II. Orta asrlar tilshunosligi. Arab tilshunosligi. Arab xalifaligida tilshunoslikning paydo bolishi va rivojlanishi, Hindistondagi kabi, amaliy ehtiyojlar bilan boglanadi. Yani bu davrda eski yodgorliklar va Quron tili bilan jonli arab tili (shevalari) orasida katta farqlanish yuzaga keladi. Bir tomondan muqaddas diniy kitob bolgan «Quron»ni tushunarli qilish, undagi sozlarni togri va aniq talaffuz qilish, ikkinchi tomondan, klassik arab tilini shevalar tasiridan saqlash maqsadida arab olimlari til masalalari bilan jiddiy shugullanishga kirishdilar. VII-VIII asr arab tilshunosligining dastlabki markazlari Iroqning Basra va Kufa shaharlari hisoblangan. Basra va Kufa shaharlarida ikkita lisoniy maktab tashkil topgan bolib, ular ortasida tilshunoslikning kopgina masalalari yuzasidan «fikrlar jangi», qizgin bahslar, munozaralar olib borilgan. Ushbu lisoniy munozaralar tilshunoslik fanining markazi Arab xalifaligining poytaxti bolgan Bogdod shahriga kochirilgandan song toxtagan.
Arab tilshunosligining asoschilaridan biri Basra grammatika maktabining vakili Xalil al - Farohidi (taxminan 718-791y) birinchi arab tili lugatini yaratdi. U lugatini «Kitobul ayn» («Ayn harfi kitobi») deb nomlab, unda grammatikaga oid muhim fikrlarni bayon etdi. SHuningdek, olim «Kitobul avomil» («Boshqaruvchilar kitobi») nomli asarni ham yozdi. Ammo bu asarlar bizgacha etib kelmagan. Amir bin Usmon Sibavayxiy (733 yilda vafot etgan) ozining salmoqli «Al - kitob» asarini yaratdi. Muallif ushbu asarda ozigacha bolgan barcha tadqiqotchilarning talimotlarini, fikrlarini, qarashlarini umumlashtiradi. U arab tili grammatikasining tugal va mukammal korinishini taqdim etadi. Ushbu asar har ikkala: Basra va Kufa maktabi vakillari tomonidan bir xilda yuqori baholangan va qadrlangan.Arab tilshunosligi quyidagi jihatlarga alohida etibor berganlar.
1.Arab tilshunoslari leksikografiyaga jiddiy ahamiyat berganlar: 20 tomlik Tolqinlar toshqini (Sagani), Arab tili (Ibn Mansur), 60 tomlik Qomus» (Feruzobodi) deb nomlangan lugatlar yaratilgan. Arab leksikografiyasida lugatlar mazmuniga kora olti guruhga bolingan: 1. Toliq izohli lugatlar. 2. Predmet lugatlari (masalan, hayvonlar bilan bogliq lugatlar va b). 3. Sinonimlar lugati. 4. Noyob sozlar lugati. 5. Ozlashgan sozlar lugati. 6. Tarjima lugatlari.
2.Arab tilshunoslari, yunon tilshunoslaridan farqli, fonetika masalalariga goyat sezgirlik bilan munosabatda bolganlar. Ular tovush va harfni, yunonlardan farqli, qatiyan farqlaganlar. SHuningdek, harf termini bilan faqat yordamchi soz va affikslarnigina emas, balki nutq tovushini, aloma termini bilan esa tovushning yozuvdagi korinishini, yani harfni ifodalaganlar.
3.Arablar unli va undosh tovushlarni farqlab, undoshni mohiyat, unlini esa otkinchi deb tariflaganlar va arab sozlarida (ozaklarida) undosh tovushlarning asosiy rol oynashini takidlaganlar. Qiyoslang: kitob, kotib, kutub. Shunga kora ular uch undoshli ozaklarni alohida ajratganlar.
4. Arab tilida ozak 3 (bazan 4) undoshdan iborat bolib, soz va soz formalarini yasash paytida bu undoshlar orasidagi unli tovushlar ozgartiriladi (kitob, kotib, kutub). Sozning bunday tuzilishi fleksiya (egilish) haqidagi talimotni yaratishga olib keldi. Shunga kora arab - yahudiy filologiyasida ozak, soz yasovchi elementlar tushunchasi bilan birga fleksiya haqidagi tushuncha ham paydo boldi.
5. Arablar, hindlar kabi, tovushlarni akustik va fiziologik belgilariga kora farqlaganlar. Nutq azolari sifatida ogiz boshligi, burun boshligi va bogiz hisoblangan. Nutq tovushlarini hosil qilishda bogiz, til, tanglay, milk, tish, lab xizmat qilishi takidlangan.
6. Arab tilshunosligida sintaksis masalalari, hind va yunonlardagidek, grammatikaning eng bosh bolimi hisoblangan. Shunga qaramasdan arablarda sintaksisning tekshirish obekti sifatida gap, gapning struktur-semantik tahlili kuzatiladi. Ular gapning kamida ikki sozdan-ikki otdan yoki ot va feldan iborat bolishini, bu sozlar ortasidagi subekt - predikat munosabatining organilishini togri takidlaydilar. Gaplarning tuzilishiga kora otli, felli va holli turlarga bolinishini qayd etdilar. Otli gaplarning ot sozdan boshlanishini (masalan, Zayd turibdi), felli gaplarning esa fel sozdan (masalan, turgan Zayd) boshlanishini aytadilar.
Otli gapning egasi mubtado (mubtado), kesim esa habar (xabar) deb nomlanadi. Gapning ikkinchi darajali bolaklari sifatid 1)toldi-ruvchi, 2) hol va 3) izohlovchilar korsatiladi. Sozlar ortasidagi sintaktik munosabatga xizmat qiluvchilar sifatida moslashuv, boshqaruv va bitishuv olinadi. Otli gaplarda ega kesim bilan moslashadi.
7. Arab tilshunoslari morfologiyada, Aristotel kabi, uchta soz turkumini-ismun (ot), felun (fel) va harfun (yuklama, yordamchi sozlar va affikslarni) ajratadilar. Otni keng manoda olib, uning tarkibiga ot, sifat, olmoshlarni ham kiritadilar. Otlarni atoqli va turdosh otlarga, turdosh otlarni esa aniq va mavhum otlarga ajratadilar. Otlarning son, egalik, kelishik kategoriyalari ancha mukammal tasvirlanadi. Otlarning kelishik kategoriyalari sifatida tushum, jonalish,orin-payt,chiqish va birgalik kelishigi (bila) qayd etiladi. Qaratqich kelishigi alohida izofa hodisasi sifatida tushuntiriladi. Bosh kelishik haqida soz yuritilmaydi.
8.Arab tilshunoslarining tadqiqotlarida fel markaziy orinlardan birini egallaydi. Sibavayxiy oz ishlarida felning qator grammatik kategoriyalari: otimlilik, otim-sizlik, nisbat, shaxs, son va boshqalarni qayd etadi. Fellarni tuzilishiga kora tub va yasama fellarga ajratadi.
9.Arablarda sonlar birliklar, onliklar, yuzliklar va mingliklarga bolinadi. Olmoshlarning kishilik va ozlik olmoshlari qayd etiladi, ularning ichki turlari (masalan, kishilik olmoshlarining uch shaxsi: man, san, oz, biz, siz, ular) beriladi.
10. Arablar sozlarning bir manoli va kop manoli bolishini aytadilar. Sozlarning togri va kochma manolarga ega bolishini aytib, kochma mano hosil bolishining 12 usulini ishlab chiqadilar.
11.Arab leksikologiyasida sinonim va antonim sozlarga alohida etibor beriladi va tadqiqotlarda keng orin ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |