Uzluksiz kuzatishda voqea (hodisa) sodir bo’lishi
bilanoq, ya’ni o’sha damning o’zida qayd qilinadi. Masalan,
tug’ilish, o’lish, nikoxdan o’tish va ajralishlarni fuqarolik
holatini qayd qilish organlarida va qishloq yig’inlarida qayd
qilish, yaratilgan mahsulotlarni boshlang’ich hujjatlarda hisobga
olish, ishchi va xodimlarning ishga chiqishini tabel hisobida qayd qilish va h.k.
Fursatli davriy kuzatish deganda voqea sodir
bo’lgandan so’ng ma’lum vaqt o’tganda uni qayd qilish va
kuzatishlarni teng vaqt oralig’ida takrorlab turish tushuniladi.
Masalan, har o’n yilda aholi ro’yxatini o’tkazish, talabalar
o’zlashtirish darajasini har yarim yilda reyting ballari orqali
baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |