NAZORAT SHAKLLARI ORQALI O’QUVCHILARNING TASAVVURINI KENGAYTIRISH
Mamatqobilova Sh.
Pedagogika fakulteti BT va STI 301-talabasi
Bugungi kunda dunyo miqiyosida ta’lim sifatini baholashda yangicha shakllardan foydalanilmoqda. Mamlakatimizda ham bu tizimni xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllanib kelmoqda. Mavjud xorijiy baholash dasturlarini o’rganib chiqish, qiyoslash, ayni yo’nalishdagi xalqaro tashkilotlar ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilgan holda zamon talablariga javob bera oladigan munosib milliy baholash tizimini rivojlantirish muhim sanaladi. Shunga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018 yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’lim tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etilgan. Shu asosda 2018 yil 12-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda xalqaro hamkorlik taraqqiyot tashkiloti orasida xalqaro talabalar bilimini baholash dasturida (argeement for participation programme for international student assessment Pisa 2021) ishtirok etish to’g’risida kelishuvga erishilgan. Pisa dasturining asosiy maqsadi 15 yoshli o’quvchilar o’qish savodxinligi, matematik savodxonlik va tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik darajalari turli testlar asosida tekshiriladi. Ushbu testlar o’quvchilarda ijodiy va tanqidiy fikrlash, olgan bilimlarini hayotda qo’llay olish qobilyatlariga baho berish uchun xizmat qiladi. Ushbu dastur 1997 yil joriy etilgan bo’lib hozirgacha 78 tagacha mamlakatlar ishtirok etishgan. U har 3 yilda bir marta o’tkaziladi, har safar bir fanga urg’u beriladi. 2000 yil o’qish savodxonligiga urg’u berilgan bo’lsa, 2021-yil matematik savodxonlikka urg’u beriladi. Unda nazorat shakli bo’yicha testlar turli ko’rinishlarda taqdim etiladi. Ayrim savollar aniq javobni talab etadi. Ushbu sinovlarda 4 xil sinov usulidan foydalaniladi: bir javobli testlar; bir necha javobli testlar; qisqa yoki batafsil javob beriladigan testlar; biror muammo yechimi bo’yicha o’quvchi fikri.
Bu usullar asosida o’quvchilarning ilmiy bilimlari tekshiriladi. Biroq, olib borilgan kuzatuv va izlanishlar natijasida ushbu sinov usullariga yana bir usulni kiritish kerakki, u orqali o’quvchida tasavvur fikrlash va ma’lum bir jarayon, holat yuzasidan xulosa chiqara olish qobilyatini rivojlantirish lozim. Unga ko’ra bu usulda o’quvchiga ma’lum bir holat taqdim etiladi va u holat tugallanmagan ko’rinishda taqdim etiladi. Variantlarga turli xulosalar keltirilgan bo’lishi kerak. Unda o’quvchi o’z dunyoqarashiga mos javobni tanlaydi va u xato hisoblanmaydi. Bu usul talabi shundan iboratki o’quvchi nima uchun boshqa variantlar emas aynan uni tanladi. Avvalambor o’z javobi isbotini keltira olishi va va tanlanmagan javoblar orqali xulosa qilinganda esa qanday natija kelib chiqishini ham asoslab bera olishi kerak. O’quvchi ma’lum vaqt davomida olgan bilimlari orqali fikrlaydi va tasuvvur etadi va o’z fikrini himoya qiladi. Bu vaqt davomida xato fikrlash ham bo’lishi mumkin, lekin o’quvchi fikrlashga o’rganadi. Ko’pchilik faqat to’g’ri qaror qabul qilishni o’ylaydi va bu o’y ularni hech narsa qilmaslikka ham olib keladi. Bu esa xato. Katta omad katta tajriba demakdir. Ulkan tajriba esa shu yo’ldagi minglab xatolardir. Dunyo tan olgan shaxslar ham hayoti davomida juda ko’p xatolarga yo’l qo’ygan. Demak, biz xato qildikmi nimanidir o’rgandik.
Darhaqiqat, ushbu tavsiya etilgan usulni o’qish fani uchun ham tabiiy fanlar uchun ham matematika fanlari uchun qo’llash mumkin. Masalan, iqtidorli o’quvchilar matematikadan bir misolning 4 xil yechilish usulini bilishi mumkin. U esa o’zi uchun qulayini tanlaydi. Bu usulda yechim oson chiqarilishi, yana bir usulda esa yechim ko’p amalli bo’lib lekin unda aniqlik ko’p bo’ladi. O’qishdan esa bir hikoya yoki ertak keltirildi. Javoblar asoslanib beriladi. O’quvchi test bilan ishlash jarayonida fikrlash asosida har bir holat oxiriga, natijasiga borib ko’radi. Bu esa keying mustaqil hayotda yechimsiz jarayonlarga o’zi mustaqil turli yo’llarni ko’rib chiqa olish ko’nikmasi shakllanadi. Xulosa o’rnida Albert Enshteynning: “Tasavvur bilimdan kuchli. Bilimda chegara bor. Tasavvurda esa yo’q”-degan fikrini keltirib o’tmoqchimiz. Ammo, bilim tasavvurni kengaytiradi. Qachonki, biz biror narsani orzu qilsak unga qanday yetishish mumkunligini o’ylaymiz. Bu usulni faqat maktab ta’limi uchun emas balki ta’limning barcha bosqichlarida ham qo’llash mumkin. Bu orqali fikrlashdagi qobilyat bir darajada sinovdan o’tadi. Tasavvur ham ma’lum darajada rivojlanishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |