Asosiy tushunchalar.
Guruhlarda ishlash qoidasi
Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan
topshiriklarga javobgarlik bilan yondashing.
Agar yordam kerak bo’lsa, albatta murojaat kiling.
Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering.
Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma
ishtirok etishi shart.
Aniq tushunmog’imiz lozim:
Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz!
Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki
birgalikda cho’kib ketamiz.
Respublikamiz oldida turgan g‘oyat muhim vazifalardan biri keyingi vaqtda
o‘sib borayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash olib borishdir. Bu vazifani hal
etish davlat va fuqarolar tomonidan doimo kuch g‘ayrat sarflashni, ijtimoiy-
iqtisodiy, tarbiyaviy va huquqiy tadbirlarni og‘ishmay amalga oshirishni taqozo
etadi. Bu boradagi ishda qaysi qilmishlar jinoyat hisoblanadi-yu, mazkur jinoyatni
sodir etgan shaxslarga qanday jazo bnrilishi lozimligini belgilab beradigan
huquqiy me‘yorlar katta ahamiyatga ega.
Jinoyat huquqi - huquq fanlari tizimining bir sohasi bo‘lib, jinoyatda
jinoyatning oldini olish, insonlar xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash,
fuqarolarni qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalash, Respublikamizda
uchrayotgan jinoyat turlarini va ularga qo‘llaniladigan jazo choralarini belgilash
kabi muhim masalalarni o‘rgatadi.
Jinoyat huquqi:
qonuniylik;
fuqarolarning qonun oldida tengligi;
demokratizm;
insonparvarlik;
odillik;
ayb uchun javobgarlik;
javobgarlikning muqarrarligi printsiplariga asoslanadi.
Qonuniylik printsipi. Sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga
sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi.
Hech kim sudning hukmi bo‘lmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb
topilishi va qonunga xilof ravishdaa jazoga tortilishi mumkin emas. Jinoyat
sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan
foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi.
Fuqarolarning qonun oldida tengligi printsipi - jinoyat sodir etgan
shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsiy va
ijtimoiy mavqeidan qat‘i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib,
qonun oldida tengdirlar.
Demokratizim printsipi. Jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi
boshqarish organlari yoki jamoalari jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish
ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishlari mumkin.
Insonparvarlik printsipi. Jazo va boshqa huquqiy ta‘sir choralari jismoniy
azob berish yoki inson qadr -qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi.
Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan uning axloqan tuzalishi va yangi
jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo
tayinlashi yoki boshqa huquqiy ta‘sir chorasi qo‘llanilishi kerak. Jazolashdan
ko‘zlangan maqsadga ushbu kodeks Maxsus qismining tegishli moddalarida
nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan
taqdirdagina og‘irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin.
Odillik printsipi. Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan
qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta‘sir chorasi odilona bo‘lishi, ya‘ni
jinoyatning og‘ir-engilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga
muvofiq bo‘lishi kerak. Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta
javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Ayb uchun javobgarlik printsipi. SHaxs qonunda belgilangan tartibda aybi
isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi.
Javobgarlikning muqarrarligi printsipi. Qilmishda jinoyat tarkibining mavjudligi
aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart.
O‘zbekiston Respublika jinoyat kodeksining 14-moddasida «Aybli
ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki haraktsizlik) jazo qo’llash tahdidi bilan
jinoyat» deb belgilangan.
Bu esa jinoyat-ijtimoiy xavfli qilmish ekanligini anglatadi, chunki u sodir etilganda
(yoki sodir etilishi mumkin bo‘lganda) ijtimoiy munosabatlarga jiddiy putur yetkaziladi. Lekin
ijtimoiy xavflilik turlicha bo‘lishi mumkin. Mayda bezorlik bir jamoat xavfsizligini,
o‘g‘irliklar, tanga shikast yetkazishlar, odam o‘ldirish - boshqa jamoat xavfsizligini keltirib
chiqarishi mumkin. SHuning uchun ham Jinoyat kodeksga ko‘ra jinoiy qonun taqiqlagan
ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxslargina jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Jinoyatlar ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra ijtimoiy xavfi katta
bo’lmagan, uncha og’ir bo’lmagan, og’ir va o’ta og’ir turlarga bo’linadi.
Xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarga qastdan sodir etilib, qonunda uch
yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzdagi jazo
nazarda tutadigan jinoyatlar kiradi, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir
etilib, qonunda besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish
tarzdagi jazo nazarda tutadigan jinoyatlar kiradi.
Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga qasddan sodir tilib, qonunda uch
yildan ortik, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum
qilish tarzdagi jazo nazarda tutadigan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik
oqibatida sodir etilib, qonunda kiradi besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga
ozodlikdan mahrum qilish tarzdagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Og‘ir jinoyatlarga besh yildan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan
mahrum qilish ko‘zda tutilgan qasddan qilingan jinoyatlar, o‘ta og‘ir
jinoyatlarga o‘n yildan ortiq muddatgga ozodlikdan mahrum qilish jazosi yoki
o‘lim jazosi ko‘zda tutilgan qasddan sodir qilingan jinoyatlar kiradi.
Jinoyatlar ijtimoiy xavfliligi darajasiga ko‘ra tavsiflanishidan tashqari
takror, guruh tomonidan sodir etilgan va retsidiv jinoyatlarga bo‘linadi.
Jinoiy javobgarlik deyilganda jinoyat qonunida muayyan qilmishning jinoyat sifatida
ifodalangan baholanishini va aybdorning uni sodir qilganlik uchun jamiyat oldida javob
berishini tushunmoq kerak.
Jinoyat tarkibi - bu qonun tomonidan aniqlangan alomatlar yig‘indisi
bo‘lib, ularning mavjudligi jinoyat sifatini tavsiflaydi. Jinoyat tarkibining
alomatlar yig‘indisi uzluksiz butundir. Alomatlardan aqalli bittasining
bo‘lmasligi jinoyatning ham yo‘qligini bildiradi.
Sodir qilingan ijtimoiy xavfli qilmish alomatlarining muayyan jinoyat
belgilariga muvofiq kelishini aniqlash jinoyatni tavsiflash deb ataladi, u Jinoyat
Kodeksining ushbu jinoyat uchun javobgarlik ko‘zda tutgan moddasida
ifodalanadi. Jinoyatni to‘g‘ri tavsiflash qonuniylikni ta‘minlashning, jinoiy
javobgarlikka asosli tarzda tortishining muhim shartidir.
Jinoiy javobgarlikka faqat jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs
tortiladi. Qilmishning jinoyat deb topilishi uchun unda jinoyat tarkibi borligi
aniqlanadi. Jinoyat tarkibiga jinoyat ob‘ekti, ob‘ektiv tomon, sub‘ekti, sub‘ektiv
tomonlari kiradi.
Jinoyatning tarkibini hosil qiluvchi alomatlar zaruriy va fakulьtativ
belgilarga bo‘linadi. Zaruriy belgilar jinoyatning har qanday tarkibi uchun zarur,
fakulьtativ belgilar esa ayrim tarkiblar: o‘rin, usul. vaziyat, vaqt, sabab, maqsad,
maxsus sub‘ekt, va hokazolarni tavsiflashda qonunlar tomonidan ko‘zda tutiladi.
Bunda fakulьtativ belgilar jinoyat muayyan tarkibiga muvofiq tarzda bu tarkib
uchun zaruriy belgi tusini kasb etadi.
Jinoyat ob’ekti - bu jinoyat qonuni bilan muhofaza etiladigan ijtimoiy
munosabatlardir. Ular, yuqorida aytib o‘tilganidek, shaxs fuqarolarning huquq
va erkinliklari, mulk va hokazo.
Jinoyatning sub’ekti deb, jismoniy aqliraso, jinoiy qonunda belgilangan
muayyan yoshga yetgan shaxsga aytiladi. Jinoyat Sub‘ektning harakati
(harakatsizligi) aybli, qasddan yoki eqtiyotsizlik asosida; mativi - shu qilmishni
sodir etishga nima majbur qilganligi; maqsadi - bu qilmish natijasida nimaga
erishdi, erishmoqchi ekanligini bildiradi.
Bizning qonunlarimiz bo‘yicha jismoniy shaxsgina jinoyat sub‘ekti deb
tan olinadi. Biroq jinoiy javobgarlik shaxs 16 yoshga to‘lgandan keyingina
boshlanadi. Bu umumiy qoidadan istisno ham bor. Qasddan odam o‘ldirganlik
uchun, masalan, jinoiy javobgarlik 13 yoshdan boshlanadi. Zaruriy mudofa
chegarasidan chiqib, yoki kuchli ruhiy hayajon holatida sodir qilingan qotillik;
sog‘liqqa qasddan putur yetkazgan og‘ir yoki sal og‘ir tan jarohati; zo‘rlash,
odam o‘g‘irlash, talonchilik, bosqinchilik, o‘g‘riliklar hamda o‘ttizdan ortiq
boshqa og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun 14 yoshga to‘lgan shaxslar jinoiy
javobgarlikka tortiladilar.
Sodir qilingani uchun javobgarligi 18 yoshdan boshlanadigan jinoyatlar
bor (masalan, ota-onalar va bolalarni boqishdan bosh tortish, balog‘atga
yetmaganlarni antiijtimoiy faoliyatga jalb etish-jami 25 ta jinoyat).
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilish paytida ruhiy kasallik holatida
bo‘lgan, ya‘ni surunkali psixik dard, psixikaning vaqtincha buzilishi, aql ojizligi
yoki og‘ir psixik buzilish tufayli harakatlari to‘g‘risida o‘ziga hisob berolmagan
yoki bu haraktlarni boshqarolmagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Jinoyatning ob’ekti tomoni-bu qonun tomonidan muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlarga
jiddiy putur yetkazgan yoki yetkaza oladigan muayyan ijtimoiy havfli qilmishning tashqi ko’rinishi,
shuningdek bu putur yetkazishning joyi, vaqti, vaziyati hamda usulidir.
Sub‘ektiv tomon-bu aybning mavjudligi bo‘lib, bunda shaxsning sodir
qilgan ijtimoiy xavfli qilmishiga va uning oqibatlariga ruhiy munosabati
tushuniladi.
Turmushda ko‘pgina shunday hodisalar uchrab turadiki, shaxsning
xarakatlari rasman ayrim jinoyat belgilariga to‘g‘ri keladi, biroq qonunda
nazarda tutilgan bir qancha holatlarga ko‘ra bunday deb topilmaydi. Ma‘lumki
faqat ijtimoiy havfli va huquqqa xilof qilish jinoyat deb ataladi. O‘zbekiston
Respublikasi JK-ning 35-moddasiga binoan quyidagi xolatlar:
ya‘ni kam ahamiyatli qilmishlar;
zaruriy mudofaa;
oxirga zarurat;
ijtimoiy xafli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar
yetkazish;
buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki
xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik jinoyatni istisno
qiluvchi holatlar deb topiladi.
Kam ahamiyatli qilmish: qilingan qilmish jinoyat sifatida konunda tutilgan qilmishning
alomatlari mavjud bo‘lsada, o‘zining kam ahamiyatligi tufayli ijtimoiy xavfli bo‘lmagan
harakat yoki harakatsizlik deb topilmaydi.
Zaruriy mudofaa. Jinoyat alohida ko‘rsatilgan qilmish zaruriy mudofa
holatida sodir etilsa, ya‘ni mudofaalanuvchining yoki boshqa kishining shaxsi
yoki huquqlari, jamiyat va davlat manfaatlari jamiyat uchun xavfli haraktlardan
tajovuz qiluvchiga zarar keltirish yo‘li bilan himoya qilinsa, agar shu bilan birga
zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat
hisoblanmaydi, bunda mudofaaning tajovuz xarakteri va xavfliligi darajasiga
butunlay muvofiq kelmasligi tushuniladi.
Zaruriy mudofaa-bu jinoiy tajovuzga faol qarshi turishdir. Uni har bir fuqaro amalga
oshira oladi. Bu uning haqqidir. Bunda u o‘zida jinoyatchidan qochib yoki yordam berishni
so‘rab boshqa shaxslarga yoinki hokimiyat idoralariga murojaat qilish imkoni bo‘lganida ham
haqlidir. Muayyan toifadagi shaxslar uchun zaruriy mudofaa huquqqina emas, balki majburiyat
hamdir.
Oxirgi zaruriyat. Jinoyat qonunida nazarda tutilgan harakatlar, garchi
jinoyat belgilariga ega bo‘lsa-da, oxirgi zarurat holatida qilinsa, ya‘ni davlat
manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga, shu shaxsning yoki huquqlariga
qo‘rqinchli bo‘lgan xavfiy qaytarish uchun qilingan bo‘lsa va shu xavfni o‘sha
holatda boshqa choralar bilan qaytarish mumkin bo‘lmagan bo‘lsa hamda
keltirilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo‘lsa, jinoyat
hisoblanmaydi. Oxirgi zaruratda zarar keltirish xavfi haqiqatan paydo bo‘lgan
bo‘lishi yoki muqarrar boshlanishini, u shaxsning xayolida emas, balki amalda
mavjud bo‘lishi kerak. SHaxsning xavfni bartaraf etishga qaratilgan harakatlari
o‘z vaqtida bo‘lishi lozim.
Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan davlat
nomidan sud hukmi bilan qo‘llaniladigan va mahkumni qonunda nazarda
tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni
cheklashdan iborat majburlov chorasidir.
O‘zbekiston Respublikasi JKning 43-moddasiga binoan quyidagi asosiy
jazolar tizimi mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |