uchun o’quvchi o’zi bajaradigan kundalik hamma asosiy ishlarini rejalashi lozim.
O’quvchilarning shaxsiy gigiyenasi va kun tartibi.
O’quvchilarning shaxsiy gigiyenasi rotsional kun tartibi bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina masalalarni o’z ichiga oladi. Gavdani va og’iz bo’shlig’ini o’z vaqtida yuvib, tozalab turish, salomatlik va mashq qilishga putur yetkazadigan yomon odatlarni tashlash va boshqalar shular jumlasidandir. Maktab o’quvchisining kun tartibida quyidagilar bo;lishi nazarda tutiladi: uyqu, ovqatlanish, maktabda o’qish, uyda dars tayyorlash, toza havoda sayr qilish, uy ishi, yaxshi ko’rgan ish bilan shug’ullanish, sinfdan va maktabdan tashqari o’ykazilgan har xil tadbirlarda qatnashish, shaxsiy gigiyena qoidalarini bajarish. Kun tartibiga ertalabki badantarbiya, ko’ngil ochuvchi sport o’yinlari kabi mashg’ulotlarning faol turlari rejalashtirilgan bo’lishi shart. Shuning uchun kun tartibiga rioya qilish, sog’liqni saqlash va darsda muvaffaqiyatga erishish muhim omildir.
Tadqiqotimiz jaroyonida yosh avlodni sog’lom va baquvvat etib tarbiyalashda milliy ma’naviyatimiz asoschilarining, allomalarimizning pandu- nasihatlari Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardan foydalanib o’tkazilgan tadbirlardan foydalanish yaxshi samara berishiga amin bo’ldik. Shunday tadbirlardan birini 4- sinf uchun darsdan tashqari bir soatlik tadbir namunasini keltiramiz. Tadbir quyidagicha tashkil etildi va o’tkazildi. ( Bu ilovada berilgan).Olib borgan tadqiqotimiz jarayonida I – IV sinf o’quvchisining taxminiy kun tartibini quyidagicha deb belgiladik.
7uyqudan uyg’onish.
7 - 7 badantarbiya, yuvunish, o’rinni yig’ish.
7 - 7 ertalabki nonushta.
7 - 7 maktabga tayyorgarlik.
7 - 8 maktabga borish yo’li
8 - 13 maktabda o’qish vaqti
13 – 13 maktabdan uyga qaytish yo’li.
13 – 14 tushki ovqat.
14 – 16 dam olish, harakatli o’yinlar.
16 – 17 dars tayyorlash.
17 – 18 yengil tamaddi.
18 – 19 ochiq havoda bo’lish, uy ishlari qilish.
19 – 20 kechki ovqat va erkin mashg’ulot.
20 – 21 kechki uyquga tayyorgarlik.
21 – 7 kechki uyqu.
Har bir kishi butun hayoti davomida o’z tanasini, sochini, terisini, tirnoqlarini, og’iz bo’shlig’ini har doim va muntazam ravishda parvarish qilib borishi zarur. Chunonchi, teri organizmni tashqi muhitning har qanday salbiy ta’sirlaridan, turli zararli mikroblardan saqlaydi va tanada muntazam ravishda muayyan bir xil harorat saqlanib turishiga yordam beradi. Shuning uchun birinchi navbatta, badanni ozoda saqlashga e’tibor berishimiz zarur. Teri toza saqlanmasa, badanning turli zararli mikroblarga qarshi kurashish va himoyalash xususiyati susayib, har xil yara chaqalar paydo bo’lishi mumkin. Ayniqsa, badanning ochiq joylariga, tirnoq va tirnoq ostiga alohida ahamiyat berish, shu tufayli qo’lni doimo sovunlab yuvib turishga odatlanish kerak. Shu kabi talablarni muntazam bajarib borish uchun o’quvchilar o’z tana a’zolarini va uning bajaradigan vazifalarini, tanani chiniqtirish, gigiyena qoidalari, jismoniy mashg’ulotlarga rioya qilish haqida ma’lumotlarga ega bo’lishlari kerak. Buning uchun ularga ” Odam tanasining umumiy tuzilishi ”, ” Partada to’g’ri o’tirish qoidalari ”, ” Mushak va uning funksiyalari ’, ” Tishlar va ularni asrash”, ” Ovqatlanish gigiyenasi” kabi mavzularda dars mashg’ulotlarini o’tkazib boriladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari odam tanasining tuzulishi haqida birlamchi ma’lumotlarni o’qituvchidan oladilar, ya’ni, suyaklar, mushaklar, hazm qilish a’zolari, nafas a’zolari, qon aylanish, asab sistemasi, sezgi a’zolari haqida, kun tartibiga rioya qilish, badantarbiya, shaxsiy gigiyena qoidalari va hakozo. Amaliy mashg’ulotlarda:
O’quvchilar o’zlarini kuzatadilar. Teri qoplamlarini, mushaklarini, suyaklarini ushlab ko’radilar.”Odam tanasining tuzilishi”jadvalidan o’qituvchi o’quvchilarga tushuntiradi.
O’quvchilar o’zlarini kuzatadilar,ya’ni qo’llari bilan o’zlarining bosh suyaklarini, umurtqalarini, ko’krak qafaslarini, tos suyaklarini ushlab ko’radilar. Noto’g’ri o’tirish oqibatida mana shu suyaklar qiyshayib o’sishi mumkinligini o’qituvchi tushuntiradi.
O’quvchilar o’zlarini va o’rtoqlarini pulslarini sanab ko’rishilari, qo’llarini ko’kraklariga qo’yib yurak urushlarini his qilishlari mumkin. Ertalabki badantarbiya mashg’ulotlarini me’yorida o’tkazish kerak, chunki haddan tashqari zo’riqish charchashga, yurak kasalligini kelib chiqishiga sabab bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarga nima sababdan yurakni asrab – avaylash kerakligini, qanday o’zini tutsa yuragi sog’lom va baquvvat bo’lishini bilishlari kerak.
Badanni toza tutishdagi asosiy vosita sovun bilan suvdir; yuvinish uchun atir sovun va yumshoq suvdan foydalangan ma’qul. Ma’lumki badan terisini quruq, yog’li va normal bo’ladi; terini parvarish qilganda uning xususiyatlarini hisobga olish zarur. Kuniga dush qabul qilish yaxshi odat, ayniqsa ishdan keyin dushga yuvinish qabul qilish yaxshi odat, ayniqsa ishdan keyin dushda yuvinish maqsadga muvofiq; chang joyda ishlaydiganlar, shuningdek ko’p terlaydigan kishilar albatta dush qabul qilishlari zarur, bunda suv tempraturasi 37-38 gradusdan oshmasligi kerak. Uyda dush bo’lmasa badanning ochiq va ko’p terlaydigan joylarini, qo’ltiq va ko’krak bezlari ostini issiq suv bilan sovunlab yuvish lozim. Xammomga haftada bir marta brogan ma’qul, bunda banni mochalka bilan sovunlab yuviladi, kirlangan kiyim tozasiga almashtiriladi. Badan mochalka bilan yuvilganda teri yaxshi tozalanadi, uning qon bilan ta’minlanishi yaxshilanadi, odam o’zini tetik his qiladi. Yuvingandan keyin teri burmalarini tualet sirkasi yoki biror xil loson bilan artish foydali. (q. Kosmetika). Oyoqni kuniga o’ringa yotishdan oldin sovunlab, agar barmoqlar burmalari chaqalangan, bichilgan joylar bo’lsa, albatta vrachga ko’rinib qo’yish zarur. Oyoqda tirnalgan, shilingan joylar bo’lishi terining yiringli hamma zamburug’ kasalliklariga olib kelishini sedan chiqarmaslik kerak. Oyoqda qadoq bo’lsa, uni maxsus kosmetika kabinetlarida oldirib tashlash zarur.
Shaxsiy Gigiyena – odam sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashga olib keluvchi tozalikka rioya qilish qonun qoidalari majmua. Sh.g. har bir kishining o’ziga va yoshiga bog’liq bo’lib, aqliy va jismoniy mehnatni to’g’ri yo’lga qo’yish, jismoniy tarbiya bilan shug’illanish, ovqatni vaqtida yeyish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni to’g’ri uyushtirishdan iborat. Tor ma’noda badan, kiyim-kechak, ko’rpa-to’shak, turarjoy, ovqat tayyorlash gigiyenasi va h.k.lar ham Sh. G.ga kiradi. Birinchi navbatda badanni ozoda saqlashga e’tibor berish zarur. Ma’lum bo’lishicha yog’ bezlari bir haftada teri ostiga 100-300 g. yog’, ter bezlari esa 3,5-7 l. ter ishlab chiqarar ekan. Shuning uchun muntazam yuvinib turish lozim, aks holda badanni mikroorganizmlarga qarshi kurashish va himoyalanish funksiyasi susayib, har xil yiringli yara-chaqalar paydo bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, o’quvchilarning to’g’ri uyushtirilgan kun tartibiga rioya qilishi natijasida shunday fikrga to’xtaldik, ya’ni:
__ bolaning organizmi har tomonlama to’g’ri rivojlanadi;
__ o’quvchilar irodasi mustahkamlanadi;
__ turli kasalliklarga chalinish oldi olinadi;
__ o’quvchilarning o’qishga, mehnatga bo’lgan qiziqishi kuchayadi;
__ o’quvchining ish qobiliyati ortadi;
__ har bir ishni o’z vaqtida bajarishga o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |