faoliyat deb ataladi.
5. Iqtisodiyot nazariyasi fani ijtimoiy fan bo‘lib, falsafa,
sotsiologiya, psixologiya, huquq, siyosatshunoslik, tarix kabi
ijtimoiy fanlar bilan ham chambarchas bog'liqdir, ulardan
uslubiy va ilmiy ozuqa oladi va ularga ham manba bo'lib
xizmat qiladi. Lekin ularning hech biri iqtisodiyot nazariyasi
fanining o‘rnini bosa olmaydi, bu fanning o‘z vazifasi va
predmeti bor.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashni turli
nazariy qarashlarni o'rganib, sintez qilishdan boshlash
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nima? Bu fan
asosan nimani tadqiq qilib, odamlarga nimani o‘rgatadi, degan
savolning yechimi juda murakkab bo‘lib, bu haqda o‘tmishda
ham, hozir ham turli oliinlar har xil fikrlar bildirib
kelmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |