Kompozitsiya
voqealar, obrazlar va asosiy g`oyani ochishga xizmat qiladigan
vositalarning joylashtirilishi, me‘yori va nisbatidir. Kompozitsiya - asarning qurilishtuzilishi,
uning strukturasidir.
Kompozitsiya - asardagi barcha qismlarni uyushtiruvchi muvofiqlikdir, alohida
elementlarning, voqea va epizodlarning joylashishi, elementlarning bir butunga xizmat
qildirilishidir. Kompozitsiya markaziy figurani belgilab olib, so`ng boshqa personajlarni
uning atrofida joylashtirishdir. Kompozitsiyaning qurilishi ham san‘atkor tanlab olgan va
tasvirlagan hayotiy materialga bog`liqdir. Badiiy mazmun kompozitsiyaning qanchalik aniq
qurilganligiga bog`liqdir. Asardagi kompozitsion elementlarning barchasi umumiy maqsadga
qaratilgan bo`lishi kerak.
Kompozitsiya elementlari:
- syujet elementlarining tartibi;
- qoliplash;
- qistirma hikoyalar;
- chekinishlar.
Chekinishlarda muallif syujetdan chetga chiqib, tasvirlanayotgan voqea va qahramonlar
ga munosabat bildiradi;
- syujet liniyalarining joylashishi;
- obrazlarning joylashishi;
- qahramonlarning dialog, monologlari, o`z tuyg`ularini ifoda etish larining o`rni,
ichki monologlar;
- portret xarakteristikasi. Portretda qahramonlar tashqi qiyofasigina emas, ularning ichki
dunyosidagi o`zgarishlar ham mujassamlanadi.
- peyzaj va muhit xarakteristikasi.
Kompozitsiya vositalarining ayrimlarini qisqacha izohlab o`tamiz.
Lirik chekinish.
Adabiy asarda yozuvchining bevosita o`z fikr va tuyg`ularini aytishi lirik
chekinish, deb ataladi. Bunday chekinishlar, asosan, epik asarlarda bo`ladi, chunki dramada
umuman muallif nutqi bo`lmaydi, lirika esa butunicha shoir kechinmalarining mujassamidir.
Lirik chekinish turli-tuman kompozitsion vazifani bajaradi. Ko`pincha yozuvchilar lirik
chekinish yordamida personajlarning ishlari, xulq-atvorlari, xarakterlariga beradigan o`z
baholarini aniq-ravshan bildirishga va kitobxon ongiga singdirishga erishadilar.
Kiritma voqea.
Adabiy asardagi asosiy voqealar tizmasiga bevosita aloqador bo`lmagan,
lekin muayyan rivaviy maqsadga buysundirilgan epizodlar kiritma voqealar, deb ataladi. Ular
ko`pincha asarga mazmunni chuqurlashtirish, xarakterlar rivojini dalillash va ifodalanayotgan
g`oya kitobxonga aniqroq yetib borishini ta'minlash maqsadida kiritiladi.
Badiiy qoliplash.
Yozuvchilar ayrim hodisalar va xarakterlarni kitobxon ko`z o`ngida
yaqqolroq namoyon qilish uchun ba'zan badiiy qoliplash
vositasidan naf oladilar. Tasvirlanayotgan xarakterlar va hodisalar mohiyatini yaqqol ochib
ko`rsatish maqsadida ularga yaqin bo`lgan voqealar chizilishi badiiy qoliplash, deb ataladi.
Ayrim asarlarda badiiy qoliplash asosiy qahramonning mohiyatini kitobxon ko`z o`ngida
chuqurroq ochishga xizmat qiladi.
Epigraf.
Ba'zan yozuvchilar asarni yoki uning qismlarini boshlashdan oldin boshqa
asarlardan, hikmatli so`zlardan, xalq og`zaki ijodi namunalaridan qisqa parcha keltiradilar. Bu
parcha epigraf, deb ataladi. Xuddi asar sarlavhasi kabi epigraflarda ham uning mavzusi va
g`oyavi y yo`nalishiga ma'lum darajada ishora qilinadi.
Portret.
Yozuvchilar adabiy asarlarda kahramonlar ruhiyatini, xarakterlarini ochishda
ularning tashqi qiyofalari, ya'ni portretlarini chizishga jiddiy e'tibor beradilar. Ko`pincha
kahramonlar portreti ularning tashqi ko`rinishlaridagi belgilarni jamlash yo`li bilan hosil etiladi.
Peyzaj.
Tasviriy adabiyotdagi tabiat manzaralari peyzaj, deb yuritiladi. U adabiy asarda
muayyan royaviy- kompozitsion vazifani bajaradi. Yozuvchilar peyzaj yordamida xarakterlarni
harakatda, doimiy o`zgarishda ko`rsatadilar. Badiiy asarda peyzajning qo`llanish yo`llari
nihoyatda xilma-xil bo`lib, ular yozuvchi uslubi va asar janri bilan ham belgilanadi. Tabiat
manzarasi tasviridan turli xildagi maqsad kuzatiladi.
Syujet kompozitsion tartib orqali yuzaga chiqadi. Kompozitsiya syujetdan
kengroqdir. U syujet bilan bog`liqdir. Asar voqealarini xronologik tartibda joylashtirmaslik,
tugun va yechimini har yerda berish mumkin. Bu ham kompozitsiya bo`ladi.
Xulosa qilib, aytganda, badiiy asar kompozitsiyasi asarning umumiy tizimga solinishini
anglatuvchi tushunchadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |