Demak, huquqiy vorislik huquqda nazarda tutilgan yuridik ahamiyatga
ega bo‘lgan yuridik hodisa, ya‘ni yuridik faktdan kelib chiqadigan yuridik
oqibatlarni ifodalaydigan tushunchalardir, degan xulosa kelib chiqadi. Bunda bir
sub‘ektga tegishli huquq va majburiyatlarning boshqa sub‘ektga o‘tishi Bilan
bog‘liq tarkibiy o‘zgarishlar haqida ga‘ ketya‘ti. Bunday hol huquq sub‘ekti o‘z
faoliyatini tugatishi va Yangi sub‘ektning vujudga kelishi munosabati bilan;
boshqa sub‘ekt bilan birlashishi; ikki yoki undan ortiq xalqaro huquq
sub‘ektlariga ajralishi natijasida sodir bo‘ladi.
Xalqaro huquqqa binoan huquqiy vorislik deganda, xalqaro huquqda
belgilangan holatlarda xalqaro huquq sub‘ektiga tegishli huquq va
majburiyatlarning boshqa sub‘ekt yoki sub‘ektlarga o‘tishini tushunish lozim.
Xalqaro huquqda uning umum e‘tirof etilgan ‗rintsi‘ va me‘yorlarini
bayon qilib beruvchi yagona me‘yoriy hujjat mavjud emas. Agar BMT Ustavida
besh ‗rintsi‘ning nomi keltirilgan bo‘lsa, xalqaro huquq ‗rintsi‘lari to‘g‘risidagi
Deklaratsiyada ularning yettitasi ifodalab berilgan. Ular quyidagilardir:
1)
kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
2)
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
3)
nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;
4)
davlatlarning xalqaro hamkorligi;
5)
xalqlar va millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash;
6)
davlatlarning xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarish
‗rintsi‘i;
7)
davlatlarning suveren tengligi.
Evro‘ada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashining Xelьsinki Yakunlovchi
Hujjatida mazkur ‗rintsi‘larga yana uchtasini qo‘shgan. Bular:
1) chegara daxlsizligi;
2) davlatlarning hududiy yaxlitligi;
3) inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilishdir.
Xalqaro huquqda aholi tushunchasi ostida ma‘lum bir davlat hududida
hozirda yashab kelayotgan jismoniy shaxslar majmui tushuniladi.
SHunday ekan davlat hududida yashab kelayotgan shaxslar ushbu
mamlakatning to‘liq va mutlaq yurisdiktsiyasi ostida bo‘ladilar. Bu me‘yorlar
davlatning milliy huquqida belgilangan bo‘lib, aholining tegishli huquqli
statusini ifodalaydi.
Har qanday davlatning aholisi tushunchasiga quyidagilar kiradi:
a) fuqarolar / mazkur davlatga tegishli kishilar;
b) chet elliklar;
- fuqarolar / xorijiy davlatlarga tegishli kishilar;
- fuqarolikka ega bo‘lgan shaxslar;
- fuqarolikka yega bo‘lmagan shaxslar (a‘atridlar);
- ikki yoki undan ortiq fuqarolikka ega bo‘lgan shaxslar (bi‘atridlar).
Do'stlaringiz bilan baham: