Nazorat savollari «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi»



Download 51,27 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2021
Hajmi51,27 Kb.
#71324
1   2   3   4
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot nazorat savollariga javoblar

Ishni rasmiylashtirish:

  • ishning tarkibini (qurilish, ichki tuzilish) aniqlashtirish;

  • sarlavha, boblar va paragraflar sarlavhalarini aniqlashtirish;

  • qo'lyozma loyihasini tayyorlash va uni tahrirlash;

  • foydalanilgan adabiyotlar va ilovalar ro'yxatini o'z ichiga olgan matn dizaynini shakllantirish.

Ishni sinash (ilmiy seminarlarda):

  • ilmiy maqola yozish;

  • ilmiy anjumanlarda qatnashish;

  • ilmiy maqola jurnallarda nashr etilishi;

  • mualliflik guvohnomalarini, patentlar olish.

Natijalarni amalda tadbiq etish:

  • ilmiy ish natijalarini tashkilotlarda va korxonalarda amaliy qo'llash;

  • tadqiqotlar natijalari va amaliy ahamiyatliligini tasdiqlovchi dalolatnomalarni olish.

Ilmiy muammo va Ilmiy mavzu

Ilmiy bilish muammoni xal qilish bilan bog’liqdir. Muammolarning bo’lmasligi tadqiqotlarning to’xtab qolishi va fanning bir joyda qotib qolishiga olib kelgan bo’lar edi. Muammo deb, tadqiqot etishni talab etadigan murakkab ilmiy masalaga aytiladi. Muammo eski bilimlar bilan emperik va nazariy tadqiqotlar asosida topilgan yangi bilimlar orasida ziddiyat paydo bo’lganda vujudga keladi, ya’ni u muammoviy vaziyatning natijasidir.

Kompleks muammolar deb, bir ilmiy yo’nalishdagi bir qancha yirik masalalarni o’z ichiga oluvchi muammolar majmuasiga aytiladi.

Ilmiy mavzu deb, tadqiqot etishni talab qiluvchi muammolarning muayyan sohasini qamrab oluvchi ilmiy masalaga aytiladi. U muammoning aniq bir sohasiga qarashli ancha mayda ilmiy masallarga asoslanadi, unda

qo’yilgan masalani xal etishda muayyan tadqiqot vazifasi yechiladi. Masalan, yangi materialni yoki yangi konstruksiyani yaratish, aniq mahsulot ishlab chiqarish uchun ilg’or texnologiyani ishlab chiqish va hakozo.

Ilmiy muammo va mavzuni tanlash murakkab masaladir. U bir nechta bosqichda o’z yechimini topadi.

Muammoviy vaziyatdan kelib chiqqan holda muammo ta’riflanadi va kutilayotgan natija belgilanadi. Muammmoning dolzarbligi, uning fan va texnikani rivojlantirishdagi ahamiyati aniqlanadi.

Muammoning strukturasi tuzilib, undagi mavzular, kichik mavzular, masalalar va ular orasidagi bog’lanish aniqlanadi. Natijada, muammo daraxti yasaladi. Shundan so’ng, tadqiqotchi ilmiy mavzuni tanlashga kirishadi.

Ilmiy mavzuga quyidagi talablar qo’yiladi:

Mavzu dolzarb bo’lishi va hozirgi paytda tadqiqot etishni talab qilishi lozim. Ma’lumki, tadqiqotlar fundamental va amaliy xarakterda bo’lishi mumkin.

Fundamental tadqiqotlarning dolzarbligini aniqlash mezoni mavjud emas, chunki ularning natijasi kelgusida bo’lishi mumkin. Shuning uchun fundamental mavzularning dolzarbligi haqidagi fikrlarni yirik olimlar yoki ilmiy jamoa belgilab beradi.

Amaliy tadqiqotlarning dolzarbligi ishlab chiqarishning muayyan tarmog’ini rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorlik talablariga ko’ra belgilanadi.

Mavzu yangi ilmiy masalani yechishga qaratilgan bo’lib, unda albatta ilmiy yangilik bo’lishi kerak.

Iqtisodiy samaradorlilik va ahamiyatlilik darajasi. Bunda amaliy tadqiqotlar uchun taxminiy iqtisodiy samaradorlikning miqdori aniqlanadi, fundamental tadqiqotlar uchun esa ushbu mezon ahamiyatlilik mezoni bilan almashtiriladi.

Mavzu jamoa bajarayotgan ilmiy yo’nalishga mos tushushi kerak, shundagina ilmiy jamoa malakasi va vakolatidan to’liq ravishda foydalanish imkoniyati tug’iladi, uni sifatli va yuqori nazariy darajada bajarilishi uchun zamin yaratiladi, bajarilish muddati kamayadi.

Joriy etilish mavzuning muxim tavsifi bo’lib hisoblanadi, mavzu tanlashda reja asosida muddatda tugatish va joriy etilish imkoniyatlari belgilab olinishi kerak. Buning uchun tadqiqotchi ishlab chiqarishning shu kungi xolati va kelgusidagi talablaridan xabardor bo’lishi kerak.

Mavzuni tanlash jarayonida mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi adabiyot manbalarini o’rganish, ya’ni axborot izlash vazifasi ham bajariladi.

Keyingi yillarda mavzuni tanlashda eksperiment baholash usuli keng qo’llanilmoqda. Bu usul bo’yicha rejalashtirilayotgan mavzu mutaxassis-ekspertlar tomonidan baholanadi. Har bir ekspert mavzuni tegishli talablar asosida baholaydi, bunda eng ko’p ball to’plagan mavzu maqbul deb topiladi.

4) Ilmiy materiallarni nashr qilish ilmiy xodim, ilmiy muassasa va korxona jamoasi tomonidan bajarilgan ilmiy tadqiqot va konstruktor tajriba ishlari natijalariga mualliflik xuquqini oshkora himoya qilish shakllaridan biri bo’lib hisoblanadi. Nashr qilish oshkora yoki yopiq xolda amalga oshiriladi. Ochiq matbuotda muayyan talablarga zid bo’lmagan hamda maxfiy bo’lmagan ilmiy ishlar e’lon qiladi.

Amaliy va nazariy jixatdan muhim xisoblangan va yangi olingan ilmiy natijalar monografiya, ilmiy maqola, ilmiy tadqiqot xisobotlari, ilmiy-texnik anjuman materiallari va tezislari shaklida nashr etiladi.



Monografiya deb – ilmiy dunyoqarashi bir xil bo’lgan bir yoki bir nechta muallif tomonidan muayyan bir muammo yoki mavzuni o’rganishga bag’ishlangan kitob shaklidagi ilmiy nashrga aytiladi. Ilmiy tadqiqot natijalari darsliklar va o’quv qo’llanmalarda ham chop etilishi mumkin.

Darslik deb – mazkur fanning o’quv dasturidagi barcha materiallarni o’zida to’liq saqlagan va rasmiy instansiya tomonidan tasdiqlangan o’quv nashriga aytiladi.

Darslik Davlat ta’lim Standarti va o’quv dasturi aosida yaratilib, fanni to’liq o’zlashtirishga yo’naltiriladi va undan turdosh ta’lim yo’nalishlarida ham foydalanish mumkin.



O’quv qo’llanmasi - darslikni ba’zan o’rnini bosuvchi va unga qo’shimcha bo’luvchi o’quv nashridir. O’quv qo’llanmasi aniq o’quv dasturi asosida yaratilib, fan asoslarini chuqur o’rganishni ta’minlaydi va ba’zi qismlarni chuqurrov yoritishga yoki mashqlar yechishga qaratiladi.

Ilmiy tadqiqot ishlarini nashr qilishda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:



  • Noshir talablarini o’rganish.

  • Ilmiy ish mazmunini yozma ravishda to’liq bayon qilish.

  • Ilmiy ish mazmunini patent sofligiga tekshirishi.

  • Maqolani ekspertizadan o’tkazish, yangilik yaratish usullarini yo’qligini tekshirish.

  • Maqolaga tashqi taqriz olish.

  • Maqolani noshirga topshirish.

Nashrga tayyorlangan ilmiy material kirish qismidan, bayon etilayotgan ilmiy natijaning mazmunidan va olingan xulosalardan tashkil topadi. Agar ilmiy ish natijasida maqolani yozishda muallif boshqa tadqiqotchining ilmiy ishiga xavola qilgan bo’lsa, ushbu ishlar adabiyotlar ro’yxatida keltirilishi lozim.

Ilmiy tadqiqot ishini bajarish jarayonida tadqiqotchi kashfiyot ochishi mumkin. Agar topilgan yangi g’oya muallif tomonidan ilmiy asoslab berilsa, u kashfiyotga aylanadi. Kashfiyot ilmiy faoliyatning eng yuqori darajadagi namoyishidir.

Kashfiyot obyektlari uch xil bo’lishi mumkin:


  • Qurilma bo’yicha kashfiyot.

  • Usul bo’yicha kashfiyot.

  • Ishlab chiqarishga qo’llash bo’yicha kashfiyot.

Qurilma bo’yicha kashfiyotlarga ma’lum konstruksiya vositalari, qurilmalarning uzel va detallari, ularning joylashishi va o’lchamlariga tegishli yangiliklar kiradi. Usul bo’yicha kashfiyotlar texnologik jarayonlar, vositalar, yechimlar va parametrlarga taalluqli bo’ladi.

Ishlab chiqarishga qo’llash bo’yicha kashfiyotlar- ma’lum bir predmetni boshqa joyda boshqa maqsadda ishlatish bo’yicha takliflarni o’z ichiga oladi. Kashfiyotni ochish bu bajarilgan ilmiy ishning ichida eng taraqqiy etgan, o’zida yangilikni saqlagan, ijobiy tomonlarga ega bo’lgan va boshqalardan jiddiy farq qilgan elementni ajrata olish demakdir. Odatda kashfiyot ilmiy ishni ichida berkinib yotadi, muallif uni ocha bilishi kerak.

Kashfiyotni ochish berilgan obyektlar guruhidagi umumiy, foydali va yangi tomonlarni topish va uni boshqa kashfiyotlardan farqini aniqlab, ijobiy tomonlarini ko’rsatib berish demakdir. Kashfiyot natijasida muallif patent olish huquqiga ega. Odatda patentlar soni har bir mamlakatdagi undagi fan va texnikani rivojining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi.


Download 51,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish