Ģoyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmini òrganuvchilarning ilmiy dunyoqarashi shakllantiradi, milliy istiqlol ģoyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari yòlida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko’paytirish, milloy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jaxon miqyosida bozorgir bòlishini ta'minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini kòtarish ruhida tarbiyalaydi.
Iqtisodiy qonunlar nima va ularning qanday turlari mavjud? Iqtisodiy qonunlarning iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimada namoyon bo‘ladi?
Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar òrtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab oqibat aloqalarini, ularning òzaro boģliqligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar 3 ga bòlinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |