Nazorat ishi-8 Darsning maqsad



Download 10.44 Mb.
Sana07.09.2017
Hajmi10.44 Mb.
Qiz bolalar sumkacha bo’laklariga tanlangan naqsh elementlarini biser, piston bilan tikish. Bo’laklarni bir-biriga ulash, ishni yakunlash. Nazorat ishi-8

Darsning maqsad:

  1. ta’limiy – bo’laklarini bir-biriga uab, ishni yakunlash bosqichlarini bilish;

  2. tarbiyaviy – bo’laklarini bir-biriga ulash, ishni yakunlash ko’nikmalarini shakllantirish;

  3. rivojlantiruvchi – bo’laklarini bir-biriga ulash, ishni yakunlash.

Darsning jihozi: ish qutichasi, qalam, sumkaga mos gazlamalar, andaza

uchun qog’oz, yelim, qaychi, igna, ip, angishvona, sovun, santimetr

lenta, bezagi uchun biser, munchoq, turli xil tosh va boshqa bezaklar.

Darsning turi: Amaliy va nazariy.

Darsda qo’llanilaniladigan usullar: Amaliy ish, ko’rgazmalilik.
Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

II. O’tilgan mavzuni so’rash:

- Nozmunchoqni tikuv mashinasida tiksa bo’ladimi?

- Nozmunchoqlardan foydalanganda nimalarga e’tibor berish kerak?

- Sumka uchun qanday naqsh turlaridan foydalaniladi?



III. Yangi mavzu bayoni.

Amaliy mashg’ulot uchun kerakli asbob va moslamalar: ish qutichasi, santimetr lenta, qalam, igna, qaychi, angishvona, tikuv mashinasi, qotirma materiallar, sumka detallari.



Sumkaning bo’laklarini bir-biriga ulash.



Grafik ko’rinishi

Texnologik jarayonning bajarilishi

1



Asosiy qismlarining 2 donasining yuqori tomoniga eni bo’ylab 3 sm enlikda yumshoq yelimli qotirma yopishtiriladi.

2



Asosiy qismning biri qotirmali, ikkinchisi qotirmasizligini o’ngini bir-biriga qaratib yuqori tomoni 1 sm chok haqida tikib chiqiladi.

3



0,7 sm

Asosiy qism bo’laklarini o’ngiga ag’dariladi. Chok tekislanadi va etak hamda yon tomonlari ko’klab chiqiladi. Yuqori qirqimdan 0,7 sm chok haqida bezak bahyaqator yuritiladi.

4



Cho’ntakning yuqori qismiga 1 sm enlkda yumshoq qotirma yopishtiriladi. Buklov haqi teskari tomonga bukilib, bahyaqator yuritiladi. Cho’ntakning qolgan yon va etak tomonlari chok haqlari teskariga qaratib dazmollanadi.

5




Tayyor bo’lgan cho’ntakni sumkaning asosiy qismiga shunday joylashtiriladiki, bunda cho’ntak asosiy qismning ikki tomonidan bir xil masofada bo’lishi va yuqori qismidan 7,5 sm pastda joylashishi kerak. Cho’ntak bostirma chok bilan asosiy detalga tikiladi.

6



Oraliq detal bo’lklarining o’ngini bir-biriga qaratib chetki qirqimlaridan 38 sm dan masofa qoldirib kertim qo’yiladi. ikkita kertim oralig’I tikiladi va o’ngiga ag’dariladi.

7




Oraliq detalning uch tomonlari bir-biriga teskari tomonidan ulanadi va yorib dazmollanadi.

8




Oraliq detalning tikilmagan joyi bo’ylab asosiy detalning avval yon tomonlariga 22 sm uzunlikda ko’klanadi va mashinada tikiladi. So’ngra sumkaning tubiga oraliq detalning qolgan 30 sm bittadan tikiladi. Asosiy detalning ichki qismi sumka tubiga ko’rinmas chok bilan qo’lda tikilishi yoki mashinada biriktirib tikilib, so’ngra chok haqini yo’rmab qo’yish mumkin.

9




Sumkaning asosiy detalini yuqori qismida 4 tadan jami 8 ta shnur kengligidan bir oz kaltaroq izmalar ochiladi. Izmalar oralig’I teng masofada olinishiga e’tibor berish kerak. So’ngra izmalar irasidan shnur o’tkazilib, uning uchiga shokilalar tikiladi. Sumka turli iplardan tozalanadi, choklari dazmol bilan tekislanadi.

Dengiz bo’yiga sayrga yoki dam olishga borganda bu sumka sizga juda asqotadi. Oq va zangori gazlamadan tasmalar qirqib olamiz. Tasmalar eni enliroq vo’yi uzunroq bo’lsa yana ham yaxshi. Taxminan 10-15 ta tasmani yonma-yon qo’yib tikuv mashinasida tikib chiqamiz. Natijada yaxlit gazlama hosil bo’ladi.

Hosil bo’lgan matoni qoq yarmidan buklab ikki chetini mashinkada yana tikib olamiz. So’ng sumkani ushlab ko’tarib yurish uchun qo’l bog’ichini o’rnatib yana tikuv mashinasida tikamiz. Sumkani tashqi tomoniga munchoq va marjonlar tikib bezatilsa yana ham chiroyli ko’rinishga ega bo’ladi. Natijada ixcham va pishiq sumka hosil bo’ladi.






V. Darsni mustahkamlash.

- Sumka uchun yana qanday bezaklar berish mumkin?

- Kattalar bilan bolalarning sumkasida qanday farqlar bor?

- Sumka uchun qanday asbob uskunalar kerak bo’ladi?



V. Darsni yakunlash.

Sumkani tikib va ishni yakunlab kelish.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa