Назонат саволлар ва топшириқлар



Download 20,58 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi20,58 Kb.
#230411
  1   2
Bog'liq
1- nazorat



Назонат саволлар ва топшириқлар
1. Иқтисодиёт тушунчаси ва унинг бош масаласи нима?

2. Эҳтиёж нима?

3. Иқтисодий ресурс тушунчасига ва унинг турларига таъриф беринг.

4. Нима учун ҳаётий воситаларни ишлаб чиқариш ва етказиб бериш инсоннинг турли хил фаолиятлари ичида энг асосийлари ҳисобланади?

5. Иқтисодиёт назарияси фанининг предмети нимадан иборат?
У бошқа иқтисодий фанлар ичида қандай ўрин тутади?

1. Iqtisodiyot nazariyasi fanini, uning qonun-qoidalarini

bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyotning o‘zi nima, uning

vazifasi nimalardan iborat, degan savolga javob berish

lozimdir. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda

murakkab, ko‘p qirrali va g‘oyat chigal muammolarga boydir.

Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab

chiqarish, xizmatlar ko'rsatish, fan, madaniyat, siyosat,

mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat,

oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko‘payib,

rivojlanib hamda ularning o‘zgarib borishi natijasida vujudga

keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib

kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqatga

aylanmoqda va ularni anglash osondek tuyuladi.

Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari,

siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta'lim bilan

shug'ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni iste’mol qilishlari,

kiyinishlari kerak. Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyimkechak,

uy-joy va turli xizmatlardan iborat hayotiy vositalar

zarur. Har bir kishi, o'zining kundalik hayotida bir qancha

muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari — kiyim-kechak, oziqovqat,

uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega boMish, bilim olish kabi

ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan pul daromadlarini qayerdan,

nima hisobiga topish kerak degan muammolarga duch keladi.

2. Inson yashamog‘i uchun,

eng avvalo, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, uy-ro‘zg‘or

buyumlari, transport hamda isitish va yoritish vositalari

zarurdir. Bundan tashqari, inson kamol topmog‘i uchun o'qib,

bilim olishi, kasb o'rganishi, malaka egallashi va davolanishi,

dam olishi, turli xizmatlardan foydalanishi va boshqa juda

ko‘p hayotiy narsalarga ehtiyoj sezadi. Insonning yashashi va

kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun

kerak bo'lgan hayotiy vositalarga bo'lgan zaruriyati iqtisodiyot

nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi.

Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy,

ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar

alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat

qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan moddiy

ne’matlardan hamda xizmatlardan iborat bo ladi. Shu jihatdan

olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy

ehtiyojlarni o'z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo,

kishilarning o‘zlariga foydali bo'lgan moddiy ne’matlarni xarid

qilish va foydalanishga bo'lgan xohishlaridir. Bular iste'mol

uchun zarur bo'lgan ko'plab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat,

kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-ziynat buyurnlarini (taqinchoq,

atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) o‘z ichiga oladi. Shu o'rinda

ta’kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat buyumi,

dabdaba bo‘lib hisoblangan narsa endi eng oddiy hayotiy zarur

predmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne’matlar

kabi ma'lum ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy

avtomashinani ta’mirlash, soch oldirish, huquqshunos

maslahatidan foydalanish kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan

bir qatorda kishilarning ehtiyojlarini qondiradi.

3. Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim

korxona va firma, oila ixtiyorida to‘planib, ayni vaqtda mavjud

bo'lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, ularni

iste’molchiga yetkazib berishda hamda iste’mol jarayonlarida

foydalanish mumkin boMgan imkoniyatlar, qo‘r-qutlar va

manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (yer, suv, o‘rmon, yer osti

boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar,

dastgohlar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar,

sotishga tayyor tovarlar, ularning qo‘r-qutlari, pul mablag'lari va

boshqalari) ana shular jumlasidandir. Iqtisodiy resurslarning

ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab

chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab

chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar

va pul resurslari ham kiradi. Iqtisodiy resurslar cheklanganligi

tufayli hamma odamlar xohlagan iste’mol buyumlarini, transport

vositalarini va boshqa narsalarni darhol xarid qila olmaydi va

xohlagancha iste’mol qila olmaydi. Har bir kishi, hatto eng

ko‘zga ko‘ringan davlat arbobi, sahna yoki sport yulduzi ham bu

muammoga duch keladi. Resurslar cheklanganligi faqatgina

iste’molni emas, shu bilan birga ishlab chiqarish va xizmat

ko'rsatishni ham cheklab qo‘yadi. Buning natijasida har bir

korxona, mamlakat o‘z imkoniyatlarini hisobga olib, tovarlar

ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hamma turini birdaniga

emas, uning shu davr uchun eng kerakli boMgan sohalarini tanlab

kengaytirish va rivojlantirishga e’tibor beradi, resurslarni birinchi

navbatda ularga jalb qiladi.

4. Iqtisodiyot — cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli

foydalanib, insonlar uchun zarur boMgan hayotiy vositalarni

ishlab chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan va

chambarchas bog‘liqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligini

ta’minlovchi iqtisodiy tizim.

Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib,

kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur boMgan

hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib

berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog'liqlikda amal qiladigan

turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan, iqtisodiy


Download 20,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish