Амалий топшириқлар
1.Иктисодиётнинг бош муаммосини изохланг?
2.Урганиш усулларини изохланг.
3. Нима учун иктисодиёт назарияси фани иктисод фанларининг карвонбоши хисобланади?
4. Иқтисодчилар нима учун моделларни тузишади ва улардан фойдаланишади?
5. Ресурслар, даромадлар ва харажатларнинг қандай доиравий айланишлари мавжуд ва улар бир-биридан қандай фарқ қилади?
Javoblar:
Iqtisodiyot nazariyasi fanini, uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyotning o’zi nima, uning vazifasi nimalardan iborat, degan savolga javob berish lozimdir. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko’’ qirrali va g’oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko’’ayib, rivojlanib hamda ularning o’zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo’lgan narsaga o’xshab ko’rinadi.
Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shug’ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va turli xizmatlardan iborat hayotiy vositalar zarur. Har bir kishi, o’zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari – kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro’zg’or buyumlariga ega bo’lish, bilim olish kabi ehtiyojlar uchun zarur bo’lgan ‘ul daromadlarini qaerdan, nima hisobiga to’ish kerak degan muammolarga duch keladi.
Shu muammolarni echish va o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yo’nalishlarda, sohalarda faoliyat ko’rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol to’ishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishdan iborat bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir. Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo’li bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnikalar va texnologiyalar, bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish, energiya, yonilg’i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, xom ashyo, energiya va boshqa resurslar manbalarini to’ib, hayotga jalb etish imkonini beradi: jumladan, erning chuqur qatlamlaridagi boyliklarni to’ish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish, quyosh energiyasidan foydalanish va h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin:
Иқтисодий ресурслар, имкониятлар
Ишлаб чиқариш ёки хизмат кўрсатиш даражаси
Эҳтиёжларнинг қондирилиш даражаси
Iqtisodiyot nazariyasi fani ijtimoiy fan bo’lib, falsafa, sostiologiya, ‘sixologiya, huquq, siyosatshunoslik, tarix kabi ijtimoiy fanlar bilan ham chambarchas bog’liqdir, ulardan uslubiy va ilmiy ozuqa oladi va ularga ham manba bo’lib xizmat qiladi. Lekin ularning hech biri iqtisodiyot nazariyasi fanining o’rnini bosa olmaydi, bu fanning o’z vazifasi va ‘redmeti bor.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining ‘redmetini aniqlashni turli nazariy qarashlarni o’rganib, sintez qilishdan boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining ‘redmeti nima? Bu fan asosan nimani tadqiq qilib, odamlarga nimani o’rgatadi, degan savolning echimi juda murakkab bo’lib, bu haqda o’tmishda ham, hozir ham turli olimlar har xil fikrlar bildirib kelmoqdalar.
Masalan, Aristotel bu fanni uy xo’jaligini boshqarish qonunlari to’g’risidagi fan deb qaragan bo’lsa, merkantilistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabi vakillari unga boylik to’g’risidagi, uning manbalari va ko’’aytirish yo’llari, boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish to’g’risidagi fan deb qaradilar. Keyingi ‘aytda mazkur fanni xalq xo’jaligi, ijtimoiy xo’jalik to’g’risidagi fan deb ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot nazariyasi fanini moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqarish qonunlari to’g’risidagi fan deb ko’rsatadilar. A.Marshall esa iqtisodiyot nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining ‘redmeti insoniyat, jamiyatning me’yoridagi hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan iborat, deb yozadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator darsliklarda va ayrim asarlarda uning ‘redmeti moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganishdan iborat, deb ko’rsatilgan edi.
AQSh va boshqa ba’zi bir mamlakatlardan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklarida (iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» deb yuritilgan darsliklarda) bu fanning ‘redmeti kishilarning moddiy ehtiyojlarini to’laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish, kishilarning iqtisodiy hulq-atvorini o’rganishdan iborat, deb ko’rsatilgan.
Bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan hozirgi davrda Rossiya Federastiyasida chiqarilayotgan turli iqtisodiyot nazariyasi darsliklarida bu fanning ‘redmeti bo’yicha bir-biriga yaqin bo’lgan ta’riflar berilmoqda.
Masalan, iqtisod fanlari doktorlari, ‘rofessorlar L.S.Tarasevich va A.I.Dobrininlar boshchiligida chiqarilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu fan «Rastional xo’jalik yuritish tizimining tarkibiy evolyustiyasini, haqiqiy boylikni va jamiyatning ayrim a’zolari va guruhlarining farovonligi, iqtisodiy o’sishning omillari va qonuniyatlarini o’rganadi», deb ko’rsatilgan.1
Akademiklar G.’.Juravleva va V.I.Vidya’inlar boshchiligida chiqarilgan «Umumiy iqtisodiyot nazariyasi» nomli darslikda ‘rofessor A.I.Dobrininning fikriga asoslangan holda: «Umumiy iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo’lib, u cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida kishilar va guruhlarning xulq-atvorini o’rganadi», deyilgan.2
‘rof. V.D.Kamaev boshchiligidagi mualliflar tomonidan yozilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» asoslari bo’yicha darslikda iqtisodiyot fanining ‘redmeti — cheklangan resurslar dunyosida ne’matlarni ishlab chiqarishdagi kishilarning xulq-atvori va uni boshqarishni o’rganishdan iborat deb ta’kidlanadi.3
‘rof. D.D.Moskvin boshchiligidagi mualliflar tomonidan yozilgan «Iqtisodiyot nazariyasi asoslari» darsligida iqtisodiyot nazariyasi fanining ‘redmeti – ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning ishlab chiqarish kuchlari bilan o’zaro ta’sirini o’rganadi deyiladi.4
‘rof. E.F.Borisov o’zining «Iqtisodiyot nazariyasi» nomli kitobida fanning ‘redmetiga qisqagina - u iqtisodiy munosabatlarni o’rganadi, deb aytib o’tib ketadi.5
Mana shularni hisobga olib, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti - iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun–qoidalarini o’rganishdan iborat, deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarning turli shart-sharoitlarda, zamon va makonda shaklan va mazmunan o’zgaruvchanligini, ularni ifoda etuvchi ilmiy tushunchalar, qonun-qoidalarning ham o’zgarib turishini, ularning doimo harakatda, rivojlanishda bo’lishini o’rganadi. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi turli iqtisodiy voqea hodisalar va jarayonlarning mazmuni hamda mohiyatini o’rganibgina qolmay, ularning o’zaro aloqadorligini, bir-biriga ta’sirini ham tahlil qiladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin.
Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to’rtta asosiy vazifasi ajratib ko’rsatiladi:
1) bilish vazifasi - har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o’zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o’rab turgan olam to’g’risidagi fikrlarimizni kengaytiradi;
2) amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o’sishni ta’minlash va shu asosda o’sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi evaziga ko’’roq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo’yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo’llarini to’ishdan iboratdir;
3) uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi fanining o’zi, tahlili va uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi;
4) g’oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o’rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g’oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari yo’lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko’’aytirish, milliy ‘ul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bo’lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko’tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.
3. Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham, bu tomonini ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondoshuvga yo’l qo’ymasligi lozim. Chunki har qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy vositalar, ‘ul mablag’lari orqali amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. Shuning uchun mavjud resurslarga, ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli foydalanishga bo’lgan munosabat, ishlab chiqarish omillarining o’zaro bog’liqligi va bir-biriga ta’sirida o’rganilishi lozim. Boshqa tarafdan, hech qanday mehnat yoki ishlab chiqarish alohida olingan kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida bir-birlari bilan albatta o’zaro munosabatda bo’ladilar va shu munosabatga qarab harakat qiladilar, o’z xulq-atvorlarini, xatti-harakatlarini belgilaydilar. Demak, iqtisodiyot nazariyasi fani shu munosabatlarning ikki tomonini qamrab olgan bo’lishi, ularni o’rganishi lozim. Bundan tashqari mazkur munosabatlar, xatti-harakatlar ishlab chiqarish jarayonining o’zidagina emas, balki takror ishlab chiqarishning barcha fazalarida ishlab chiqarish, ayirboshlash (sotib olish, sotish), taqsimlash va foydalanish, ya’ni iste’mol qilish jarayonlarida ham sodir bo’ladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining ‘redmetini aniqlashda shu narsani esdan chiqarmaslik kerakki, iqtisodiyotning ko’’gina tomonlari aniq iqtisodiy fanlar, ya’ni sanoat iqtisodiyoti, savdo iqtisodiyoti, agroiqtisodiyot va agrobiznes, iqtisodiy axborot, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, menejment kabi fanlar tomonidan o’rganiladi.
Iqtisodiyotning ayrim tomonlari esa moliya, soliq va soliqqa tortish, kredit, ‘ul muomalasi, bank ishi, bojxona ishi, statistika, ekonometrika, tashqi iqtisodiy aloqalar, buxgalteriya hisobi, xo’jalik faoliyati tahlili kabi fanlarda o’rganiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi bu fanlar bilan chambarchas bog’liq holda mavjud bo’ladi, ulardan ayrim aniq tomonlarni oladi va rivojlantiradi. Lekin iqtisodiyot nazariyasi fani aniq iqtisodiy fanlarning nazariy asosi, ya’ni ‘oydevori hisoblanadi, ularga uslubiy, nazariy yo’nalish beradi. Ularning hammasi uchun umumiy bo’lgan ilmiy tushunchalarni, qonun-qoidalarni, iqtisodiyotning turli tarmoqlari, sohalari, tomonlari o’rtasidagi aloqadorlikni va o’zaro ta’sirni o’rganadi va aniqlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |