Talabchanlik
- bu
qattiqqo‘llik degan gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning
foydasidan ko'ra zarari ko‘proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan emas,
balki zaifligidan dalolat beradi. Maktabgacha muassasa ta’lim- tarbiyaviy
faoliyatining samaradorligi, uning obro'si ko‘p jihatdan peda- goglar jamoasining
jipslashganligiga, eng avvalo butun maktabgacha muassasa rahbar yadrosida
birlik va o‘zaro tushunishning mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi.
Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta'minlash;
kollektivda jamoatchilik fikrini, tarbiyachilarning bir-birlarining kamchi-
liklariga tanqidiy munosabatini shakllantirish, mehnat aktivligi va ijodiy
ishlash ehtiyojini rag'batlantirish; qabul qilingan qarorlar yechimini ta’minlash
kabi sotsial-psixologik masalalarni hal qilish uslubchi uchun birmuncha
murakkablik qiladi.
Uslubchi maktabgacha bolalar muassasasidagi ta'lim-tarbiyaviy ishga
uslubik rahbarlikni amalga oshiradi.
«Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya dasturi»ning baja-
rilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi, ta’lim-tarbiyaviy ishning to‘g ‘ri
uyushtirilishi uchun javobgar;
ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, pe
dagogik kengashda ko‘rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi;
maktabgacha bolalar muassasasidagi uslubik xonaning ishini tashkil
qiladi; bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo‘llanmalar va o‘yin-
choqlarni tanlaydi.
Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni propaganda qilish, turli yosh
guruhlari tarbiyachilari, shuningdek maktabgacha bolalar muassasasi va maktab
ishida ketma-ketlilikni ta’minlash bo'yicha ishni uyushtiradi.
Uslubchi shuningdek pedagogik kengashni tashkil etadi va borish
jarayonini kuzatib boradi. Pedagogik kengash-jamoa pedagoglari fikrini
ifodalovchi, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy masalalarni kollegial
ko‘rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ, uslubik mahorat maktabi va ilg‘or
tajriba minbaridir.
Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri pedagogik kengash raisi
hisoblanadi. Pedagogik kengash tarkibiga: uslubchi, tarbiyachilar, musiqa rah-
bari, maktabgacha ta'lim muassasasiga xizmat ko'rsatuvchi vrach, katta hamshira,
kasaba uyushma qo‘mitasining raisi, ota-onalar qo‘mitasining raisi kiradi.
Pedagogik kengash yig‘ilishiga jamoat tashkilotlarining
vakillari, maktablar o ‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasasi
tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Pedagogik kengash maktabgacha muassasaning yillik ish rejasiga
kiritilgan va pedagoglar pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja bo‘yicha
ishlaydilar.
Maktabgacha ta ’lim muassasalarida kollegial organ hisoblangan pe
dagogik Kengashlar tashkil etilib, u pedagogik xodimlar, ota-onalar,
homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta’lim Davlat talablari asosida
muvofiqlashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat
qiladi.
Pedagogik Kengash maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya
jarayonidagi asosiy masalalarni hal etuvchi doimiy faoliyat ko‘rsatadigan
organ hisoblanadi.
Metodist jamoani boshqarishda o’zi shaxsiy naamuna bo’lishi lozim ya’ni u
barcha ishlarini oldida boshida bo’lib yetkchilik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |