5-6-maruza: Til strukturasi. Til strukturasining organilishi, uning sistemadan farqi.Tilning tizim ekanligi. Tizimning muhim belgilari
Reja:
1.Til strukturasi va uning organilishi.
2.Sistema va struktura tushunchalarining oziga xos xususiyatlari va bogliq jihatlari.
3.Tilning tizim ekanligi. Tizimning muhim belgilari
Tayanch iboralar: struktura, sistema, strukturaviy tahlil, qoliplashtirish, til tizimi sathlari, fonetik, leksik sath, grammatik sath
Strukturaviy tahlil va strukturalarni qoliplashtirish tabiiy va gumanitar fanlar uchun bir xilda muhimdir. Struktura tushunchasining shakllanishida va barcha fanlarda qollanishida psixologiya fanida yuzaga kelgan ruhiy struktura atamasi muhim rol oynadi. Keyingi davrlarda lingvistik strukturalizm goyalarining boshqa gumanitar fanlar, masalan, falsafa rivojiga tasiri haqida fikrlar bildirilmokda. (Skrelina 2002: 59). Xullas, struktura goyasi inson bilimlari toplamidan muhim orin egalladi. Qator fanlarni umumlashtiruvchi kibernetika ham aslida sistemalar, ularning strukturasi va ushbu sistemalarni qoliplashtirish muammolari bilan shugullanadi. Shu sababli «struktura» tushunchasining mohiyatini aniqlashtirish harakati davom etmoqda. Ushbu tushunchaning umumiyligi uning tarifini falsafiy mazmun ifodasi nuqtai nazaridan izohlashni talab qiladi. Tilshunoslikda ham, xuddi boshqa sohalardagidek, ushbu tushuncha izohi u yoki bu falsafiy talimot tasirida bolishi mumkin (Qiyoslang: Gumboldt 1985: 370-381; Protasov 1999: 142- 143; Radchenko 2002: 140-144; Vaskoshe 1994: 12-14). Binobarin, semasiologiyaning asoschilaridan biri bolgan V.Bryondal «struktura» tushunchasi Sossyur talqinidagi «sistema»ga va Sepir talqinidagi «lisoniy maqsad modeli»ga mos kelishi haqida gapirib, quyidagicha tarif bergan: «Psixologiyada struktura tushunchasi yangicha mazmunda, yani elementlarning oddiy birikmasiga qarama-qarshi yaxlitlikni atash uchun qollanmokda. Bu yaxlitlikdagi elementlar bir-birini taqozo etadi va ozaro aloqasi asosida mavjuddir» (Bryondal 1965: 97).L.Yelmslev til strukturasini «tobeliklar zaijiri yoki aniqroq aytilganda, funksiyalar tori» sifatida aniqlaydi. «Oz ichki tuzilishi jihatidan bosqichli bolgan» til strukturasi tahlilini Yelmslev «deduktiv asosda, ketma-ket mavhumlikdan konkretlikka intilgan holda bajarilish»ni taklif qiladi va olim bu usulni imperik metod deb ataydi (Yelmslev 1965: 101).Praga strukturalistlari til strukturasini vazifaviy yondashuv asosida talqin qilmoqchi bolganliklari haqida toxtalgan edik. Ularning vakili V.Skalechko, L.Yelmslev tarifini izohlab, quyidagilarni yozadi: «Yelmslev tilshunosligi ham muammoni chegaralash yolidadir. Birinchidan, unda semasiologiya ota cheklangan. Semasiologiya muammosi struktura muammosiga tobelashtirilgan: semasiologik vazifa lisonning vazifalaridan biridir, vazifa esa til tarkibiy qismlarining munosabatidan boshqa narsa emas. Turli tillarning farqi ham ularni shakllantiruvchi tamoyillarning turlicha yaratilganligidadir. Demak, farqlanish masalasi struktura muammosiga tenglashtiriladi» (Skalechko 1965: 154).V.Skalechkoning qaydicha, strukturani shakl sifatida talqin qilish ayrim masalalarga bir tomonlama yondashishga olib keladi. Masalan, til va borliq munosabatini (semasiologik muammo), tillarning ozaro munosabatini (lisoniy tipologiya), til va uning qismlari ortasidagi munosabatni (til strukturasi). Pragalik olimlar «til boshqa ijtimoiy strukturalardan ajralgan mustaqil struktura» degan fikrga qoshilmaydilar (Skalechko 1965: 151). Tilni lisoniy jamoaning muloqot va ekspressiv - ifoda ehtiyojini qondiruvchi tizim sifatida talqin qilish til strukturasining boshqa strukturalar bilan aloqasini etirof etishga olib keladi. Demak, til taraqqiyotini lisoniy jamoa taraqqiyoti tarixidan ajratib bolmaydi. AQSH tilshunosligida til strukturasi muammosi qoyilmaydi, chunki amerikaliklar asosan nutq faoliyati tadqiqi bilan shugullanadilar; diskreptiv tilshunoslikda ham xuddi generativ grammatikadek til strukturasi va sistemasi nazariy muammo emas. 2.Sistema va struktura tushunchalarining oziga xos xususiyatlari va bogliq jihatlari. Tilshunoslikda «sistema» va «struktura» tushunchalarining mazmuni qorishtirib yuborilmasligi lozim. Sistema ozaro bogliqlikdagi elementlar majmuasidan iborat bolib, bu majmua yaxlitlikni tashkil qiladi va uidagi ishtirokchilarning har biri alohida hamda ozaro munosabatda tavsiflanadilar. Struktura esa ushbu sisitemadagi elementlarning munosabatlari asosida yuzaga keladigan tuzilmadir (Nogp 1988: 113-114).Sistema va struktura tushunchalarining shu yosindagi tarifi O.Axmanovaning lisoniy atamalar lugatida ham oz aksini topgan (Axmanova 1969: 412-413; 458). Lugatda «sistema»ga til birliklarining botiniy tarkibdagi majmuasi deb qaraladi. Bu birliklar turgun (invariant) munosabatlardadir, masalan, ushbu til uchun xos bolgan va nutqiy qurilmalarni hosil qiluvchi sintaktik qoliplar toplami. Ushbu tarif tilning fonetik tizimini soz va morfemalarni farqlash uchun xizmat qiluvchi nutq tovushlari toplami sifatida aniqlashga undaydi. Xuddi shuningdek, ushbu til yoki lahja uchun xos bolgan gap turlari va qoliplarini quruvchi soz shakllari toplami grammatik tizimni tashkil qiladi. Ifoda planiga kiruvchi farqlar umumlashmasiga esa semiologik tizim sifatida qaraladi. O.S.Axmanova «sistema» tushunchasi doirasiga, shuningdek, grammatik kategoriyani ifodalovchi shakllar va forma yasash paradigmasi kabilarni ham kiritadi. Lugatda «struktura» tushunchasining mazmuni quyidagicha izohlanadi: 1) tilning tovush, fonologik, morfologik va morfonologik tarkiblariga xos bolgan umumiy, invariant xususiyatlarning bir-biri bilan bogliqligi, yani quyi sath birliklarining yuqori sath birliklari tuzilishiga ishtirokiga nisbatan. Bu holda «tovush strukturasi», «leksik struktura», «morfologik struktura» atamalari qollaniladi; 2) struktura atamasiinng ikkinchi manosi «gap strukturasi», «soz strukturasi», «mano strukturasi» kabi birliklarda namoyon boladi (Axmanova 1969: 458). Praga lingvistik maktabida «struktura» atamasi ancha tor mazmuida talqin qilinadi. Praga lingvistik lugatida berilgan tarifdan malum boladiki, ushbu tushunchani O.S. Axmanova ajratgan birinchi manoda qollab bolmaydi: «Til strukturasi» tushunchasi «soz-gap» ga nisbatan mavjud bolgan barcha faktlarni qamrab oladi. Bu gapning umumiy tuzilishi yoki umuman malum tilning grammatik tuzilishi bolish mumkin. ... Umumiy grammatik tizim bir qator alohida tizimlarda namoyon boladi. Shu sababli tuslanish sistemasi, turlanish sistemasi, fonologik sistema haqida gapirilib, «struktura tushunchasini til grammatik qurilishining umumiy xususiyatlarini atash uchun saqlashadi» (Vaxek 1964: 218). Xullas, sistema va struktura tushunchalari aynan bir hodisa emas. Lekin bu farqqa har doim ham etibor berilavermaydi. Kopincha ular sinonimlar sifatida qollaniladi. Buni, masalan, quyidagi ikki tarifni qiyoslaganda sezish mumkin. Birinchi turdagi tarifda sistema va struktura tenglashtiriladi, biri ikkinchisining yigindisi sifatida qaraladi. Masalan, E.Koseriuning yozishicha, «til ozaro bogliq strukturalar sistemasidir» (Kosernu 1963:172). A.A.Reformatskiyning takidlashicha, «...har bir tilning oz fonetik, grammatik va leksik tizimi mavjud. Tarkibidagi birliklarning qollanishidagi oxshashlik majburiy bolgan sistemalarning umumlashmasi tilning strukturasini tashkil qiladi» (Reformatskiy 1967: 270).Sistema va strukturaning ikkinchi tarifi tilning dinamik va statik holatlari qarama-qarshiligi bilan bogliq holda beriladi. Masalan, B.Pote quyidagi tarifni keltiradi: «Agarda ajratilishi va tahlil qilinishi mumkin bolgan voqelik qismlarini belgilovchi elementlar majmuasini «struktura» deb bilsak, unda «sistema» struktura elementlarining malum paytda qollanishidir» (RoSHeg 1966: 112-113). B.Pote taklif qilgan «sistema (=sistema)» va «sistema (=struktura)» qarama-qarshiligini farqlash Gustav Giyom psixosistematika talimotidagi sistema tushunchasining qollanishiga mos keladi. G.Giyom sistemani ikki tomonlama yani dinamik va statik korinishda tasavvur qiladi. Lekin B.Pote strukturani statik, sistemani esa dinamik tushunchalar sifatida talqin qilsa, rus tilshunosi V.A.Zveginsev bu tushunchalarning statik va dinamik holatlarini teskari korinishda tasavvur qiladi. Uning yozishicha, «sistema va strukura ... sozsiz, bir-biridan tubdan farq qiladigan ikki hodisalardir. Sistema haqiqiy statik tushunchadir va shunga binoan uning vositasida tilning siixron holati yoritiladi, struktura esa dinamik tushuncha sifatida qollanishi lozim va uning asosida tilning diaxronik hodisalari (tadrijiy jarayonlar) organilishi kerak» (Zveginsev 1962: 144). Sistema va struktura, ularning farqli jihatlarini yanada yaqqolroq tasavvur etish uchun yana bir qancha tariflarga diqqat qilamiz. Muayyan obektning elementlari (umumlashmasi) struktura deb ataladi. Bu strukturada mavjud elementlarning umumiy ozaro bogliqligi sistema deb ataladi.(G.S.Shur) struktura deyilganda, elementlarning ozaro bogliqligi tushuniladi». Tilning strukturasi bu uning fonemalari, morfemalari, tuzilmalari va ular orasidagi munosabatlardir.Til strukturasi uning yashirin asosidir. U mavjud tilga nisbatan abstrakt tushunchalar orqali organiladi. (Yu.S.Stepanov) Sistema deyilganda, ozaro bogliq qismlardan-elementlardan tashkil topgan, munosabatlarning aniq sxemasiga, yani strukturasiga ega bolgan har qanday murakkab birliklar tushuniladi. Shunday ekan struktura sxemaning korsatkichlaridan biridir. (G.P.Melnikov) Shunday qilib, «sistema» va «struktura» tushunchalari bir-birlariga yaqin tursalarda, bir xil mano anglatmaydilar. Lugatlarda tariflanishicha, «sistema» sozi grekcha bolib «tashkil qiluvchi qismlardan iborat bolgan butunlik» degan manoni anglatadi. «Struktura» sozi lotin tilidan olingan bolib, «tuzilish», «qurilish», «joylashish» degan manolarni ifodalaydi. «Sistema» sozi «struktura» soziga nisbatan kengroq manoga ega.
3.«Til sistemasi» - til birliklari, kategoriyalari, sathlarining tipik munosabatlaridir.«Til strukturasi» bu birliklarning qismlari va sathlari orasidagi munosabatlarni ifodalovchi tushunchadir. Til materialini muayyan belgilarga kora tasniflash goyasi lingvistika faniga hech qachon begona bolmagan (masalan, til materiali ananaviy ravishda fonetika (fonologiya), morfologiya, sintaksis qismlariga bolib organgan). Ammo «til sathi» tushunchasi dastlab Amerika deskriptiv lingvistikasida ilmiy jihatdan asos topdi. Deskriptivistlar hozirgi zamon tadqiqotlaridan farqli olaroq, tilning tuzilishini bosqichli bogliqliklarning murakkab tizimi sifatida emas, balki oddiy ketma-ketlik holida tasavvur qilishadi. Amerika deskriptiv lingvistikasida sathlarga ajratish goyasi «Til strukturasining ichidagi turli elementlarning ozaro munosabatlari va tilni tasvirlash metodikasi» (Katsnelson 1962: 2) sifatida muayyan talimot korinishini oldi.Sathlarga ajratish konsepsiyasi oliy va quyi sathlar mavjudligini ham etirof etadi. Quyi sath deyilganida nisbatan sodda birliklar, masalan, fonemalarning ayrim kichik sistemalar tashkil qilishi, oliy daraja deyilganida esa murakkabroq birliklar, masalan, sozlarning tuzilishi nazarda tutiladi. Til tizimi turli darajadagi muayyan murakkablikka ega bolgan birliklar va ulardan foydalanish qoidalari yigindisidir. Til tizimiga turli qoliplar va sxemalar xos bolib, ular asosida turli murakkab birliklar, soz birikmalari va jumlalar yasaladi.Til birliklari tuzilishiga kora ikki tomonlama birlik - malum mazmun anglatuvchi tovushlar kompleksidan yasalishi yoki ushbu ikki tomonlama birlikning farqini korsatuvchi alohida tovushlardan (fonemadan) iborat bolishi mumkin. Tildan aloqa vositasi sifatida foydalanish, yani uni nutq jarayonida ishlatish til elementlaridan axborotni ifodalaydigan va uzatadigan alohida tizimlar yaratishga olib keladi. Nutq jarayonida hosil boladigan buiday sistemalar alohida jumlalar bolib, nutq sistemasi sifatida til birliklaridan tashkil topadi. Til birliklari ham murakkablik darajasi va vazifasiga kora farqlanadilar: fonemalar morfema va sozlarning talaffuzini hosil qilsalar, morfemalar sozlarni hosil qiladi. Sozlar esa muayyan qoidalar asosida erkin nutq birliklarini - konkret ibora va jumlalarni hosil qiladi. Bunday holda yuqori darajadagi birliklar quyi darajadagi birliklar hisobiga rivojlanmaydi (Solnsev 1972: 5). Til tizimining sathlardan iborat bolishi haqidagi goyani qollagan olimlardan E.Benvinist (1965: 434-439; 1974: 64) tort sathli tuzilishni taklif qiladi: fonemalar, morfemalar, sozlar va gaplar sathlari.Tilning har bir birligiga xos ichki yaxlitlikka va belgi yoki belgilar birikmasining sintagmatik, paradigmatik va ierarxik munosabatlariga asoslangan yagona mezonning qollanishi til tizimida malum korinishdagi sathlarni ajratish imkonini yaratadi. Bular quyidagilar: 1.Fonetik - fonologik sath. 2.Leksik-semantik sath. 3.Morfem-morfologik sath. 4.Soz yasash sathi. 5.Sintaktik sath.
Do'stlaringiz bilan baham: |