Nazariy poetika



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/63
Sana07.01.2022
Hajmi2,6 Mb.
#328338
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63
Bog'liq
nazariy poetika

 

 

 

 

7-mavzu: Badiiy asar kompozitsiyasi 

Reja: 

1. Badiiy asar kompozitsiyasi tushunchasi. 

2.  Asar  kompozitsiyasida  syujetning  o‗rni.  Asarda  syujet  tarkibiy  qismlarining 

joylashuvi.  

3. Kompozitsion vositalar. 

 

Tayanch  tushunchalar: 

kompozitsiya,  syujet,  syujet  tarkibiy  qismlarining  joylashuvi, 

kompozitsion vositalar. 

 

Badiiy  asardagi  shakl  komponentlarini  badiiy  mazmunni  shakllantirish  va  ifodalash 

uchun  eng  qulay  tarzda  uyushtirish  kompozitsiyaning  zimmasidagi  vazifa  sanaladi. 

Kompozitsiya  (lat.,  tartibga  solish,  tuzib  chiqish)  asardagi  barcha  unsurlarni  shunday 

uyushtiradiki, natijada unda bironta ham ortiqcha unsurning o‗zi bo‗lmaydi, zero, har bir unsur 

asar  butunligida  o‗zining  funksiyasiga  ega  bo‗ladi,  muayyan  g‗oyaviy-badiiy  yuk  tashiydi. 

Avvalo, kompozitsiyaning katta qismini syujet tashkil qilishini ta‘kidlash joiz. SHu bilan birga, 

badiiy  asar  faqat  voqealar  tizimidangina  iborat  emas,  unda  rivoya,  tafsilotlar,  peyzaj,  portret, 

interer,  lirik  chekinish,  qistirma  epizod  kabi  syujetdan  tashqari  qator  unsurlar  ham  mavjud. 

Yozuvchi  asar  qurilishini  belgilaganda  ularning  har  birini  o‗z  o‗rnida,  o‗z  me‘yorida  ishlatishi, 

qismlarni  butun  bilan  mustahkam  aloqada  bo‗ladigan,  bu  aloqalar  anglanadigan  tarzda 

joylashtirishi  muhim.  Avval  aytganimizdek,  yozuvchi  ijodiy  niyatdayoq  o‗qish  jarayonini  ham 

nazarda  tutadi.  Ayni  shu  narsa,  o‗qish  jarayonining  ijod  jarayoniga  ta‘siri,  badiiy  asar 

kompozitsiyasini  belgilaganda  ayniqsa  yaqqol  ko‗rinadi.  Kompozitsion  jihatdan  yaxshi 

tashkillangan asardan o‗quvchi to so‗nggi nuqtaga qadar  yangi-yangi mazmun qirralarini kashf 

etib boradi, o‗qish davomida turfa hissiy holatlarni qalbdan kechiradi, aqliy yoxud ruhiy toliqish, 

zerikish  hislari  unga  tamomila  yot  bo‗ladi.  Bulardan  ko‗rinadiki,  badiiy  asar  kompozitsiyasi 

asarning  barcha  komponentlarini  uyushtirib,  uning  shakliy  va  mazmuniy  butunligini 

ta‘minlaydigan,  asarning  o‗qilishi,  uqilishi  va  kitobxonga  g‗oyaviy-estetik  ta‘sirini 



boshqaradigan, xullas, asarni chinakam san‘at hodisasiga aylantiradigan eng muhim unsur ekan. 

Muayyan  asar  badiiyati  haqida  so‗z  ketganda  uning  syujet-kompozitsion  xususiyatlariga, 

ijodkorning badiiy mahorati haqida so‗z borganda uning bu boradagi mahoratiga ayricha e‘tibor 

berilishi  bejiz  emas.  Zero,  badiiy  asarda  hayotni  muayyan  badiiy  shaklga  solingan  holda  aks 

ettiriladi,  unda  yangi  reallik  —  badiiy  voqelik  yaratiladi.  YA‘ni,  san‘atkor  bir  butunlikdan 

ikkinchi bir butunlikni — voqelikning badiiy modelini  yaratishi, hayot  materialini(dispozitsiya) 

badiiy  asarga(kompozitsiya)  aylantirishi  zarur  bo‗ladi.  Shu  bois  ham  dispozitsiyani 

kompozitsiyaga aylantira olish iqtidori ijodkor shaxsning tug‗ma imkoniyatlari sirasida sanalib, 

iste‘dod kuchi uning qay darajada ekanligi bilan belgilanadi.  

Yozuvchi muayyan turmush manzarasini aks ettirar ekan, uni uquvchi ko`z ungida butun 

to`laligi va yaxlitligi bilan namoyon qilish uchun asarini ma'lum shaklga soladi. Adabiy asarning 

barcha  qismlarini  o`zaro  birlashtirib  turuvchi,  muayyan  hayotni  yaxlitlikda  va  muallif  nuqtai 

nazariga mos holda obrazli aks ettirishga yordam beruvchi qurilishi kompozitsiya, deb ataladi. 

Biror  asar  kompozitsiyasi,  ya'ni  tuzilishi  haqida  fikr  yuritish  uchun  undagi  voqealar, 

hodisa  va  shaxslar  nima  maqsadda  kiritilgani  xususida  o`ylab  ko`rish  kerak  bo`ladi.  Maqsad 

aniq,  bo`lmasa,  harakat  ham,  ya'ni  kiritilgan  voqealar,  ularda  qatnashadigan  shaxslar  ham 

tartibsiz bo`ladi. Shu sababli asar kompozitsiyasini aniqlash uchun ma'lum birlikda turgan narsa, 

voqea  va  shaxslarning  nima  maqsad  bilan  birlashganiga  diqqat  qaratish  lozim.  Shu  narsa 

aniqlanmasa,  asardagi  birlikni  va  uning  qismlari  bajaradigan  vazifasini  anglab  olish  mushkul. 

Adabiy  asarda  narsa,  voqea  va  shaxslarni  bir  nuqtaga  yig`adigan  kuch  bor.  Bu  g`oya,  niyat, 

yozuvchi  ifodalamoqchi  bo`lgan  fikrdir.  Shu  yo`sinda  san'atkorning  e'tibor  beradigan  diqqat 

markazi  paydo  bo`ladi.  Yozuvchi  qamrab  olingan  hayot  materialida  nimalarnidir  diqqat 

markazida  tutadi,  nimalarnidir  o`zining  diqqat  markaziga  olmaydi.  Ya'ni  har  bir  narsa,  voqea, 

shaxsga ifoda qilinmoqchi bo`lgan  g`oya, niyatdan kelib chiqib o`rin beradi. Eng  yaxshi badiiy 

asarlarda har bir bob, boblardagi har bir manzara ham o`z markaziga ega bo`ladi. Ana shunday 

taqdirdagina  adabiy  asar  zarur  izchillikka  ega  bo`lishi  mumkin.  Barcha  markazlar  aniq  va 

ravshan  yozilgan,  haqqoniy bo`lishi,  personajlar  xarakterining rivoji, ruhiyati bilan bog`lanishi, 

asosiy  markazga  borib  qo`shilishi  lozim.  Barcha  chekka  markazlarning  yigindisidan  badiiy 

asarning  yagona  markazi  vujudga  keladi.  Bosh  markazning  asosiy  belgilari  chekka 

markazlarning sifat xususiyatlarini keltirib chiqaradi.  

Kompozitsiyaning  yana  muhim  masalalaridan  biri  muvofiqlikdir.  Bu  yerda  ayrim 

tafsilotlar,  epizodlarning,  voqealar  tasviri  va  obrazlarning  asar  markaziga,  yozuvchi  maqsadiga 

muvofiqigi ko`zda tutiladi. Har bir dalilning muayyan sharoitga muvofiqligini sezish va aniqlash 

u ishtirok etayotgan manzara, bob va umumlashmalar markazini his qilish va aniqlash orqaligina 

bo`lishi mumkin. Agar badiiy asar boblari va voqealarida  yozuvchining diqqat markazi aniq va 

ravshan sezilib turmasa, fakt yo tafsilotlarning muvofiqligi xaqida gapirish mumkin emas.  

Kompozitsiyaning  muhim  tomonlaridan  yana  biri  meyor  masalasidir.  Haqiqiy  yozuvchi 

asar ustida ishlar ekan, o`zining hajm jihatidan qatiy cheklanganini his qiladi. U ayrim tafsilotlar 

va  dalillar  tasvirini  o`zboshimchalik  bilan  cho`zish  yoki  cheklab  qo`yish  huquqiga  ega  emas. 

Me'yor masalasi har bir  

tafsilot  va  voqeaning  markazga  nisbatan  muvofiqligiga  bog`liq  bo`ladi.  Muvofiqlik  darajasi 

hamisha  tasvir  o`lchovini  belgilab  beradi.  Markazga  mutlaq  darajada  tafsilot  va  voqealar, 

manzaralar  orasida  ularning  asosi  hisoblangan,  ya'ni  markazni  ifolalovchi  detal,  voqealargina 

mufassal, keng tasvirlanadi.  

Asarda  har  bir  personaj  o`z  xarakteri  va  vazifasiga  ega  bo`ladi.  Ularning barchasi  

asosiy  narsaga,  ya‘ni  voqealar  rivojiga  birlashtiriladi  va  shu  bilan asar syujetini  ochishga  

xizmat  qiladi.  Syujet  bilan  kompozitsiya  ajralmasdir.   

Syujet  bo`shligi    kompozitsiyaning    bo`shligini    keltirib    chiqaradi.    Aniq  

shakllantirilmagan bo`sh  kompozitsiya  esa  syujetni  halok   qiladi.  Biroq   yaxshi   ishlangan 

kompozitsiyaning  o`zi  ham  muvaffaqiyat keltirmaydi.   




Kompozitsiyaning    qimmati  g`oyaning    qimmati    bilan    belgilanadi.  Yaxshi  

kompozitsiyada    ifodalangan    g`oya  syujetni  ham  yaxshilaydi.  Demak,  syujet  asar  mazmunini 

ochish shaklidir.   


Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish