Dars turi: Aralash dars
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 80 minut
Uyga vazifa: M.X. O’lmasova muallifligidagi “Mexanika va molekular fizika” akademik litseylar uchun o’quv qo’llanmadan 75-76§ mavzuni o’qib kelish.
NAZARIY DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
Mavzu: Suyuqlik va gazlarda bosim
T/r
|
Mashg’ulot bosqichlari
|
Ajratil-gan vaqt
|
Mashg’ulot mazmuni
|
Ta’lim metodlari
|
Ta’lim vositalari
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5-minut
|
Salomlashish. O’quvchilar davomatini olish, o’quv xona va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish va tayyorlash, o’quvchilar daftarlari va darslik kitoblar mavjudligini tekshirish.
|
Suhbat, og’zaki savol-javob va hatti-harakatlar
|
Doska, bo’r, daftar, o’quv darsligi, ko’rgazmali qurollar
|
2
|
Kirish qismi
|
15-minut
|
Statika bo’yicha savol javob o’tkaziladi. Mavzu bo’yicha masala yechiladi
|
Savol – javob
|
savol va masala kartochkalari
|
3
|
Yangi mavzuning bayoni
|
30-minut
|
Suyuqlik va gazlar bosimi bo’yicha nazariy ma’lumotlar beriladi.
|
Ma’ruza, tushuntirish, namoyish
|
Plakat, kompyuter
|
4
|
Mustahkam-lash
|
20-minut
|
Mavzuga doir masalalar yechiladi. Bir nechta o’quvchi doskada, qolganlari o’tirgan joylarida ishlaydi.Qisqa muddatli test o’tkaziladi.
|
Kichik guruhlarda ishlash, yakka tartibda ishlash
|
masalalar kartochkalari, nazariy savol kartochkalari, test
|
5
|
Yakuniy qism
|
10-minut
|
O’qituvchi tomonidan mavzu bo’yicha umumlashtiruvchi hulosalar chiqqariladi. O’quvchilarning baxolari e’lon qilinadi va baxolar izohlanadi. Uyga vazifa e’lon qilinadi.
|
Ma’lumot berish
|
|
Suyuqlik va gazlarda bosim
Gidrostatik bosim. Suyuqlik va gazlarga ayrim qatlamlar va mayda zarrachalar bir-biriga nisbatan istalgan yo'nalishda еrkin siljishi mumkin. Suyuqlik va gazlarga berilgan bosim hamma yo'nalishda bir xil uzatilib, bular zarrachaning erkin harakatlanishiga sabab bо'ladi. Gazlar bilan suyuqliklar orasidagi muhim farqlardan biri shundan iboratki, gazlar ixtiyoridagi borliq hajmini egallaydi, suyuqlik esa bоr hajmning bir qismini egallaydi. Yana farqlaridan biri, bosim ta’sirida gazlar siqilsa, suyuqliklar esa deyarli siqilmaydi.
Кuchlar ta'sirida suyuqlik va gazlar harakatga kelishi yoki muvozanat holatda bо'lishi mumkin. Kuchning suyiqlik yoki gazga ta'siri bosim deb ataluvchi fizik kattalik bilan xarakterlanadi. Qattiq jismlarda bosim kuch yo’nalishida uzatiladi. Suyuqlik va gazlarda bosimning uzatilish mexanizmi Paskal qonuniga ko’ra quyidagicha izohlanadi: berk idishda turgan suyuqlik yoki gazga berilgan bosim suyuqlik va gazning har bir nuqtasiga o’zgarishsiz uzatiladi.
Idishga quyilgan suyuqlik o’zining og’irligiga teng bo’lgan kuch bilan idish tubini bosadi. Suyuqlikning og’irligi tufayli idish tubiga ta`sir qiladigan bosimi gidrostatik bosim deyiladi. Idish tubining yuzasi S bo’lgan idishga quyilgan suyuqlik ustunining balandligi h va suyuqlik zichligi bo’lsa, uning idish tubiga ta`sir qiladigan gidrostatik bosimi (27.1) tenglikka ko’ra quyidagicha aniqlanadi:
(27.1)
Suyuqlikning idish tubiga beradigan gidrostatik bosimi idish shakliga bog’liq bo’lmasdan, balki suyuqlikning zichligi va suyuqlik ustunining balandligi bilan aniqlanadi. Lekin suyuqlikning idish tubiga ta`sir etadigan bosim kuchi idish shakliga bog’liq bo’lar ekan.
1-rasmda asosining yuzalari va suyuqlik ustunining balandliklari bir xil, ammo shakllari turlicha bo’lgan idishlar tasvirlangan. Bu uchchala holda ham suyuqlik idish devoriga ma’lum bosim beradi, ya’ni kuch bilan ta’sir qiladi va Nyuton III qonuniga asosan idish devoir ham suyuqlikka ma’lum F kuch bilan ta’sir etadi.
1-a rasmdagi holatda suyuqlikka devor tomonidan ta’sir qilayotgan kuch gorizontal yo’nalgan va bu kuch suyuqlikni idish tubiga bo’lgan bosim kuchini o’zgartirmaydi, ya’ni suyuqlikning idish tubiga ta`sir etadigan bosim kuchi shu idishdagi suyuqlikning og’irligiga teng ( ).
1-b rasmdagi holatda suyuqlikka devor tomonidan ta’sir qilayotgan kuchni gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarga ajratamiz. Bu kuchning gorizontal tashkil etuvchisi suyuqlikni idish tubiga bo’lgan bosim kuchini o’zgartirmaydi, lekin vertikal tashkil etuvchi suyuqlikni qisman pastga bosadi, ya’ni suyuqlikning idish tubiga ta`sir etadigan bosim kuchi idishdagi suyuqlik og’irligidan katta ( )
1-c rasmdagi holatda suyuqlikka devor tomonidan ta’sir qilayotgan kuchni gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarga ajratamiz. Bu kuchning gorizontal tashkil etuvchisi suyuqlikni idish tubiga bo’lgan bosim kuchini o’zgartirmaydi, lekin vertikal tashkil etuvchi suyuqlikni yuqoriga qisman ko’taradi, ya’ni suyuqlik og’irligidan kichik ( ) bo’ladi. Bunga gidrostatik paradoks deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |