3-masala. Kazusimizdagi B ismli shaxsga Jinoyat Kodeksining umumiy qismi normalariga asosan jazo tayinlaydigan bo’lsak, JK ning 54-moddasiga ko’ra umumiy asoslarda jazo tayinlaydi, ya’ni Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi. Bundan tashqari kodeksning maxsus qismining tegishli moddasiga binoan, ya’ni qilmishida qaysi modda tarkibi aniqlansa o’sha modda sanksiyasi bilan jazoga tortiladi. B ning sodir etgan qilmishida JK ning 56-moddasidagi Og’irlashtiruvchi holatlar mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Bular 56-moddaning 1-qism b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan;
o) mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etish.
Ya’ni B ning mast holatdaligi o) bandi
jabrlanuvchi SH ning mastligi b) bandi ojiz ahvoldaligi hisoblanadi. "Jabrlanuvchining alkogolli ichimlik, giyohvandlik vositasi yoki psixotrop modda ta’sirida atrofdagi vaziyatni anglay olmaydigan darajada mastligi, uning ojiz ahvolda bo‘lgan, deb tan olinishiga asos bo‘lishi mumkin. Bunda jabrlanuvchini kim bu ahvolga solganligi ahamiyatga ega emas.
4-masala. B. ismli shaxs tomonidan sodir qilingan jinoyati uchun tayinlangan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qoidalarini qo‘llash masalasiga yuzlansak, bu JK ning 73-moddasida belgilab qo’yilgan tartib bo’yicha amalga oshiriladi.
73-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish
Ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilishi mumkin. Shaxs ijro etilmagan qo‘shimcha jazodan ham ozod qilinishi mumkin.
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llaniladi.
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini;
b) og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini;
g) javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish, o‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, O‘zbekiston Respublikasiga, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etish, yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg‘in qurollarini, shunday qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan material va uskunalarni, kontrabanda qilish uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Yuqoridagi kazusimizda B ning qilmishi murakkab aybli qilmish bo’lganligi uchun uning jinoyati ham qasddan odam o’ldirish deb topiladi va shuning uchun 73-moddaning 4-qism G) bandida keltirilgan asoslarga ko’ra muddatidan ilgari shartli ozod qilish unga nisbatan qo’llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |