4. Tanlangan ma'lumotlarni saralash
Jadvalni talabalra familiyasi, ya'ni Familiya ustuni bo‘yicha saralaymiz.
SELECT * FROM Talabalar ORDER BY Familiya
So'rov yozuvlarni Familiya maydonidagi ma’lumotlar o'sish tartibida tartiblaganligini ko'ramiz. Operatorlarning ketma-ketligida ORDER BY operatori so'rov oxirida bo'lishi kerak. Aks holda, xato haqida xabar beriladi.
Shuningdek, ORDER BY operatorining xususiyati shundaki, u ma'lumotni biz so'rovda tanlamagan maydon bo'yicha saralashi mumkin, ya'ni uning ma'lumotlar bazasida umuman bo'lishi yetarli.
Do'stlaringiz bilan baham: |