Jumladan, O'zbekiston Respublikasida tashkil etilgan barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari o‘z faoliyatlarini qonunlar hamda nizomlar asosida amalga oshiradilar. Nizom — boshqaruv aktlarining eng ko‘p tarqalgan turlaridan biridir. Nizom muayyan huquq ijodkorlik organi yoki vakolatli mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Ustav — boshqaruvning u yoki bu sohasidagi muayyan idora va tashkilotlaming faoliyatini tartibga soluvchi normalami o'zida aks ettiruvchi aktdir. Boshqaruv sohasida bevosita ishtirok etuvchi ko'pgina davlat idoralarining, korxona, muassasa va tashkilotlarning faoliyati tegishli tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ustavlar asosida tartibga solinadi. Masalan:O'zbekiston Respublikasi fuqarolik aviatsiyasini boshqaruvchi — O'zbekiston Milliy Aviakompaniyasining faoliyati Ustav asosida tartibga solinadi.