O`qituvchining dars tizimini o`rganish rejasi va usullari
|
Kuzatish mazmuni
|
Tekshirish usullari
|
1.
|
O`qituvchiningg siyosiy, nazariy, psixologik-pedagogik dastur bo`yicha bilimi va o`qtirish xati bo`yicha bilimi, o`rganilayotgan mavzu bo`yicha maxsus adabiyotlardan foydalanishi
|
O`qituvchi bilan suhbat
|
2.
|
O`rganiladigan mavzuga o`qituvchining tayyorgarligi. Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishi, o`qituvchining labaratoriyasi, mavzusi va dars rejasining sifati. (konspekti, didaktik materialining saqlanishi, uning hayotiy materiallar bilan, mehnat ta`limi bilan, axloqiy tarbiya masalalari bilan bog`lanishini)aniqlash.
|
O`qituvchining rejasi bilan ishlash
|
3.
|
O`qituvchining darsini kuzatishda quyidagilarga e`g`tibor berish lozim.
1)Psixologik rejim. O`qituvchilarning darsning boshlanishiga jalb qilishi, o`qvchilarning faolligini bir hilda saqlab qolishi, o`quv jarayonida o`zaro yordamni tashkil etishi. O`quvchilarni o`quv mehnatiga, darsga qiziqtirish, o`quvchilarga darsda tarbiyalash, o`quvchilar bilan suhbat qilishda o`qituvchining ovoz toni va muomalasi. Sinfdagi o`quvchilar bilan aloqasi. O`quvchilarning zo`riqishini oldini olishi. Qo`yilgan masalalarningshthal qilishda o`quvchilarning aqliy, fizik qobiliyatlarini safarbar qila olishi. O`qituvchining ishining maqsad bo`yicha yo`nalishi va o`quvchilarning yo`naltirishi.
2)Darsda o`qitishning mazmuni dastur talablariga mosligi: ilmiyligi, to`laqonligi, o`rganiladigan mavzuning ketmaketligi, o`quvchilarga yetkazilishi, siyosiy-g`oyaviy yo`nalishi. Fanlararo bog`lanishi, o`qitishning hozirgi zamon talablariga javob berishi, hayotga, o`quvchilar mehnatiga turmushga bog`lanishi.
3) Darsda o`quvchi va o`qituvchining ishlash usullari: yangi mavzuning o`rganish usullari, mustaxkamlash metodlari, o`quvchilarda ko`nikma va malaka xosil qilishva aniqlash, o`quvchilar bilimini tekshirish va baxolash usullari, darsda o`quvchilarning bilish qobiliyatlarini faollashtirish usullari (muammoli vaziyat va boshqalar). O`quvchilarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo`naltirish va rahbarlik. Darsda o`quvchilarning mustaqil va ijobiy ishlarini tashkil etishning axvoli, darsda o`quvchi va o`qituvchining mehnatining ilmiy asosida tahshkil etilishi.
4) Darsning jihozlanishi: ko`rgazmali quroldan unumli foydalanishi, o`quv texnika vositalardan o`z o`rnida foydalanishning axvoli.
5) Uy vazifasining tizimi. Vazifaning turi, ayrim masalalarga tabaqalashtirilgan xolda yondashishi, hayotga bog`lanishi vazifaning tarbiyaviy tomonlari, o`quvchilar uy ishining meyori.
6) O`quvchilar bilimini tekshirish va baholash usullari: uy topshiriqlarining tekshirish usullari.
7) O`quvchilarning mustaqil bilim olish malakalari bilan qurollantirilishi: mustaqil bilim olish malakalarini xosil qilish, kitob bilan, qushimcha adabiyotlar bilan ishlash, o`quvchilarning reja tuzishi, konspekt olishi, ma`ruza olishi va taqriz yozishga o`rgatish.
8)Mavzuni o`rganish jarayonida darsning har xil usullardan foydalanishi.
9)O`qitishning didaktik tomonlaridan unumli foydalanishi.
10)Darsda gigiyenik rejimiga amal kilinishi.
11) Maktabda joriy etilgan tartibni o`qituvchi va o`quvchi tomonidan bajarilishi
12)Darsni olib borish jarayonida o`qituvchi tomonidan texnologik talablarning bajarilishi.
O`qituvchi va o`quvchilarning ish joylarni tashkil etilishi. Darsning har bir bosqichida o`qituvchi va o`quvchining faoliyatining aniqligi. Darsda o`quvchilarning gurux bilan yakkamayaka ishlashlarini tashkil etilish. Darsda o`quvchilarining idividual xislarini hisobga olib tarqatma materiallardan foydalanish axvoli. Vaqtdan unumli foydalanishi.
|
O`qituvchi bilan suhbat
Dars kuzatish bilan
Dars kuzatish bilan
|
4.
|
Darsning sifati va uning yakuni: o`quvchilarning bilim, malaka va ko`nikmalar olishinigng darajasi. O`quvchilarining akliy tarbiyalashning sifati va xajmi. O`quvchilarining yozma ishining bajarish sifati.
|
|
5.
|
O`qituvchining o`z fani bo`yicha sinfdan tashqari o`qishningg tashkil qilinishi. O`qituvchi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlarning o`qilishiga rahbarlik qilinishi va uning tekshirilishi, baholanishi
|
|
Dars kuzatuvchi o`qituvchi yoki uslubchi dars tahlili uchun maxsus daftar yuritishi tavsiya qilinadi
Darsni mavzusini kuzatish uchun alohida savollar tuziladi. Tajribasi o`rganiladigan o`qituvchilarga savollar berib, shu savollar asosida darsni kuzatish mumkin. Masalan:
Muammoli holatni vujudga keltirish, o`quvchilarga muammolar masalasini tushuntirish, o`quvchilarga yo`lanmalar berish va uni bajartirish.
Muammoli savollarni oson yoki qiyinligi masalani hal qilinishidan aniqlash, masalaning mazmunini o`quvchilarga tushuntirish, masalani hal qilish uchun reja tuzish
Ishning yakuniga bosqichlab borish muammoli masalani yechish rejasini tahlil qilish, yechimni tahlil qilish.
Ishning davomini bajarish uchun uyga vazifa berish.
O`quvchilarning rahbatlantirish usullari.
Darsning yakuni, xulosalash.
O`quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini baholash.
Ushbu mavzu bo`yicha tavsiya qilingan sinfdan tashqari uqish uchun adabiyotlar.
O`qituvchiga yuqoridagi reja berilsa, o`qituvchi puxta tayyorgarlik kuradi, o`quvchilar chuqur va puxta bilim olgan bo`ladilar. O`qituvchi bu yutuqlarni yanada mustahkamlashga harakat qiladi.
“Ishbop o’yin” metodi
“Ishbop o’yin” metodi – berilgan topshiriqlarga ko’ra yoki o’yin ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan har xil vaziyatdagi boshqaruvchilik qarorlarni qabul qilishni imitatsiya qilish (taqlid, aks ettirish) metodi hisoblanadi.
Ishbilarmonlik o’yini texnologiyalari uch bosqichdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |