Statistik korsatkich bu kategoriya bolib, hodisa va voqealarni aniq sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir. Statistik korsatkichlar hajmiy va hisoblangan korsatkichlarga bolinadi. Ular, reja, hududiy, haqiqiy, bashoratlangan korsatkichlar shaklida bolishi mumkin. Statistik korsatkichlarni statistik malumotlar bilan chalkashtirmaslik kerak. Statistik malumotlar bu statistik korsatkichlarni aniq raqamdagi ifodasidir.
Statistik korsatkichlar tizimi bu bir-biri bilan ozaro boglangan statistik korsatkichlar yigindisidir. Statistik korsatkichlar tizimi ijtimoiy hayotni barcha pogonalarini ozida qamrab oladi. Agarda korsatkichlar mamlakat, hudud, tarmoq darajasida hisoblansa, ular makrodaraja korsatkichlari deyiladi. Agarda korxona, firma, oila va shu kabi darajalarda hisoblansa, mikrodaraja korsatkichlari deyiladi.
Yana bir masala. Statistika bitta fanmi yoki bir nechta fanmi.?, degan savol tugiladi. Aslida statistika bitta fan, lekin bir qancha tarmoqlari (sotsial, makroiqtisodiy va h.k) mavjud.
Statistikaning umumiy nazariyasi ommaviy hodisalarni statistik organishning umumiy tamoyillarini va metodlarini yaratish bilan shugullanadi. Ijtimoiy statistika aholining turmush tarzini va boshqa sotsial munosabatlarni ifodalovchi korsatkichlar tizimini shakllantirish bilan shugullanadi. Makroiqtisodiy statistika mamlakatda roy berayotgan makroiqtisodiy ozgarishlarning miqdoriy tomonlarini organsa, mikroiqtisodiy statistika firma va korxonalar darajasidagi hodisalarning miqdoriy tomonlarini organadi.
Har qanday fan oz obektini malum metodlar yordamida organadi.
Statistika hamma fanlar singari dialektik metodga asoslanib, oz predmetining oziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ommaviy hodisa va voqealarni organishning maxsus statistik metodlarini yaratgan. Ularning yigindisi statistika metodologiyasi deyiladi.
Istalgan ommaviy hodisa va voqealar togrisida malum bir xulosaga kelish uchun biz, birinchi navbatda, ular haqida malumotlar toplashimiz, ikkinchidan, toplangan malumotlarni tartibga solib, ularni jadvallarga joylashtiramiz va grafiklarda tasvirlaymiz, uchinchidan, olingan va hisoblangan korsatkichlarni har tomonlama tahlil qilishimiz kerak. Mana shu shartlarni toliq bajarsak, organilayotgan ommaviy hodisa va voqealar togrisida obektiv xulosaga kelishimiz mumkin. Shuning uchun ham har qanday statistik tekshirish statistik kuzatish, jamlash va guruhlash hamda statistik tahlildan iborat uch bosqichga bolinadi.
Tekshirishning har bir bosqichida maxsus statistik metodlar qollaniladi. Birinchi bosqichda - statistik kuzatish metodi, ikkinchi bosqichda - jamlash va guruhlash metodlari, statistik jadvallar va grafiklar, uchinchi bosqichda turli umulashtiruvchi korsatkichlarni (mutloq, nisbiy va ortacha miqdorlar, dinamika korsatkichlarini tahlil qilish balans, indeks va boshqa) hisoblash va tahlil qilish metodlari.
Ilmiy jihatdan asoslangan statistik tadqiqot qayd etilgan metodlarning chambarchas ravishda olib borilishini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |