Nazariy savollar
Jinoyat ishini tergov qilish surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida amalga
oshiriladi.Tergovchi dastlabki tergovni, surishtiruvchi surishtiruvni oʼtkazadi.
Surishtiruvchi va tergovchi vakolatlaridagi farqli jihatlariga toʼxtaling.
Javob
Ushbu nazariy savolga javob berishni dastlab surishtiruvchi va terggovchi kim
va qanday vazifalarni bajarishi toʼgʼrisida qisqacha maʼlumot bersak.
Tergovchi – dastlabki tergov bosqichida qonuniylik va fuqarolar huquq va
erkinliklarini taʼminlash, jinoyat sodir etgan har bir shaxsning jazosiz qolmasligi va
hech bir aybsiz shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilishiga yoʼl qoʼyilmasligi uchun
qonunni toʼgʼri qoʼllashga masʼul boʼlgan jinoyat protsessining ishtirokchisidir.
Tergovchi dastlabki tergov bosqichida tergovning oʼz vaqtida va sifatli olib borilishi
uchun masʼul boʼlgan asosiy shaxs hisoblanadi.
Jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergovni prokratura, ichki ishlar organlari va
davlat havfsizlik hizmatining tergovchilari olib boradilar. Tergovchi gumon
qilinuvchilarni ushlab turish, jinoyat ishini qoʼzgʼatishga va tugatishga, ishni
qoʼzgʼatishni rad etishga ularga nisbatan ehtiyot choralarini tanlash haqida qaror
qabul qilishga, qamoqqa olish toʼgʼrisidagi iltimosnoma berishga, ayblanuvchini
lavozimidan chetlashtirish toʼgʼrisida, shaxsni tibbiy muassaga joylashtirish haqida
iltimosnoma berishga, mazkur protsessual majburlov choralarini Oʼzbekiston
Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksida belgilangan tartibda bekor qilishga,
shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishga jalb etish va ayb eʼlon qilish hamda ayblov
xulosasini tuzish va jinoyat protsessida keltirilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
Jinoyat ishini yuritishga masʼul boʼlgan davlat organi va mansabdor
shaxslarning qatoriga surishtiruv organlari ham kiradi. Surishtiruv organlarining
ayrimlari jinoyatning oldini olish, unga yoʼl qoʼymaslik, aniqlash va uni ochish,
jinoyat sodir qilgan shaxslarni ushlash maqsadida tezkor-qidiruv choralarini
koʼrishga haqlidirlar.
Surishtiruv organlari - jinoyat ishini qoʼzgʼatish va kechiktirib boʼlmaydigan
tergov harakatlarini yuritish vakolati berilgan davlat organlari va mansabdor
shaxslar. Surishtiruvning vazifalari jinoyatning oldini olish yoki yoʼl qoʼymaslik,
dalillarni toʼplash va saqlash, jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchilarni ushlash va
yashiringan gumon qilinuvchilarni hamda ayblanuvchilarni qidirib topish, jinoyat
tufayli yetkazilgan moddiy ziyon qoplanishini taʼminlash uchun kechiktirib
boʼlmaydigan tergov harakatlarini yuritishdan iborat. Surishtiruv organi, surishtiruv
organining boshligʼi va surishtiruvchi jinoyat ishini yuritishga masʼul boʼlgan davlat
organlari va shaxslari qatoridan oʼrin olgan. Surishtiruvchi sodir etilgan yoki
tayyorlanayotgan jinoyatlar toʼgʼrisidagi ariza va xabarlarni qabul qilish va ular
asosida jinoyat ishi qoʼzgʼatishga, jinoyat sodir etishda ayblanuvchilarga nisbatan
protsessual majburlov choralarini qoʼllashga, ushlab turishga, tergovchining
topshirigʼi bilan kechiktirib boʼlmaydigan tergov harakatlarini oʼtkazishga haqlidir.
Surishtiruvchi prokurorning shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok
etishga jalb qilish haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi,
qamoqqa olish yoki uy qamogʼi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʼllash uy qamogʼi
boʼyicha qoʼshimcha taqiq belgilash toʼgʼrisida iltimosnoma qoʼzgʼatish haqidagi,
ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish
tarzidagi protsessual majburlov choralarini qoʼllash haqidagi, amnistiya aktiga
asosan jinoyat ishini qoʼzgʼatishni rad qilish toʼgʼrisida yoki jinoyat ishini tugatish
haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritish
toʼgʼrisidagi, ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi, tugallangan ishni
qoʼshimcha tergovga qaytarish toʼgʼrisidagi koʼrsatmalariga rozi boʼlmasa, oʼz
eʼtirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga
taqdim etishga haqlidir. Bunday hollarda yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi
prokurorning koʼrsatmasini oʼz qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish boʼyicha
surishtiruv yuritishni boshqa surishtiruvchiga topshiradi.
Surishtiruvchi barcha tergov harakatlarini, gumon qilinuvchi, guvoh va
jabrlanuvchini soʼroq qilish, yuzlashtirish, tanib olish uchun koʼrsatish,
guvohlantirish, hodisa joyini koʼzdan kechirish, murdani eksgumatsiya qilish:
eksperiment; olib qoʼyish; tintuv; telefon va boshqa soʼzlashuv qurilmalari orqali
olib boriladigan soʼzlashuvlarni eshitib turish; ekspertiza tekshiruvi uchun
namunalar olish, narsalar va hujjatlarni taqdim qilish kabi tergov harakatlarini
oʼtkazishga haqli. Jinoyat - protsessual qonunni tahlili shuni koʼrsatadiki,
surishtiruvchi shuningdek shaxsni ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirokchi
sifatida jalb qilish yuzasidan protsessual vakolatga ega emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim
qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni
imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga quyidagi qo‘shimcha
va o‘zgartishlar kiritildi:
36-moddaning (Tergovchining vakolatlari):
birinchi qismi «shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 243-1-
moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga» degan so‘zlardan keyin
«pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida
iltimosnoma berishga» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi; uchinchi qismi «uy qamog‘i
bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash» degan so‘zlardan keyin
«pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish» degan
so‘zlar bilan to‘ldirildi;
38-1-moddaning (Surishtiruvchining vakolatlari):
birinchi qismi «shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 243-
1-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga» degan so‘zlardan keyin
«pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida
iltimosnoma berishga» degan so‘zlar bilan to‘ldirildi; uchinchi qismi «uy qamog‘i
bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash» degan so‘zlardan keyin
«pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish» degan
so‘zlar bilan to‘ldirildi.
Shu o’rinda JPKning 336 – moddasiga e’tiborni qaratish lozim, unda
“prokurorning dastlabki tergov olib borish uchun tergovchiga yoki surishtiruv olib
borish uchun surishtiruv organi boshlg’iga yuboradi” deyilgan, demak milliy
qonunchiligimiz ayrim xorijiy davlatlar jinoyat – prosessual qonunchiliklaridan
farqli o’laroq surishtiruvni dastlabki tergov olib borishdan alohida sanab o’tilgan
ma’lumki surishtiruv va dastlabki tergovga ajratilgan, demak ular bir nomda
aytilishi mumkin emas, bizning milliy qonunchiligimiz bunga yo’l qo’ymaydi.
Surishturuvchi va tergovchining yana ir farqi sababi-iqtisodiy xususiyatga
ega. Sodir etilayotgan jinoyatlarning katta miqdori, xodimlari jinoyatlarni faqat
tergov qilish bilan shug’ullanadigan tergov apparatini saqlashga ko’pgina xarajatlar
talab qilinishi. Jinoyat ishlarning bir qismini ma’muriy organlarga topshirish esa,
bu masalani qisman hal qilishga imkon beradi. Ikkinchidan, qonun chiqaruvchi,
ushbu davlat organlarining mansabdor shaxslari, odatda bajariladigan funksiyalari
bilan birga, o’zlari huquqiy tartibga rioya qilish funksiyalarni amalga oshiradigan
sohada sodir etilgan jinoyatlarni yuritish va tergov qilishlari mumkinligidir.
Bunday bo’linish nafaqat davlat byudjetidagi mablag’larni tejash, balki katta
miqdordagi jinoyat ishlarini tez hal bo’lishiga olib keladi bu esa o’z navbatida
fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga
yordam beradi. Masalan, JKda nazarda tutilgan ayrim uncha og’ir bo’lmagan va
ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatlar yuzasidan uch oy tergov olib borilishi shart
emas, 10 kunlik surishtiruv muddatining o’zi yetarlidir, Ushbu holatni xususan
yarashuv to’g’risidagi ishlar yuzasidan aytib o’tish mumkin.
Prosessual harakatlar majmui surishtiruv organlari jinoyat-prosessual
faoliyatining asosini tashkil etsada, ularning jinoyat-prosessual faoliyati faqatgina
prosessual harakatlardan emas balki, prosessual qarorlar qabul qilish bilan ham
belgilanadi, ya’ni prosessual qarorlar qabul qilish Jinoyat-prosessual kodeksida
nazarda tutilgan harakatlar bilan tuziladi, shuning uchun prosessual qarorlar qabul
qilish ushbu faoliyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bois JPKning 330-
moddasida nazarda tutilgan uch turdagi qaror qabul qilishni prosessual faoliyat
tarkibiga kiritsak maqsadga muvofiq bo’ladi
Demak, surishtiruv organlarining jinoyat-prosessual faoliyati faqatgina
surishtiruvni yuritishdan iborat emas. Buni surishtiruvga berilgan mualliflik
ta’rifidan kelib chiqib ham ko’rish mumkin surishtiruv bu – avvalambor,
jinoyatning oldini olish, uni ochish maqsadida kechiktirib bo’lmaydigan barcha
tergov harakatlarini amalga oshiradigan va faqat jinoyat-prosessual qonun bilan
tartibga solinadigan davlat organlari va mansabdor shaxslarining faoliyatidir.
Kazus
Xususiy bankdlik agentligi MChJ mansabdor shaxslari 2019-2020 yillar
davomida 2620 nafar fuqarolarimizni Germaniya, Polsha, Daniya va Shveytsariya
davlatlariga ishga yuborishni vaʼda qilib, har biridan 45,0 mln. soʼmgacha boʼlgan
toʼlovlarni qabul qilib, jami 18,4 mlrd. soʼm pul mablagʼlarni oʼzlashtirib
yuborganliklari holati boʼyicha qoʼzgʼatilgan jinoyat ishi yuzasidan jinoyat ishi
qoʼzgʼatilgan. Tergovchi ayblanuvchi Rustamovni soʼroq qilish uchun chaqirtiradi,
biroq boshqa jinoyat ishi boʼyicha zudlik bilan tintuv tergov harakatini oʼtkazish
kerakligi sababli, bir xonada oʼtiruvchi hamkasbidan Rustamovni soʼroq qilishini
iltimos qilib ketadi. Аyblanuvchi Rustamovni soʼroq qilish davomida unga agar
tergovga yordam bersa, ish holatlari toʼgʼrisida toʼliq maʼlumot bersa, sheriklariga
qarshi koʼrsatuv bersa, unga yengillik boʼlishi aytadi. Soʼroq bayonnomasiga
ayblanuvchi imzo qoʼyishdan bosh tortadi. Ertasi kuni ishni yuritayotgan tergovchi
ayblanuvchiga nisbatan sud – psixiatriya ekspertizasini tayinlaydi va ekspert esa
xulosa berish uchun shaxs tibbiy muassasaga joylashtirilishi kerakligini aytadi.
Tergovchining roziligi bilan ayblanuvchi tibbiy muassasaga joylashtirildi. Maʼlum
boʼlishicha, ayblanuvchi va ekspert eski tanishlar boʼlib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |