5. Huquqning sinfiy nazariyasi - Ushbu nazariya vakillarining ta‘kidlashicha
huquq tabiiy xam, tarixan ham hatto psixologik holda ham vujudga kelmagan
deyiladi, balki huquq iqtisodiy jixatdan hukmron sinfning manfaatini himoya
qilish uchun davlat bilan bir vaqtda unga siyosiy qurol sifatida maydonga
chiqqan deyiladi.
Huquqning asosiy belgilari quyidagilardir:
1) davlat yo‘li bilan o‘rnatilishi;
2) barcha uchun majburiyligi;
3) huquq normalarining qonunlar va boshqa muayyan manbalarda ifodalanishi;
4) sub‘ektiv huquqlar orqali harakat qilish;
5) davlat tomonidan ta‘minlanganligi.