Nazariy o’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi 3-Mavzu: O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi va uning asosiy prinsiplari



Download 38,94 Kb.
bet3/6
Sana20.02.2022
Hajmi38,94 Kb.
#460275
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Konstititusiyaviy huquq 4-mavzu — копия

Suverenitet turlari
Fanda hozirgi kunga kelib “suverenitet” kategoriyasining uchta turi alohida ajratiladi:
1)Davlat suvereniteti;
2)Xalq suvereniteti;
3)Millat suvereniteti.
Suverenitet — ko‘p ma’noli tushuncha. Uning bir necha jihatlari mavjud. Avvalambor, bu — xalq suvereniteti. So‘ng bu — millatlarning o‘z taqdirini o‘zi hal qilish huquqi. Va nihoyat bu — davlat suverenitetidir. Ko‘rsatib o‘tilgan tushunchalar qanchalik bir-biriga yaqin bo‘lmasin, ularning har biri mazkur masalaning muayyan jihatlarini ta’kidlab, birinchi darajaga chiqaradi. Shu bois, suverenitetni davlatga, xalqda va millatga birday taalluqli bo‘lgan yagona tushuncha sifatida asoslab bo‘lmaydi. Haqiqatan ham xalq suvereniteti, milliy suverenitet va davlat suvereniteti aynan bir tushuncha emas. Ular turli ijgimoiy voqelikning xususiyatlari bo‘lib, shu bilan birga, bu tushunchalar ma’lum bir umumiylikka ega. Ushbu tushunchalar ichida xalq suvereniteti birlamchi hisoblanadi. Milliy suverenitetga har doim millatga doir xususiyat sifatida yondashib bo‘lmaydi, buni ko‘p millatlarning teng huquqiyligi nuqtayi nazaridan tushunish kerak. Davlat suvereniteti — davlatning emas, balki davlat hokimiyatining ustuvorligi va mustaqilligidir. “Davlat” va uning “hokimiyati” turli tushuncha va kategoriya hisoblanadi.
Davlat suvereniteti. Davlat suvereniteti mamlakat ichkarisida va tashqarisidagi davlatning faoliyati yordamida amalga oshiriladi. Davlat suverenitetining ushbu ikki jihati, ya’ni: birinchidan, davlat hokimiyatining mamlakat ichida ustuvorligi, ikkinchidan, boshqa davlatlarning suveren huquqlari va umume’tirof etilgan xalqaro huquq tamoyillari va me’yorlariga rioya qilgan holda tashqi aloqalarda mustaqilligi — yaxlit va ajralmasdir. Davlat suvereniteti kengaytirilishi ham, kamaytirilishi ham mumkin emas, chunki unga nisbatan bevosita sanoq, mezonlarini umuman qo‘llab bo‘lmaydi. Davlat suvereniteti davlatning suveren huquqi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin emas, biroq shu bilan birga, aynan suveren huquqlarning to‘liqligi bilan ta’minlanadi. Davlat suvereniteti bilan bog‘liq tarzda “iqtisodiy suverenitet” va “siyosiy suverenitet” tushunchalaridan ham foydalaniladi. Davlatning iqtisodiy suvereniteti deganda xalqning o‘z milliy boyliklarini mustaqil tasarruf qilish, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlarida o‘z tabiiy resurslaridan foydalanish usullarini erkin belgilash anglashiladi. U o‘z tabiiy resurslari ustidan mutlaq nazoratni amalga oshirish va iqtisodiyotning barcha sohalaridagi har qanday korxonalar faoliyati ichki yurisdiksiyasiga olishini bildiradi. Davlatning siyosiy suvereniteti mamlakat xalqining o‘z irodasini erkin ifodalashni aks ettiradi. “Xalq” tushunchasiga albatta, millatidan qat’iy nazar, ushbu mamlakatning barcha fuqarolari kiradi. Tabiiyki, bunday ko‘pmillatli oilada davlatga o‘z nomini bergan millat belgilovchi ahamiyatga ega. Umuman, aksariyat hollarda “siyosiy” va “davlat suvereniteti” tushunchalari sinonim sifatida qo‘llaniladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu tushunchalarga bo‘lgan munosabat “unisiyoki bunisi” degan tamoyil bo‘yicha qaralishi mumkin emas. Ulardan birining ilmiy muomala tilida ishlatilishi ikkinchi tushunchani inkor qilish, deb hisoblanmaydi. Bu o‘rinda so‘z o‘zaro aloqador tushunchalar xususida ketmoqda, ulardan biri ikkinchisiga qaraganda birmuncha tor ma’noda, lekin o‘zining mustaqil mazmuniga ega. Davlat suverenitetini amalga oshirishda huquq yuqori rol o‘ynaydi, shuningdek,, davlatlarning ichki huquqi va xalqaro huquq uni amalga oshirishning ikki asosiy shakli hisoblanadi. Milliy davlatlar tomonidan xalqaro huquq tamoyillarini tan olish va shu bilan ularni davlatlarning ichki huquqiga kiritishning turli yuridik shakllari mavjud. Xalqaro huquq me’yorlarini davlatlarning ichki huquqiga implementasiya qilishning uch yo‘nalishini ajratish mumkin: birinchidan, Konstitutsiyada xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyil va me’yorlarini tan olish; ikkinchidan, davlatlar tomonidan tuzilgan xalqaro shartnoma va bitimlar me’yorlari; uchinchidan, mintaqaviy ittifoqdarning huquqlari a’zodavlatlarning huquqiy tizimlariga nisbatan. Biroq ta’kidlab o‘tish joizki, xalqarohuquqiy me’yorlarning amaliy roli turli davlatlarning ichki davlat huquqi tizimidagi ko‘rsatib o‘tilgan shakllarida har doim ham unchalik ahamiyatga ega emas.

Download 38,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish