Nazorat savollari «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi»



Download 51,27 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2021
Hajmi51,27 Kb.
#71324
  1   2   3   4
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot nazorat savollariga javoblar


Nazorat savollari

  1. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi, vazifalari va uning asosiy tushunchalari.

  2. Empirik – nazariy tadqiqot metodlari.

  3. Ilmiy tadqiqot mavzusini tanlash va ilmiy tadqiqot ishining tuzilishi.

  4. Ilmiy natijalarni nashrga tayyorlash va magistrlik dissertasiyaning tuzilishi.

  5. Ilmiy seminarlarga so’zga chiqish qoidalari va taqdimot materiallarini tayyorlash tartibi.

1) “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanining maqsadi – tadqiqotchining ilmiy va ijodiy faoliyati bilan muttasil nazorat qilinuvchi va yo’naltiriluvchi bilshining umumfalsafiy, umumilmiy va maxsus ishlab chiqilgan metodlari negizida yangi ilmiy bilim olish usullari xamda bu ilmiy bilishning tuzilishi prinsiplari xaqidagi xozirgi zamon falsafiy ta’limotidir. Fan metodologiyasining maqsadi yangi bilim olish, uni o’stirish uchun zarur ilmiy ijod negizi, prinstiplarini ishlab chiqishdan iborat. Yangi bilim olish uchun ob’ektiv haqqoniy bilimdan qurol sifatidafoydalanilganida, u ijodiy metodologik rol o’ynaydi, ilmiy metodning jihati, shakli, elementi bo’lib xizmat qiladi. Olimlar ilmiy metodologiya yordamida olingan bilim-larni tushuntiradi, talqin qiladi, shuningdek, ularni amaliyotga: texnika, texnologiya, amaliy tadqiqotlar va hokazolarga tatbiq etadi.

Fanning quyidagi asosiy vazifalari kelib chiqadi:

1.Texnika yo’nalishi mutahassisligi bo’yicha ilmiy bilish ko’nikmalarini hosil qilish.

2.Insonning predmet soha bo’yicha ichki qonuniyatlarni ilmiy bilishiga bo’lgan intilishlarini shakllantirish.

3.Predmet soha bo’yicha ilmiy tadqiqot olib boorish,tahlillash ko’nikmalarini shakllantirish.

4.Ilmiy ish (ilmiy tahlil, maqola va dissertatsiya ishini yoza olish) olib borish ko’mikmasini hosil qilish.

2) Ushbu metodlarga taxlil, sintez, induksiya, deduksiya, modellashtirish usullari kiradi.



Tahlil usulida tadqiqot obyekti fikran yoki jisman tarkibiy qismlarga ajratib o’rganiladi. Bunda obyektning ayrim tomonlarining mohiyati ularning bog’liqligi va o’zaro ta’siri asosida o’rganiladi.

Sintez esa – obyektni yaxlit, bir butun sifatida qismlarining birligi va o’zaro bog’liqligi asosida o’rganadi. Sintez tahlil qilingandan keyin murakkab tuzimlarni o’rganishda qo’llaniladi. Tahlil va sintez bir-biriga bog’liq metodlaridir, ular bir-birini to’ldiradi.

Tahlil va sintezning emperik, gumanitar-nazariy va tuzilmali-genetik usullari mavjud. Emperik tahlil va sintez obyektlar bilan yuzaki tanishishga yordam beradi.

Bunda obyektning ayrim qismlari ajratiladi, ularning xususiyatlari aniqlanadi, oddiy o’lchashlar va umumiy yuzasidagi narsalar qayd qilinadi. Bu usul tadqiqot obyektini o’rganishga imkon beradi, lekin, uning mohiyatini ochib berishga kamlik qiladi. Obyektning mohiyatini o’rganish uchun gumanitar-nazariy tahlil va sintez ishlatiladi. Obyektning mohiyatiga chuqurroq kirib borishda esa tuzilmaviy-genetik taxlil va sintez qo’l keladi. Bunda tadqiqot obyekti mohiyatining barcha tomonlariga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy va eng muxim usullar ajratiladi.

Deduksiya va induksiya tadqiqot obyektini o’rganishda va mantiqiy xulosalar chiqarishda o’ziga xos taxlil va sintez xisoblanadi. Deduksiya umumiydan xususiyga bo’lgan mantiqiy xulosalarga asoslanadi. U matematika va mexanikaning qonunlarini yaratishda qo’llaniladi. Induksiya deduksiyaga qarama-qarshi bo’lib, mantiqiy xulosalar xususiydan umumiyga tomon amalga oshiriladi. Bu ikki usullar ham bir-biri bilan bog’liq va bir-birini to’ldiradi. Induksiya taxminiy bilimlar beradi, deduksiya esa, yangi, aniq va to’g’ri bilimlarni egallashga zamin yaratadi.

Modellashtirish usulida tadqiqot obyektining asosiy xossalari sun’iy sistema, ya’ni modelda o’rganiladi. Model obyekt bilan ko’p jixatdan o’xshash bo’ladi, ular orasida deyarli farq bo’lmaydi.

Modellashtirishning tuzilmasi quyidagichadir:



  • Masalaning qo’yilishi.

  • Modellashtirishni yaratish va tanlash.

  • Modellashtirishni o’rganish.

  • Model bo’yicha olingan bilimlarni originalga ko’chirish.

Gepotetik usul – gipotezani ishlab chiqishga asoslanadi. U amaliy fanlar uchun asosiy metod xisoblanadi, ilmiy eksperimentda qo’llaniladi.

Tarixiy metod – obyektning tug’ilishini, shakllanishi va rivojlanishini xronologik ketma-ketlikda o’rganishga asoslangan. Texnik soxalarda kam qo’llaniladi.



Ideallashtirish deb – amaliy jihatdan mavjud bo’la olmaydigan obyektlarni fikran xayolda qurish jarayoniga aytiladi.Uning maqsadi real obyektlarni ularga tegishli bo’lgan xossalardan xayolan maxrum qilish va gipotetik xossalar bilan to’ldirishdar. Har qanday ideallashtirish faqat ma’lum bir chegarada amalga oshirilishi mumkin.

3) Ilmiy-tadqiqot mavzusi ustida ishlash ilmiy tadqiqotlar deb ataladigan tuzilishni tashkil etuvchi bir qator bosqichlardan o'tadi. Albatta, bu struktura ko'p jihatdan ishning maqsadiga va vazifalariga bog'liq, ammo ma'lum bosqichlar amaliy fanlarga xosdir.

Ilmiy tadqiqotning asosiy bosqichlari:


  1. Tayyorgarlik bosqichi;

  2. Tadqiqot olib borish bosqichi;

  3. Ishni rasmiylashtirish;

  4. Ishni sinash (ilmiy seminarlarda);

  5. Natijalarni amalda tadbiq etish.


Download 51,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish