38-SAVOL
Fuqarolar o‘rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud ijaraga berish shartnomasining majburiy notarial tasdiqlanishiga rioya qilmaslikni yuridik tahlil qiling.
JAVOB:
Fuqarolar o‘rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo‘yilishiga rioya etmaslik O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1591-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi.
Bunda Fuqarolar o‘rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo‘yilishiga rioya etmaslik tushuniladi.
Ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shahsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
39-SAVOL
Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzishni yuridik tahlil qiling.
JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 164-modda. Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish, — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yonilg‘i-moylash materiallari bilan, dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlar bilan qo‘lda savdo qilish yoxud shaharlarda belgilanmagan joylarda qo‘lda savdo qilish, — sotilayotgan ashyolarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlar yoxud yonilg‘i-moylash materiallari sotish qoidalarini buzish, — fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
164-modda bo‘yicha huquqbuzarliklar ob’ekti savdo korxonalarining normal faoliyatini ta’minlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Huquqbuzarliklar predmeti keyin sotish maqsadi bilan omborlar, bazalar, savdo korxonalariga keltirilgan har qanday tovarlar bo‘lishi mumkin. Savdoning asosiy qoidalarida nazarda tutilishicha, tovarlar aholiga faqat do‘konning savdo zalida va belgilangan vaqtda, ya’ni xaridorlarning savdo korxonasiga kelish imkoni bo‘lgan vaqtda sotilishi lozim. Savdo qilish qoidalari xilma-xil va ko‘p sonli bo‘lib, quyidagilarga taalluqli bo‘ladi: savdo zali (xizmat ko‘rsatish zali)ning va yordamchi binolarning tuzilishi, vitrinalarning bezatilishi; tovarlarni sakdash; tovarlarni xaridorlarga olib berish; ular bilan pul hisob-kitobini qilish; tosh-tarozilarni saqlash va ulardan foydalanish; savdo korxonalarining ishlash vaqti va hokazolar. Savdo qoidalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, mahalliy hokimiyat organlarining — hokimiyatlarning qonun hujjatlari bilan tasdikdanadi (masalan, savdo korxonasining ishlaydigan kunlari, soatlari). Savdo qoidalariga savdo korxonalariga tatbiq etiladigan mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, yong‘inga qarshi va sanitariya qoidalari tatbiq etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |