Mavzuga oid tayanch iboralar.
Spirtlar–uglevodorodlar molekulasidagi bitta, ikkita yoki uchta vodorod atomlari o`rnini bitta, ikkita yoki uchta gidroksil guruhi almashinishi natijasida hosil bo`ladigan organik birikmalar.
Bir atomli to`yingan spirtlar–to`yingan uglevodorodlar molekulasidagi bitta vodorod atomi o`rnini gidroksil guruhi almashinishi natijasida hosil bo`ladigan organik birikmalar.
Alkanollar–bir atomli to`yingan spirtlarning xalqaro nomi.
Birlamchi spirtlar–gidroksil guruhi bilan bog`langan uglerod atomiga bitta boshqa uglerod atomi birikkan spirtlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |