S soliq sohasida interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi “Soliq” axborot tizimi kompleksini integratsiya qilish;
S bojxona yuklarini rasmiylashtirish bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi “Bojxona” axborot tizimi kompleksini integratsiya qilish;
litsenziyalash sohasida interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi “Litsenziya” axborot tizimi kompleksini yaratish;
davlat byudjeti ijrosida ma’lumotlami saqlash, tizimlashtirish, qayta ishlash, yig‘ish uchun “Byudjet” axborot tizimi kompleksini integratsiya qilish;
S sog‘liqni saqlash Milliy integrallashgan axborot tizimini yanada rivojlantirish uchun hamda sog‘liqni saqlash sohasida interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi “Sog‘liqni saqlash” axborot tizimi kompleksini yaratish;
• ta’lim sohasida interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi “Ta’lim” axborot tizimi kompleksini yaratish;
S kommunal xojalik sohasida interaktiv xizmatlarni
ko‘rsatuvchi “Kommunal” axborot tizimi kompleksini yaratish;
sudlar va notariuslar faoliyati haqida ma’lumotlami saqlash, qayta ishlash, to‘plash bo‘yicha “Adliya-2” axborot tizimi kompleksini yaratish;
davlat organlari haqida statistik ma’lumotlarni ta’minlash bo‘yicha “Davlat boshqaruvi” axborot tizimi kompleksini yaratish;
nafaqa ta’minoti sohasida interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi “Nafaqa” axborot tizimi kompleksini integratsiya qilish;
“Elektron hukumat” tizimini joriy qilish va uning samarali ishlatilishida ishtirok etuvchi Davlat va xojalik boshqaruvi, mahalliy xokimiyat organlari xodimlarini АКТ bo‘yicha o‘qitish va malakasini oshirish maqsadida “Elektron hukumat” o‘quv markazini yaratish.
Ko‘rinib turibdiki, O‘zbckistonda, elektron hukumatni tashkil qilish borasida hukumat darajasida katta e’tibor ko‘rsatilmoqda. O‘zbekistonda elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish maqsadida, maxsus markaz - «Elektron hukumat tizimini
rivojlantirish markazi» hamda, «Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi» tashkil qilindi. 0‘zbek‘stonda elektron hukumat tizim‘n‘ rivojlantirish va qo‘llab quwatlash, uning me’yoriy-huquqiy bazasi, uslubiy va texnologik ta’minoti va tizim uchun mas’ul tashkilotlaming moddiy texnik bazasini mustahkamlashga oid o‘ta muhim ustuvor vazifalar aniq belgilab berildi.
Davlat xokim‘yat‘ va tashkilotlarda axborot texnologiyalaridan foydalanishdan maqsad tashkilotlami birgalikda ‘shlash tezligi va samarasini oshirish, hamda barcha fuqarolarga xizmat ko‘rsatishni taqdim etishdan iborat. AKTdan foydalanish boshqaruv samaradorligini va milliy raqobatdoshlikni oshirishga olib keladi.
AKTni rivojlantirishning turli omillari mavjud, ulardan bin bu siyosiy-huquqiy faktor hisoblanadi. Bu siyosiy-huquqiy faktor ratsional natijalarga erishish va xulosalar q‘lish faoliyatini puxta rejalashtirish siyosatidir.
Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi quyidagi asosiy texnologik tamoyillar poydevorida shakllangan: (shu jumladan 0‘zbekiston elektron hukumat tizimi ham).
G2G (Government to Government) - Davlat - davlatga;
G2C (Government to Citizens) - Davlat fuqarolarga;
G2F (Government to Foreigners) - Davlat xorijliklarga;
G2B (Government to Business) - Davlat biznesga.
Ba’zi davlatlaming elektron hukumat tizimi shuningdek quyidagi tarmoqlarga ham ega: G2S (Government to Science) - Davlat-Hm-fanga; G2N (Government to third sector) - Davlat- uchinchi sektor.
Endi mazkur yo‘nal‘shlam‘ batafsil tahlil qilsak:
G2G (Government to Government) - Davlat-davlatga - bunda Davlat boshqaruvi apparati ichk‘ strukturalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli davlat ‘dora, tashkilot va muassasalari orasidagi o‘zaro munosabatlarda elektron hukumat tiz‘m‘n‘ joriy etish, elektron hujjat aylanishi, davlat organlari faoliyatining shaffofligi ort‘sh‘, doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar amalga oshiriladi.
G2C (Government to Citizens) - Davlat fuqarolarga - bu tizimda esa, fuqarolar, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali
orqali, o‘zlarining davlat organlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda yuborishlari va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari, ya’ni, masalan, rasmiy hujjatlaming elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, turli xil ma’lumotnoma, xabamomalami olishlari, shuningdek turli xil to‘lovlar bo‘yicha tranzaksiyalami on-layn usulda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
G2F (Government to Foreigners) - Davlat xorijliklarga - bu tizimda, Davlat va xorijlik shaxslar o‘rtasida, milliy qonunchilik va halqaro hujjatlarga tayangan holda interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza masalalari, investitsiyalar, ta’lim va turizm sohalariga oid xizmatlar ko‘rsatilishi nazarda tutiladi.
G2B (Government to Business) - Davlat biznesga - mazkur tizim esa, yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish, turli xil rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish, shuningdek, davlat yig‘imlari, to‘lovlar va hokazolami on-layn amalga oshirish, hisobotlar va rasmiy murojaatlarni on-layn yuborish imkonini berishi ko‘zlanadi.
Paydalang’an adebiyatlar:
1. ADABIYOTLAR_ROYXATI.pdf
|
|
|
2.AXBAROT TEXNOLOGIYALARI. pdf
|
3.c++ dasturlash tili.pdf
Do'stlaringiz bilan baham: |