Magistrlik dissertasiyasi - magistraturada ta’lim olayotgan talabaning yakunlovchi ishi xisoblanadi. Dissertatsiya ishi talabaning o’qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy tadqiqot ishining natijasidir.
Dissertatsiya ishi mavzulari talabalarga birinchi o’quv yilining ikkinchi semestri (ikkinchi yarmi) boshlangandan keyin ikki xafta davomida taqdim etiladi.
Dissertatsiya ishi mavzusi ishlab chiqarish, ta’lim, fan texnika, shu jumladan, kimyoviy tetexnologiya, to’qimachilik, mashinasozlik, yengil sanoat va matbaa, ijtimoiy soxalardagi ilg’or va dolzarb masalalarga bag’ishlanib, muayyan bir vazifani ilmiy yechimini topishga, ishlab chiqarishga, statistik ma’lumotlar taxliliga qaratilgan bo’lishi shart.
Magistrlik dissertatsiyaning yakuni bo’lib davlat kvalifikasiyasi attestatsiyasi ya’ni magistrlik dissertatsiyasi himoyasi hisoblanadi.
Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash jarayonida talabalar:
ilmiy-tadqiqot izlanishlar olib borishi, kasbiy muammolarni ko’ra olishi va ularni yechishning umumiy usullari va yo’llarini o’rganishi;
o’quv jarayoni va ilmiy faoliyat davomida olingan axborotlarni ma’lumot va natijalar shaklida mujassamlashtira olishi;
tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslashi;
soha bo’yicha yechilayotgan ilmiy-texnik, ilmiy tadqiqot masala xolatini taxlil qilishi;
ilmiy-texnika, texnik-iqtisodiy va boshqa talablarni shakllantirishi, qo’yilgan masalani yechish uslublarini ko’rib chiqishi va eng samarasini aniqlashi;
eng samarali, muqobil yechimni ilmiy, konstruktorlik, texnologik va texnik-iqtisodiy jixatdan asoslab berishi;
eng samarali, muqobil yechimning patentga loyiqligini aniqlashi va patent sofligiga tekshira olishi;
ilmiy-texnika masala yechimining natijalari bo’yicha xulosalar va takliflarni shakllantirishi hamda ularni iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida qo’llash imkoniyatini aniqlashi lozim.
Dissertatsiya ishi tanlangan mavzuning ilmiy asosga va natijalarga ega bo’lgan ilmiy yoki ilmiy-amaliy mazmundagi yakuniy malakaviy ishi hisoblanadi.
Dissertatsiya ishi shunday ko’rinishda taqdim etilishi kerakki, toki uning asosida mazkur dissertasiya mazmuni qay darajada yoritilgan va asoslanganligini, uning yangiligini aniqlash oson bo’lsin.
Dissertatsiya ishi bajarilishi, uning muallifi mustaqil ilmiy (amaliy) izlanish olib borgani, mukammal muammolarni topgani va ularni xal qilish yo’llarini o’rgangani haqida dalolat berishi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasining muallifi ishni bajarishda o’zining ilmiy malakaviy darajasini, ayniqsa mustaqil ilmiy izlanishni olib borish va aniq ilmiy-texnik masalalarni hal etish bo’yicha qobiliyatlarini namayon qila olishi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasi mantiqiy o’ylangan reja asosida yoziladi. Mazkur reja muammo, tahlil va ilmiy-amaliy masalalarni hal etish yo’llarini ifodalaydi. Xorijiy tajribalarni o’rganish va yig’ilgan materiallardan foydalanish asosida magistrant dissertasiyada qo’yilgan masalalarni hal etish yo’llarini, milliy ta’lim tizimi va iqtisodiyotning o’ziga xos xususiyatlarini va tarmoq korxonalari muammolarini xisobga olgan holda aniq mantiqiy takliflar kiritadi.
Magistrlik dissertasiyasining umumiy xajmi 60-80 varaq matndan (ilovalardan tashqari) iborat bo’lib, A4 (21x29) format qog’ozga kompyuterda 1,5 intervalda, Times New Roman, 14 shriftda yozilgan bo’lishi shart. Matnning chap tomoni 30mm, yuqori tomoni 2,5mm, o’ng tomoni 1,5 mm va quyi tomonida 2,5mm bo’sh maydon bo’lishi kerak. Betning tartib raqami sahifaning osti o’rtasiga qo’yiladi.
5) Aksariyat hollarda o’z sohasining malakali bo’lgan mutaxassislari ham omma oldiga chiqish qilgan vaqtda o’zlarini yo’qotib qo’yish holatlari kuzatiladi. Bunda inson ikki ko’rinishdagi ichki qarama-qarshilikka duch keladi: bularning birinchisi – o’z sohasini bilishdagi qat’iylik va ikkinchisi – omma oldida so’zlashuv malakasiga ega bo’lmaslik. Buning sababi nima? Buning javobi oddiy: biz tushunmaydigan va hech qachon ish tutmagan narsalardan qo’rqishimizdir. Boshqa so’z bilan aytganda barcha soha odamlari ham omma oldiga so’zga chiqmaydilar.
Biroq, mazkur holatni ba’zi amaliyot va tajribalar bilan bartaraf etish mumkin. Agar nutqni tuzulishi tushunilsa, u holda ishonchli va qat’iy gapirishni o’rganish mumkin.
So’zga chiqishni samaraliroq amalga oshirish uchun MS PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimotni tayyorlash kerak. Taqdimot tanlangan mavzuning dolzarbligini, muammoning bayonini, ilmiy loyihaning natijalarini va yangilikni aks ettirishi kerak.
Himoya qilish uchun quyidagilar e'tiborga olinishi kerak: ish g'oyasi, uning yangiligi, ishlab chiqilgan modellar, usullar, algoritmlar va dasturiy ta'minot.
Taqdimot uchun fon yorqin ranglarda tanlanishi kerak.
Taqdimot slaydlarida ilmiy ishda olingan natijalarga e'tibor qaratish kerak!
Taqdimotga (slaydlarga) qo'yiladigan talablar:
1. Sarlavha sahifasi (tashkilot, dasturiy mahsulot nomi, muallif, menejer).
2. Tanlangan mavzuning dolzarbligi.
3. Sharh (ushbu muammoni hal etishda xorijiy va milliy tashkilot tajribasi).
4. Muammoni hal qilish.
5. Ish g'oyasi.
Ishning maqsadi. Tadqiqot maqsadlari.
Tadqiqot ob'ekti, mavzusi, tadqiqot va ishlab chiqish usullari.
8. Tajriba (ishlanmalar) natijalari.
9 .... (dasturning ekranli suratlari).
10 .... (dasturning ekran rasmlari) ...
12. Model va dastur algoritmi.
13. Eng muhim va asosiy protsedura, funktsiya yoki kichik dasturning tavsifi.
14. Yangilik va shaxsiy hissa.
15. Afzalliklari va kamchiliklari.
16. Amaliy ahamiyati (ko'lami).
17. Xulosa va ishni keyinchalik davom ettirilishi.
18. E'tiboringiz uchun tashakkur!
Do'stlaringiz bilan baham: |