F- Ko‘makchilar yordamchi so‘zlar bo’lib, alohida xususiyatlarga ega.
S- Ko‘makchilar mustaqil ma’no bildirmaydi, ma’lum bir so‘roqqa javob bermaydi.
M- Ko‘makchilar mustaqil so‘zlar bilan bir so‘roqqa javob beradi, ular bilan birga so‘z birikmalarini hosil qiladi. Masalan, ukam bilan, onam uchun, ustozim kabi.
U- Ko‘makchilar mustaqil qo‘llana olmasa-da, nutqimizda ularning ahamiyati kattadir.
O‘qituvchi o‘quvchilarning fikr-mulohazalarini umumlashtiradi va qo‘shimchalar qiladi.
“Charhpalak” metodi.
Ushbu metoddan yangi mavzunio‘rganishda hamda o‘tilgan mavzularni takrorlashda foydalanish mumkin.
1-bosqich. O‘quvchilar 5-7 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadilar.Har bir guruhga mavzu bo‘yicha matn yozilgan tarqatma beriladi. Guruh a’zolari 5 daqiqa vaqt ichida ushbu matn yuzasidan taqdimot tayyorlaydilar.
2-bosqich. Har bir guruhga 1ta vatman qog‘oz va har-xil rangli markerlar beriladi. 3ta guruhga bir mavzuga tegishli kichik mavzu beriladi.Masalan, 6-sinf o‘zbek tili darsligida “Mirzo Ulug’bek” matnini o‘tishda bu metodni qo‘llash mumkin.
1-guruhga: “Mirzo Ulug‘bekning bolalik davri”
2-guruhga: “Mirzo Ulug‘bekning bunyodkorlik ishlari”.
3-guruhga: “Ulug‘bek davrida Samarqand”.
Ma’lumotlar yozilgan vatmanlar bir necha marta guruhma-guruh aylantiriladi.Qaysi guruhning ma’lumotlari ko‘pligi markerlarning rangidan ma’lum bo‘ladi. Qaysi guruhning ma’lumotlari ko‘p bo‘lsa, o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi. G‘olib guruh hamda barcha guruhlarning faol a’zolari baholanadi.
“Taqdimot” metodi ham interfaol metodlardan biridir.Bu usuldan yuqori sinflarda foydalailsa, yaxshi natija beradi. 8-sinfda “Gapning maqsadga ko‘ra turlari” mavzusi berilgan. Bu mavzuni mustahkamlashda “Taqdimot” usulidan foydalanish mumkin. Sinf 3 guruhga bo‘linadi. Guruh a’zolari qur’a tashlash yo‘li bilan mavzuni tanlaydilar.Bu usul mavzuni tanlashning adolatli usuli hisoblanadi.Mavzularni olgach, guruh a’zolari birgalikda o‘z ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashadilar.Ma’lum bir vaqtdan so‘ng har bir guruhning sardori mavzuni barchaga taqdim etadi.Guruhning boshqa a’zolari qo‘shimcha qilishlari mumkin.
Bu usul o‘quvchilarni hamjihatlikka, o‘zaro kelishuvga, bir-birlarining fikrlarini hurmat bilan eshitishga o‘rgatadi.
“Mozaika” metodi.
Bu metodni kichik sinflarda qo‘llash mumkin.5-sinfda “Transport” mavzusini tushuntirishdan oldin bu usuldan foydalanish mumkin.Unda sandiqchaga qog‘oz parchalari solinadi. Ularga transport turlari, turli buyumlarning nomi yozilgan bo‘ladi. O‘quvchilar ularning ichidan mavzuga mos so‘zlarni tanlaydilar va ularning nomlarini aytadilar. Bu usul individual shaklda qo‘llanilib, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, ularni faollikka chaqiradi.
“Benn diagrammasi” metodi.Bu metod ikki yoki undan ortiq tushunchalarni bir-biriga taqqoslash, tahlil qilish, ulardagi umumiy tomonlarni aniqlashda ishlatiladi.
U 2-3 bir-biriga kesishgan aylanalardan iborat bo‘ladi. Aylanalarni 5-6 o‘quvchidan iborat kichik guruhlar to‘ldiradilar.6-sinfda “Tartib va dona sonlar” mavzusi bor. O‘quvchilarning bu mavzu bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash maqsadida bu metoddan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |