V
|
+
|
-
|
?
|
Farmakologiya fani haqidatushuncha;
|
|
|
|
|
Farmakologiya fani tarixi va rivojlanishi;
|
|
|
|
|
Farmakologiya fani maqsadi va vazifalari;
|
|
|
|
|
Farmakologiya faning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
|
|
|
|
|
4-ilova
Nazorat savollari
Farmakologiya so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
Farmakologiya fan sifatida qachon rivojlana boshladi?
Yangi dori moddalarini tayyorlashda qanday manbalardan foyda
laniladi?
Farmakologiya fani tarixini gapiring.
Farmakologiya fanining maqsadi qanday?
Farmakologiya fanining vazifalarini ayting.
Farmakologiya faning boshqa fanlar bilan bog’liqligi haqida ma’lumot bering.
5-ilova
TESTLAR
1.Farmakologiya so‘zi qaysi tildan olingan?
Genglis;
Grek;
Rus ;
Yunon .
2.Farmakologiya so‘zining ma’nosi nimani anglatadi?
Dori – darmon ma’noni anglatadi;
Patalogiya ma’nosini anglatadi;
Anatomiya va fizialogiya ma’nosini anglatadi;
Terapiya ma’nosini anglatadi.
3.Dastlabki davrlarda odamlar nimalarni dori sifatida foydalanganlar?
O’simliklardan ;
Hayvon maxsulotlaridan ;
Turli ma’danlardan;
O’simliklardan, turli ma’danlardan, hayvon maxsulotlaridan .
4.Farmakologiya fan sifatida taraqqiy etishi qaysi asrlarga to‘g‘ri keladi?
XIX – XX asr;
XVIII – XIX asr;
XX asr;
XIX asr oxirlarida .
5.Farmakologiya faniga xissa qo‘shgan olimlar?
Ibn Sino, Gippakrat, Dioskorid, Galen ;
Farobiy, Ibn Sino;
Galen, Ibn Sino;
Gippokrat, Dioskorid, Galen.
6. Ali ibn Sino Yevropada qanday nom bilan mashxur bo‘lgan?
Avitsenna ;
Gippokrat ;
Dorishunos ;
Jarrox .
7.“Galen” yoki “Novogalen” preparatlari qaysi mashxur olim nomi bilan yuritiladi?
Dioskorid ;
Klavdiy Galen ;
Ibn Sino;
Gippokrat.
8. I.P.Pavlov qaysi farmokologiya sohasi rivojlanishiga katta xissa qo‘shgan?
Klinik farmokologiyaga;
Xrono farmoklogiyaga;
Tibbiyot xirurg farmokologiyaga;
Eksperimental farmokologiyaga.
9. Qaysi olim Peterburgda farmakologiya labarotoriyasini barpo qilgan?
S.G.Zibelin (1735 – 1802);
A.A.Iovskiy (1796 – 1857);
A.A.Sokolovskiy (1822 – 1891);
A.P.Nelyubin (1785 – 1858).
10. Qaysi olim 1822 – 1891 yillarda Moskvoda neyrofarmakologiya masalalari ustida ish olib borgan?
A.P.Pelikan;
V.I.Dibkovskiy;
A.A.Sokolovskiy ;
I.M.Dogel .
TEST JAVOBLARI
1
|
B
|
2
|
A
|
3
|
D
|
4
|
B
|
5
|
A
|
6
|
A
|
7
|
B
|
8
|
D
|
9
|
A
|
10
|
C
|
6-ilova
Uyga vazifa.
Mavzu: Farmakopeya haqida tushuncha. Dori moddalarini izlab topish yo’llari. Dori miqdori belgilari Musayea N.A. “Farmakologiya asoslari”. Toshkent, “Ilm ziyo” nashriyoti, 2012 yil 11 bet
Mavzu: Farmakologiya fanining tarixiga oid qisqacha ma’lumot.Farmakologiya va uning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
Farmakologiya fani haqidatushuncha
Farmakologiya fani tarixi va rivojlanishi
Farmakologiya fani maqsadi va vazifalari
Farmakologiya faning boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Tayanch ibora va atamalar:
Farmakologiya, tib qonunlari, yatrokimyo, farmakognoziya, ximioterapiya, toksikologiya.
Farmakologiya fani haqida tushuncha
Farmakologiya-tibbiyotning asosiy fanlaridan biri bo‘lib, kasalliklarga qarshi kurashishda shifokorlar qo‘lidagi eng asosiy qurol hisoblanadi.
Farmakologiya lotincha so‘z bo‘lib, pharmacon — dori, logos — fan, dorishunoslik fani degan ma’noni bildiradi. Farmakologiya odam va hayvonlar organizmiga dorilar yuborilgandan keyin ro‘y beradigan o‘zgarishlarni o‘rganadi. Farmakologik moddalar organizmning turli a’zolari, to‘qimalari, hatto hujayralari faoliyatini o‘zgartirishi mumkin.
Farmakologiya bir nechta katta bo‘limlardan: umumiy farmakologiya, klinik farmakologiya, biokimyoviy farmakologiya, ximioterapiya, toksikologiya va boshqalardan iborat.
Farmakologiya farmatsiya fanlari — farmasevtik kim'yo, farmakognoziya, farmasevtik texnologiya bilan chambarchas bog‘liq, ular orqali kimyo, botanika, texnologiya fanlari bilan bog‘lanadi.
Tibbiyot olamida farmakologiya alohida o‘ringa ega: bir tomonda tibbiyotning asosiy nazariy fanlari — fiziologiya, patologik fiziologiya, biokimyo bo‘lsa, ikkinchi tomonda amaliy fanlar — terapiya, pediatriya, xirurgiya va boshqalar turadi.
Farmakologiya orqali nazariy bilimlar amaliy tibbiyotdan o‘rin oladi.
Farmakologiya fani tarixi va rivojlanishi
Farmakologiya tarixiga odamzod yaratilgan davrdayoq asos solingan, chunki o‘sha davrda ham odamlar kasal bo‘lganlar, yirtqich hayvonlarga, yong‘inlarga duch kelganlar, ilonlar, chayonlar chaqqan, ular atrofdagi giyohlardan, hayvonot olamidan shifo, dori-darmon izlaganlar. Eramizdan 3600 yil ilgari papirusga yozilgan kitob «Har xil a’zolarga qo‘llanadigan dorilar to‘g‘risida» deb nomlangan.
Farmakologiya fanining rivojlanishida qadimiy Osiyo mamlakatlarining hissasi katta bo‘lgan. Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab davlatlarida o‘simliklar bilan davolash keng tus olgan.
Xitoy tibbiyotining asoschisi Shen-Nung bundan 3 ming yil ilgari o‘z asarlarida o‘simliklarning sinonim nomlari, botanik ta’rifi, o‘simliklardan mahsulotlar tayyorlash davrlari va usullari, dori-darmonlarning ta’sir doirasi, qo‘llanilishini keltirgan.
«Ayur-Veda» dorivor o‘simliklar haqida shifokor Sushruta tomonidan yozilgan qadimiy hind kitobida 700 xil dorivor o‘simlik tasvirlangan.Mashhur «Jud-Shi» («Shifobaxsh dori-darmonlarning mohiyati») kitobi Tibet tibbiyotining asosini tashkil qiladi.
Eramizdan 1500 yil ilgariyoqanor po‘stining gijjalarga qarshi, kanakunjut moyining surgi, dengiz piyozining yurakka foydali ekanini bilishgan.Bu mahsulotlar hozirgi kunda ham ushbu kasalliklarda qo‘llanadi.
Qadimgi yunon shifokorlari Buqrot (eramizdan oddingi 460— 377 yillar), Dioskorid (1 asr), ayniqsa Rum hakimi Jolinus (Galen, 2 asr) dori-darmonlar ustida katta ishlar olib borishgan. Jolinus birinchi bo‘lib har xil dori shakllarini yaratgan, dori moddalarga retsept yozishni qo‘llagan.
Farmakologiyani rivojlantirishda o‘zbek allomalari katta hissa qo‘shganlar. Sharqning buyuk tabibi Ibn Abbos (997 yilda vafot etgan) o‘z asarlarida yillar o‘tgan sayin yangi dori moddalari paydo bo‘lishi, ularni avval hayvonlarda sinab ko‘rish zarurligini ta’kidlagan.
Sharqning qomusiy olimi, tabibi va mutafakkiri Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziyning (865—925 y.) tabobatga doir 36 asari bizgacha yetib kelgan: u o‘z asarlarida terapiya, xirurgiya, farmakognoziya, farmakologiya va psixologiya ilmlarini yangi g‘oya va ixtirolar bilan boyitgan. Ushbu olimning tibbiyotga va kimyoga bag‘ishlangan asarlari o‘rta asrlarda Sharq va G‘arbda shu sohalarning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Farmakologiya fanining rivojida Urta Osiyoning buyuk hakimi Abu Ali ibn Sinoning hissasi juda katta bo‘lgan. «Tib qonunlari», «Kitob ush shifo», «Kitobi al kalbiya» kabi asarlarida o‘sha davr tibbiyotida qo‘llanilgan dori moddalari keltirilgan."Tib qonunlari"ning birinchi kitobida 900 yaqin oddiy dori moddalari keltirilgan, ulardan 612 tasi o‘simliklarga mansub. Beshinchi kitobda murakkab dori moddalarni tayyorlash va ularni qo‘llash usullari bayon etilgan. Ibn Sino dorilarni bemorlarning mijoziga qarab ishlatish zarurligini uqtirgan, dori moddalarini mijoz bo‘yicha isituvchi, sovituvchi, qurituvchi, namlovchi turlarga bo‘lgan. Ibn Sino dori moddalariga bag‘ishlangan she’riy «Urjuza fit-tibb» asarida dorilarni zarur bo‘lgan taqdirdagina qo‘llanish kerakligini ta’kidlab shunday yozadilar:
Ehtiyotsiz ichma dori, behudaga hech davo
Ulardan sen foydalangil zarur bo‘lsa mutlaqo.
Zo‘r ehtiyoj tushganida doruga etgil ruju
Chunki o‘tkir tayanch erur taning uchun ul dori.
Ibn Sino Ovrupo shifokorlaridan 400 yil oldin zaxm kasalligini simob bilan davolagan.
Farmakologiyaning rivojlanishida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ham hissasi katta. «Saydana» asarida XI asrda ma’lum bo‘lgan dori moddalari, to‘rt yarim mingdan ortiq o‘simliklar, hayvonlar, minerallar va ulardan olinadigan oziqalarning nomlari va izohlari keltirilgan. Beruniy insonning ichiga tushadigan har bir narsa yo oziq-ovqat, yoki zahar bo‘ladi, dorilar ana shularning o‘rtasida turadi, degan. Dastavval oddiy dorilar tavsiya qilinishi zarur, agar ular foyda yetkazmasa, shundan so‘ng murakkab dorilarni qo‘llash mumkin, deb ta’kidlagan.Beruniyning «Saydana» kitobi sharq dorishunosligining buyuk qomusi sifatida qo‘llanib kelingan.
Sharafutdin Abu Abdulloh Muhammad Yusuf Iloqiy (1068 yilda vafot etgan) Ibn Sinoning shogirdlaridan bo‘lib, o‘zining «Muolajati Iloqiy», «Muhtasari Iloqiy» asarlarida turli kasalliklarning kelib chiqishi, ularni aniqlash, belgilari va dori moddalar bilan davolash usullarini bayon etgan. Bu asarlar o‘z davrida tabiblar uchun qo‘llanma bo‘lgan.
Xorazmlik olim va tabib Ismoil Jurjoniy (1080 — 1141) tibbiyot sohasida 15 dan ortiq asar yozgan. Farmakologiyaga oid kitobi ikki bo‘limdan iborat. Birinchi bo‘limda oddiy moddalar, ikkinchi bo‘limda murakkab moddalar va ularni tayyorlash usullari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu olim forsiy tilda farmakologik atamalarni yaratgan.
Umar Chag‘miniy (1221 yili vafot etgan) tib ilmiga mansub «Qonuncha» asarini yaratgan.Ushbu asar faqat olimning vatani Xorazmda emas, balki Eron kabi mamlakatlarda XX asrning boshlarigacha qo‘llanma sifatida foydalanib kelingan.
Najibuddin Samarqandiy (1222 yilda vafot etgan) samarqandlik tabib va olimning tabobatga oid 8 ta ilmiy asari ma’lum, ulardan biri «Murakkab dorilarni tayyorlash usullari» muhim ahamiyatga ega, asarda tolqon dori, sharbat dori, qayt qildiradigan dori, surgi kabilar bayon qilingan.
Yusufiy Muhammad ibn Yusuf al-Xiraviy (XV asr) Hindistonda shoh Zahiriddin Bobur, keyinchalik uning o‘g‘li Xumoyunning saroy tabibi bo‘lgan. «Tibbi Yusufiy» kitobi bemorlarni dori moddalar bilan davolashni o‘rganishda muhim qo‘llanma bo‘lgan.
XVI asrda G‘arb olimi Parasels farmakologiyani kimyoviy moddalar bilan to‘ldirib yuborgan, tibbiyotda yatrokimyo (yatros — vrach) yo‘nalishining asoschisi bo‘lgan. Shu bilan birga Parasels fikricha, tabiatda hamma kasalliklarning davosi bor, ularni tashqi ko‘rinishidan aniqlash mumkin. Bemorga kasallangan a’zo shakliga o‘xshagan meva, o‘simliklar tavsiya qilingan. Masalan, yurak kasalliklarida mevalari yurak shakliga o‘xshagan anakardius o‘simligi, buyrak kasalliklarida esa barglari buyrakka o‘xshagan o‘simliklar bemorga shifobaxsh ta’sir etgan.
XVIII asr oxirlarida Ganeman dorishunoslikda gomeopatiya yo‘nalishiga asos solgan. Bunda davolash monandlik, o‘xshashlik qonuniga asoslangan, gomeopatik dorixonalar hozirgi kunda ham keng tarqalgan.XIX acpra qadar farmakologiya empirik tarzda rivojlandi, xalq tabobatida ham shifokorlar dori moddalarning ta’sirini bemorlarda kuzatib borganlar.XIX asrda eksperimental farmakologiya rivojlana boshladi. Barcha qo‘llaniladigan, qo‘llanish arafasida bo‘lgan dori moddalari avval hayvonlarda tekshirib ko‘rilishi zarur degan xulosaga kelindi, shu vaqtdan boshlab ilmiy farmakologiyaga asos solindi.
Ilmiy farmakologiyaning rivojlanishida Rossiyada A. P. Nelyubin, O. V. Zabelin, Ye. V. Pelikan, Ovrupoda Fransua Majandi, Klod Bernar, Shmideberg kabi olimlar katta hissa qo‘shdilar. I. P. Pavlov mashhur fiziolog bo‘lishiga qadar farmakologiya sohasida katta tajribalar o‘tkazgan, bu sohaga oid 80 ta ilmiy ishi chop etilgan. I. P. Pavlov 1891 yildan 1895 yilga qadar Sankt-Peterburgdagi harbiy tibbiy akademiyada farmakologiya kafedrasiga rahbarlik qilgan edi. Ushbu kafedrani I. P. Pavlovdan keyin hozirgi davr farmakologiyasining asoschisi akademik N. P. Kravkov 25 yil boshqardi. N. P. Kravkov farmakologiya sohasida katta maktab yaratgan, uning «Farmakologiya asoslari» kitobi 14 marta nashr etilgan. N. P. Kravkov juda ko‘p shogirdlar tayyorlagan. Akademiklar S. A. Anichkov, V. V. Zakusov kabi shogirdlarining ishlari bugungi kun farmakologiyasining poydevori hisoblanadi. N. P. Kravkov patologik farmakologiya asoschisidir, dori moddalarini kasallik chaqirilgan hayvonlarda sinab ko‘rish kerakligini uqtirgan va bunday tajribalarning farmakologiyadagi ahamiyatini yuksak baholagan.
Hozirgi kunda farmakologiyaning rivojlanishida akademiklardan M. D. MashkovskiyvaD. A. Xarkevich katta hissa qo‘shib kelmokdalar, ayniqsa M. D. Mashkovskiyning «Dori moddalari», D. A. Xarkevichning talabalar uchun yozilgan «Farmakologiya» darsligi shu fanni o‘zlashtirishda katta ahamiyatga egadir.
O‘zbekistonda farmakologiyaning rivojlanishi Toshkent Davlat tibbiyot institutining farmakologiya kafedrasidagi ilmiy ishlardan boshlangan. Respublikada Farmakologiya fani ayniqsa 1956 yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining o‘simliklar kimyosi institutida farmakologiya laboratoriyasi ochilgandan keyin taraqqiy etdi. Ushbu laboratoriyani mashhur o‘zbek farmakologi professor Is’hoq Komilov boshqardilar.Domla qirqtaga yaqin fan doktorlari, fan nomzodlarini tayyorladilar.Hozirgi kunda O‘zbekistonimizda farmakologiya sohasida 20 dan ortiq fan doktorlari, 100 ga yaqin fan nomzodlari yetishib chikdi.Olimlarning izlanishlari natijasida bir necha yangi moddalar tibbiyotda qo‘llanilmokda.Tibbiyot institutlaridagi farmakologiya kafedralari, qator ilmiy-tekshirish laboratoriyalarining xodimlari, olimlar, kimyo-farmasevtika sanoati xodimlarining sahovatli mehnati tufayli Uzbekistonda farmakologiya fani kundan-kunga rivojlanib bormoqda.Hozirgi kunda O‘zbekistonda bir qator xorijiy firmalar bilan xamkorlikda katta amaliy ishlar olib borilmoqda. Ulardan Hindistonning «Surxan adjanta farma limited», Sloveniyaning «LEK», Germaniyaning «Fayzer», «Solvey» kompaniyalari faoliyati, chiqarayotgan dori mahsulotlari diqqatga sazovor. Farmakologiyaning asosiy maqsadlaridan biri yangi dori moddalarini kashf qilish, ularning ta’sirini o‘rganib, amaliy tibbiyotga tatbiq etishdan iboratdir.
Farmakologiya fani maqsadi va vazifalari
Farmakologiya dori moddalari bilan shug‘ullanadiganfarmatsiya sohasida boshqa fanlardan (farmkimyo, farmakognoziya, dorilar texnologiyasi va b.) o‘zining vazifalari,maqsadlari va shug‘ullanadigan ishlari bilan tubdan farq qiladi.
Farmakologiya tibbiy-biologik fan hisoblanib, farmatsiyadano‘zgacha masalalar bilan shug‘ullanadi va ularni hal etadi.
Hozirgi zamon tushunchasi bo‘yicha farmakologiya quyidagivazifalarni hal etadi:
turli kimyoviy moddalarning, shu jumladan dori moddalarning ham hayvon va odam organizmiga ta’sirini va buningnatijasida tana a’zolari va sistemalarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlami o‘rganadi;
moddalar ta’sirini tahlil qilib, organizmda bo‘ladigan siljishlarning kelib chiqishini yoki dorilar ta’sir mexanizminiilmiy va amaliy tomonidan aniqlaydi;
dori moddalarning kimyoviy tuzilishi bilan biologik ta’siri —faolligi orasidagi qonuniy bog‘lanishlarni o‘rganib, boshqayo‘nalishlar, maqsadlar asosida yangi dori vositalarini topish vaularni tibbiy amaliyotga tatbiq etish bilan shug‘ullanadi;
amaliyotda ishlatishga ruxsat berilgan dori preparatlarining dozalanishi, berilishi, salbiy ta’sirlari va boshqa masalalami hal etadi.
Tibbiyot amaliyotida turli-tuman kasalliklarning oldini olishva davolashda ishlatilayotgan 10 000 ga yaqin dori vositalariniqo‘llashda farmakologiyaning o‘rni salmoqlidir. Zero ushbudorilarni o‘rganib, ularni amaliyotga tatbiq etish, yuqoridako‘rsatilgan farmakologiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Farmakologiya faning boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Farmakologiya dori vositalari bilan shug‘ullanadigan boshqabir qator fanlar bilan va, avvalo, farmatsevtik kimyo (dori moddalarining kimyoviy tuzilishi, xossalari va boshqa masalalar to‘g‘risidagi fan), texnologiya, (dori preparatlarini turli shaklda tayyorlash qoidalari haqidagi fan) farmakognoziya — dorivor o'simliklar va qisman hayvonlarning mahsulotini (xomashyosi) o‘rganadigan fan bilan uzviy bog’langandir. Shu bilan birqatorda bir necha tibbiy-biologik fanlar bilan, birinchi galdaodam normal fiziologiyasi, biokimyo, mikrobiologiya, shuningdek, turli sohadagi klinik fanlar bilan chambarchas boglangandir.
Farmakologiya o‘z eksperimental va klinik tekshirishlariga,odam organizmini obyekt qilib oladigan bo‘lgani uchun, ravshanki, fiziologiya ma’lumotlariga asoslanadi. Farmakologiyabemorlarga davo ko‘rsatishni oxirgi maqsad qilib qo‘yganligidan,u patologik fiziologiya tajriba usullaridan keng foydalanadi.
Biokimyoviy jarayonlarni inobatga olgan holda, dori vositalarining organizmga qay tariqa ta’sir ko‘rsatishi — ta’sir mexanizmianiqlanadi.
Farmakologiyaning klinik fanlarga yaqin turishi, yondashishi tamomila ravshandir. Dori vositalarining davo ko‘rsatishi,naf qilishi to‘g‘risida so‘nggi va hal etuvchi xulosani kliniktekshirishlar natijasi ko‘rsatadi. Farmakologik izlanishlar shuklinikaning manfaatlarini ko'zlab olib boriladi.
Farmatsiya fanlaridan farmkimyo yangi dorilarni topish vaular biologik faolligining kimyoviy tuzilishi bilan bogliqtomonlarini o‘rganadi. Dorivor o‘simliklardan olingan vatayyorlangan preparatlarni farmakologik o‘rganishda farmakognoziya maiumotlari ahamiyatga ega.
Farmakologiyaning rivojlanishi ushbu fanlarning, ayniqsa,kimyo, biokimyo fanlarining yutuqlari bilan bogiiq.Shu bilanbirga tibbiy fanlarning rivojlanishi farmakologiyaning rivojlanishiga bogiiq. Chunonchi, farmakologik moddalar yordamidaturli organlar va sistemalarning faoliyatini o‘rganish vaboshqarish, patologik jarayonlarning kelib chiqish sabablarinianiqlash va ularni bartaraf etishga erishildi. Bunga misoltariqasida, og‘riq qoldiruvchi vositalaming topilishi xirurgiyada,antibiotiklarning olinishi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda
samarali bolib chiqdi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |