Quyida biz yangi MB yaratish haqida koʻrsatma beramiz.
MS Access 2016 oynasi koʻrinishi oddiy va sodda boʻlib, unda professional darajadagi ma’lumotlar bazasi yaratishga kerak boʻladigan barcha vosita (instrument)lar jamlangan. Uning tasma (lenta)sida besh guruhga boʻlingan bo‘limlar (menyular) mavjud boʻlib, ular: Файл, Главная, Создание, Внешние данние, Работа с базами данних lardir. Shu bilan bir qatorda, har xil amallarni bajarish vaqtida qoʻshimcha ravishda yangi menyu paydo boʻlishi mumkin, masalan: jadval yaratish vaqtida Работа с таблитсами deb atalgan menyu guruhida Поля va Таблица menyulari paydo boʻladi. MS Access bosh oynasining ish sohasida, yangi jadval yaratish uchun odatiy qabul qilingan Таблица1 nomli jadvalning Код deb atalgan Счетчик turidagi maydoni va yangi maydon kiritish uchun moʻljallangan sariq rangdagi fonda Щелкните для добавления degan yozuvi boʻlgan maydon joylashgan boʻladi (3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |