Navzo’zing muborak, ey ona xalqim



Download 140 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi140 Kb.
#254349
1   2   3
Bog'liq
NAVRO'Z TO'GARAK ISHLANMASI 111 (1)

Fanlararo bog’liqligi: adabiyot, musiqa, tasviriy san’at, geografiya, tarix.
Mashg’ulot reglamenti:

Shartlar

Boychechak

Binafsha

Hakamlar baholashi

Jami vaqt (minut)

Tashkiliy qism

O’qituvchi so’zi 2 minut

Tanishtiruv

3 minut

3 minut




6 minut










1 minut

1 minut

Mavsumy qo’shiqlar

2 minut

2 minut




4 minut

Mehmondorchilikka oid ma’lumotlar

2 minut

2 minut




4 minut

Sahna ko’rinish

2 minut

2 minut




4 minut

Qo’shimcha

2 minut




1 minut

3 minut

Hayot tajribalaridan

2 minut

2 minut




4 minut

Hazil-mutoyiba qo’shiqlari

2 minut

2 minut




4-minut

O’smirlik - barkamollik

3 minut

3 minut




6-minut










1-minut

1 minut

Sardorlar bellashuvi

2 minut

2 minut




4 minut










2 minut

2 minut




20 minut

18 minut

5 minut

45 minut

Boshlovchi: Yana bahor keldi, yana olamga

(O’qituvchi) Ajib bir go’zallik, ajib bir hayot

Men seni qutlayman, shu ulug’ dam

Ulug’ yelkadoshim, muzaffar hayot!

Assalomu alaykum, azizlar! Bugungi Navro’z ayyomi bilan barchangizni muborakbod etamiz va shu bilan birga ssenariy asosida tayyorlangan bugungi amaliy mashg’ulotimizda ishtirok etayotga to’garak a’zolaridan iborat bo’lgan ikki guruh, ya’ni “Binafsha” va “Boychechak”bellashuvini tomosha qilishga taklif etamiz.

Gul uzra ko’klamning shabnami yaxshi

Chamanda yuz ochgan hamdami yaxshi.

Yaxshimas kechagi kundan so’z ochmoq,

Quvnab qol bu kunning har dami yaxshi.

Bugun o’lkamizga tabiatning uyg’onish davri – NAVRO’Z kirib keldi . Hammayoq o’zgacha shukuh, o’zgacha nafosat kashf etadi.Navro’z yangi kun demakdir. Bu kunni butun O’rta Osiyo, Qozog’iston, Ozarbayjon, Afg’oniston, Eron, Pokiston va Shimoliy Hindiston xalqi necha asrlardan beri bayram qiladi. Navro’z bu sharq xalqlarining qdimiy va qutlug’ bayramidir. Bahorgi teng kunlik, mart oyining 21- kuni nishonlanadi. Navro’z yangi kun, yangi yil demakdir,ya’ni Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, ”Navro’z hayot abadiyligining, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining shu bilan birga bizning necha ming yillik qiyofamizning, urf-odatlarimizning mangulik ifodasining tasdig’idir”. Shunday ekan, barchangizni qutlug’ ayyom bilan yana bir bor muborakbod etaman va bugungi bellashuvni ochiq deb e’lon qilaman. Bellashuv ishtirokchilariga esa omad va zafarlar yor bo’lsin.



Boshlovchi: Yorqin iqbolingga boqaman mamnun

Baxting butun erur bo’lmagay chorak.

Elim qutlug’ senga asal totli kun,

Bahorim Navro’zing bo’lsin muborak.

Azizlar, bellashuv ishtirokchilari e’tiboringizni monitoringga qaratishingizni so’raymiz.Unda siz bellashuv shartlari bilan tanishasiz.Bu shartlar va topshiriqlar bilan tayyorgarlik ko’rish nuchun guruhlar tanishib chiqqan.(Tayyorgarlik ishlari bir hafta avvaldan boshlangan).

Monitoringda taqdimot asosida tayyorlangan shartlar aks etadi.

SHARTLAR:


  1. Tanishtiiruv;

a) Guruh bilan tanishuv .

b) Navro’z haqida tushuncha.

  1. 1. Xalq og’zaki ijodi namunalaridan, mavsumiy qo’shiqlardan ijro etish;

a) Boychechagim boylandi .(Bahor uyg’onishi)

b) Sust xotin. (Yomg’irlarni yog’dirish)

2. Mehmondorchilikka oid nazariy ma’lumotlar:



a) Dasturxon haqida.

b) Taom haqida.

3. Sahna ko’rinish:



a) Salom va alik madaniyati.

b) O’zaro uchrashuvlarda qisqa muloqot.

Tomoshabin o’quvchilar tomonidan milliy raqs “Surxoncha” ijro etiladi).

3. Hayot tajribalaridan.

Bir –biriga yaxshi niyat, tilak bildiradilar.

4. Hazil mutoyiba qo’shiqlarini ijro etish



a) Oilaviy – maishiy hazil qo’shiqlar.

b) Parrandayu hashoratlar, hayvonlar haqida qo’shiqlar.

III. 1. O’smirlik – barkamollik. Xalq o’yinlari haqida ma’lumot berish:



a)Ko’pkari haqida tushuncha.

b)Kurash haqida tushuncha.

2.Sardorlar bellashuvi: Tez aytish.



Boshlovchi: Navbahor ochildi gullar, sabza bo`ldi bog`lar,

Suhbat aylaylik kelinglar, jo`ralar, o`rtoqlar!

Xush bu mahfilda tiriklik, ulfat-u ahbob ila,

O`ynashib gohi tabiatni qilaylik chog`lar.

Marhamat, “Boychechak” guruhini tanishtiruv shart bo`yicha taklif etamiz.

“Boychechak” guruhi:

I. Chechaklar ochildi yurtim bag’ringda

Navro’z kechib yurar har bir shahringda.

Qo’shiqlar kuylayman sening ahdingda,

Navro’zing muborak, ey ona xalqim!

xxx

Har bir xonadonda polvon o’g;ling bor



Do’stlarga mehring bor, so’nmas so’zing bor.

Har doim ko’zingda porlasin bahor

Navro’zing muborak, ey ona xalqim!

(Guruh tanishtiriladi).

Navro’z haqida ma’lumot:

Navro’z Sharq xalqlari orasida bir necha ming yillardan buyon yashab kelmoqda. Ko’p asrlar davomida makedoniyalik Aleksand, arablar, mo’g’ullar kabi bir qancha bosqinchi qo’shinlar Sharq xalqlarining umumiy bayrami - Navro’zni yo’q qilib halok qilib yuborishga harakat qildilar. Ammo Navro’z barhayotligicha qolaveradi, qayta tirilaveradi. Navro’z biror bir sanani nishonlash uchungina bayram qilinadigan hodisa hisoblanmaydi. U tabiatning o’zidan kelib chiqqan, kunu tun tenglashgandan so’ng, endi kunlarning uzayishi, uzluksiz mehnat arafasidagi bayramdir. Uzoq qishdan so’ng ko’kdagi quyoshning yuz ko’rsatishi, qirda maysa giyohlarning nish urib chiqishi xalqimiz uchun haqiqiyshodiyonaga ayalangan. Nega deganda, o’tgan yilgi g’alla ham oziq-ovqatlar ham sob bo’lay degan, ilikuzdi paytlarda yana Ona Tabiatning o’zi mehr- muruvvat ko’rsatib, yorug’kunlardan darak bergan. Shu kunlargacha eson omon yetib kelgan. Qariyalarning ham tomirida qaytadan g’ayrat jo’sh urgan. Nav – yangi; ro’z – kun; ya’ni yangi kun demakdir.

Navro’z bayramini barcha fors, arab, turkiy tillarda so’zlashuvchi xalqlar har yili bahorda nishonlab kelishgan. Bu qadimiy, an’anaviy Yangi yil bayramimiz haqida ulug’ bobolarimiz Abu Rayhon Beruniy”Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida, Mahmud Qoshg’ariy esa “Devoni lug’otit-turk”asarida juda qiziqarli ma’lumotlar yozib qoldirgan. Umar Xayyom olim, shoir, faylasuf sifatida bu bayram haqida “Navro’znoma” nomli maxsus kitob yozib qoldirganlar. Navoiyning ustozi turkigho’y shoirlarning malikul kalomi – Lutfiy “Gul va Navro’z” o’lmas dostonini yaratganki, bu asar hamon sahna – sharoit bilan belgilanishi sir emas. Xalqimiz yuragining taftli, bag’rining kengligi bir tomondan saxiy quyoshimizdan bo’lsa, ikkinchi tomondan o’z atrofiga ko’p odamlarni jamlab oladigan tanchalarimizdan bo’lsa ajab emas.

Boshlovchi: Keldi Navro’zi ajoyib, sayri gulzor aylangiz,

To`ti-yu bulbul sifat ohang dildor aylangiz.

Jam bo`lib ahbob ila tuzmoqda bazm bog` aro

Oshiqi devona aytmay bizni ham yod aylangiz.

Marhamat, “Binafsha” guruhini tinglaymiz.

“Binafsha” guruhining chiqishi:

I. Shonli huristonimga Navro’zi olam keldi,

Yashnagan bo`stonimga Navro’zi olam keldi.

Erib oqdi muz-u qor, mavj urdi soy-u anhor,

Kutib oldi navbahor, Navro’zi olam keldi.

xxx


Sepini yozdi ko`klam,yer bo`ldi maysa gullar

Tunlarda yog`di shabnam, Navro’zi olam keldi.

Har kim ekib o`n ko`chat, joyini qilsa jannat,

Unga deyishga rahmat, Navro’zi olam keldi.

Yor-u yoron jamuljam, ko`rib hammamiz xursand,

Har xonadonga bayram, Navro’zi olam keldi.

(Guruh tanishtiruvi).

Navro’z haqidama’lumot:

Sharq mamalakatlarining umumxalq bayrami yashnash, yasharish bo’lgan Navro’z bayrami haqida fikr yuritamiz. An’analar , urf- odatlar, rasm- rusumlar insoniyat tarqqiyotiga muhim o’rin tutadi. Ular hayotiy zarurat tufayli paydo bo’lgan va xalqning turmush tarsi, ruhiyati, ma’naviy dunyosi, orzu- istaklarini ifoda etib, jamiyatning ma’naviy – axloqiy rivojl;anishida katta ta’sir qilgan. Ba’zi bir an’analar o’zining ta’siriga umrboqiyligiga ko’ra ma’nav iy qadriyat darajasiga ko’tariladi. Sharq xalqlarining ana shunday umrboqiy ma’naviy qadriyatlaridan biri Navro’zdir. Bu bayram necha ming yillik tarixga ega. Navro’z tabiat sirlarini namoyish etuvchi bayram. “Navro’z” so’zi fors tilidan olingan bo’lib “nav” – yangi, “ro’z” – kun deb ataladi. Navro’z bayrami kacha bilan kunduzning tenglashgan payti, bahor faslining 21-22- mart kunlaridan boshlab bir hafta, o’n kun davomida o’tkazilgan. Bu bayram avvalo tabiatning jonlanishi, yangilanishi, Yangi yil bilan yurtimizga go’zal bahor faslining kirib kelib, kelinchakdek o’z yashil sepini keng yoyishi bilan boshlangan. Navro’zi olam necha yillardan buyon imsoniyat qalbini rom etib kelmoqda.

Qadimda Navro’z kuni odamlar idishlariga donnig yeti xilidan ekkanlar va donning unib chiqishiga qarab, yilning qanchalik to’kin – sochin bo’lishini taxmin qilganlar. Shundan bo’lsa kerak hozirga qadar Navro’z kuni yeti xil dondan tayyorlangan ovqat dasturxomga tortiladi. Navro’z kunlari anvoyi lazzatli taomlardan do’lma, halim, ko’k chuchvara, ko’k somsa, sumalak va boshqa bahoriy taomlar Navro’z dasturxoniga tortiq qilinadi. Sumalak - bahorning eng mo’tabar, eng tansiq va shifobaxsh taomi bo’lib hisoblanadi. Sumalakni, asosan, ayollar tayyorlab, qozon atrofida suhbatlar qurganlar, childirma chalib o’yin – kulgu qilganlar, laparlar va ertaklar aytganlar. Navro’z hamisha shoirlar qalbini rom etib, bitmas-tuganmas ilhom manbai bo’lib kelgan. Sharq mutafakkirlaridan tortib, endigina she’r mashq qila boshlagan havaskor shoirgacha Navro’z to’lqini orqali go’zallik va nafosatni madh etib she’r bitganlar. Navro’z Yaratganning tengsiz zakovatidan nishon, soda qilib aytganda zaminda qish saltanati nihoya topishi, olamga yangi kunning yangi faslning boshlanishidir. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, mamlakatimizda bayramlar ko’p lekin Navro’zning tarovati, shukuhi o’zgacha. U avvalo, tabiatning uyg’onishidir. Navro’zning ikkinchi xususiyati, u bizning milliy bayramimizdir. Ota-bobolarimiz ming yillardan beri amal qilib kelayotgan, millatimizga xos va tabiatimizga mos bayramdir. Tabiat uyg`onsa, odamzod yasharadi. Uning kayfiyati ko`tarib, dunyoqarashi o`zgaradi.Negaki, u tabiatdan kuch oladi. Navro’z yasharish, orzu- umidlar bayramidir.



Boshlovchi: Yorqin iqbolingga boqaman mamnun,

Baxting butun erur, bo’lmagay chorak.

Elim, qutlug’ senga asal totli kun,

Bahorim, Navro’zing bo’lsin muborak!

Boychechak” guruhi: Mavsumiy qo’shiqlardan “boychechagim boylandi” – mavsumiy qo’shig’ini ijro etadi:

Qattiq yerdan

Qatralab chiqqan boychechak

Yumshoq yerdan

Yumalab chiqqan boychechak.

Boychechagim boylandi

Qozon – tovog’im ayrondi.

Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak.

Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.

Boychechakni tutdilar

Tut yog’ochga osdilar,

Qilich bilan chopdilar

Baxmal bilan yopdilar..

Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak.

Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak

. Boychechagim b oylandi

Ko’chama ko’cha aylandi.

Boychechagim ko’k somsa

Cho’ntaklarga joylandi.

Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak.

Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.

Binafsha” guruhi “Sust xotin” – yomg’ir yog’dirishi mavsumiy qo’shigini ijro etadi:

Sust xotin sulton xotin

Ko’lankasi maydon xotin.

Sust xotinga ne kerak?

Sharros, sharros yomg’ir kerak.

Xavolarni yog’dirgin, Sust xotin,

Bug’doylarni bo’ldirgin, Sust xotin.

Osmondan tomchi tashlab, Sust xotin,

Elu yurtni to’ydirgin, Sust xotin

Havo yog’sin, sebalab, Sust xotin

Bo’ri qochsin, jebalab, Sust xotin

Bug’doy bo’lsin zarchalab, Sust xotin

Nonni yesin parchalab, Sust xotin.

Hosillar mo’l bo’lsin, Sust xotin

Dehqonning uyi to’lsin, Sust xotin

Yomg’irlarni yopg’dirgin, Sust xotin,

Yomonning uyi to’lsin, Sust xotin.

Boshlovchi: Osmonni uyg’otgan, Navro’zsan, Navro’z

Iymonni uyg’otgan, Navro’zsan, Navro’z

Borliqni uyg’otgan oddiy irodang

Insonni uyg’otgan, Navro’zsan, Navro’z !

3-shart bo’yicha guruhlar konvertlar tanlashadi.

“Boychechak”guruhi dasturxon haqida mehmondorchilikka oid ma’lumot beradi:

Inson paydo bo’lib, taom iste’mol qila boshlabdiki, dasturxon bor. Dasturxon aziz, muqaddas, rizq- ro’z manbai va ramzi sifatida ko’zga surtilgan. Dasturxon odobni, taom yemak qoida- qonunlari ham xalqimizda azaldan mavjud .Uyingizda bo’lsin, mehmonda bo’lsin, kuniga uch-to’rt bor dasturxon yoziladi. Unga non- choy, qand-qurs, ho’l va quruq meva qo’yiladi. Dasturxonlar ham joyi, odami, mavsumi, ma’rakasi, xonasiga qarab, katta-kichik, rang-barang, odmi-ohorli bo’lishi mumkin. Dasturxon – taomi bilan ulug’. Dasturxon ustiga odatda, birinchi non qo’yiladi. O’zbeklar tandir nonni ko’proq iste’mol qilishadi, u dasturxonga juft qo’yiladi. Bir choynakda qo’sh piyola bilan choy damlanadi. Quruq meva-yu asal murabbolar – dasturxon ziynati. Nonushta, tushlik, kechki ovqatga qarab dasturxon o’ziga xos bezatiladi, to’ldiriladi. Dasturxon odobi ham qadimiy bo’lib, kishidan muayyan an’analarni yaxshi bilishni talab qiladi. Dasturxon yozilganda nonni, taomni barcha yeguliklarni iste’mol qilishni birinchi bo’lib, keksa kishi, bobo, buvi, amma-xola boshlab beradi. Kichik oilada esa ota-ona boshlaydi.

“Binafsha”guruhi: taom haqida mehmondorchilikka oid ma’lumotlar beradi:

O’zbeklar O’rta osiyo va Sharq mamlakatlari ko’pchilik xalqlari singari suyuq ovqatlarni qoshiqda, quyuq ovqatlarni qo’lda tanovul qilshadi. Shuning uchun ham musulmonchilikda juda ko’p qo’l yuviladi.oilada dasturxonga, taomga qarashni ota boshlab beradi. O’zbekning ovqat ustidagi sertakallufligi, “oling-oling”i , “dasturxonga qarang”i, “olib o’tiring”i “qani-qani”si el orasida mashhur. Shunday mutoyiba borki, osh ustida bir- biriga kaft yozib, “qani, qani” deb turgan o’zbek do’stiga hayron bo’lgan qozoq birodar: namuncha “qani’laysan, mana, ko’z o’ngingda, bugu chiqib turibdiku “ , deb qo’lini oshga tekkizib qo’ygan ekan. Bu hazil, albatta. “Osh egasi bilan shirin” aqidasiga amal qilgan millatdoshlarimiz dasturxon odobini yaxshi tushunganliklari uchgun ham taom iltifotini qilib, ovqat mahtal bo’lmasin, deya mehmon – mezbon uni shirin qilib baham ko’rishgan.

Taom iste’mol qilib bo’lingach, oila boshi albatta fotihaga qo’l ochadi. Taom yemakning yakuni bo’lgan bu odatda yeyilgan taomni ekkan- tikkan, yetkazgan, yegan- ichgan kishilar oqlanadi, yetkazganga shukrona aytiladi.

Boshlovchi: Ko’rib bunda Navro’z jamolin

Balog’atga yetgan kamolin

Boshlarimdan uchar emish hush,

Ko’rganlarim go’yoki bir tush.

4-shart: Sahna ko’rinish. Muomala madaniyati.

“Boychechak” guruhi: Salom va alik.

- Assalomu alaykum! – qo’lini ko’ksiga qo’yib ajib tavoze bilan salom berdi yosh yigit.

- Vaalaykum assalom! – alik oldi oppoq soqolli, nuroniy chol hassasiga tayanib, bir zum nafas rostlarkan, so’ng qo’shib qo’ydi: - Mullo bo’ling, umringizdan Baraka toping, yaxshi joylardan ato qilsin, bolam!...

- Assalomu alaykum, buvijon! – jarangdor, shirali ovoz eshitildiqiz bolaning.

- Vaalaykum assalom! – javob qildi sochlari boshiga o’ragan doka r5o’moli yanglig’ oppoq buvi, so’ng o’ng qo’li bilan yosh qizning kiftiga qoqib; - Qoqindiq, kimning qizi bo’lasiz? – deb so’radi. Javob olgach:

- Ilohi baxtingni bersin! Tagli –taxtl joylarga kelin bo’ling , o’zingizdan ko’payib, uvali-juvali bo’ling, - deya fotihaga qo’l ochdi otinoyi.

“Binafsha” guruhi: O’zaro uchrashuvlarda qisqa muloqot.

-Hormang!

- Bor bo’ling! (Salomat bo’ling)

- Choshga Baraka. (Xirmonga baraka)

- Umringizga Baraka.

- Yaxshimisz, tan- joningiz sog’mi?

- Xudoga shukur, o’zingiz tinchmisiz, bola- chaqalar omonmi?

- Bu yaxshiligingizni o’la-o’lguncha unutmayman. Mendan qaytmasa, xudodan qaytsin,

- Bandasidan yavshilik qoladi, bu mening insoniy burchim.

- Minnatdorman, xudo umri joningizni ziyoda qilsin, dunyo turguncha turing,. Bola-mchaqangizning orzu-umidini ko’ring.

- Rahmat! Yaxshi niyatlaringiz o’zingizga ham yor bo’lsin…

(Tomoshabin o’quvchilar tomonidan milliy raqs “Surxoncha” ijro etiladi).



Boshlovchi: Qorlar qochib, tog’ boshiga,

Yerlar qonib, uning yoshiga.

Chaman bo’ldi burkanib Vatan,

Shodliklarga to’ldi harbir tan.

Navbatdagi shartimiz yaxshi niyat, tilak bilan bog’liq xalq maqolaridan namunalar aytish bo’ladi. Buning uchun biz iikalla guruhdan bittadan o’quvchini taklif etamiz ulardan qaysi biri to’xtab qolsa, shart nihoyasiga yetadi. Namuna:



Yaxshi so’z jon ozig’I, yomon so’z bosh qozigi.

Yaxshi oshini yeydi, yomon boshini.

Yaxshidan vafo – yonondan jafo

Yaxshilik to’rga eltar yomonlk go’rga.

Yaxshilikka yaxshilik - har kishining ishi, yomonlikk yaxshilik – er kishinng ishi.

Yaxshi so’z ham, yomon so’z ham bir og’izdan chiqadi.

Yaxshi gap blan ilon inidan chiqadi, yomon gap bilan pichoq qinidan chiqadi.

Yaxshini bil o’zidan, yomonni bil ko’zidan.

Yaxshini ko’rib shukur qil, yomonni ko’rib fikr qil.

Yaxshilik qilsang yashir, yaxshilik ko’rsang oshir.

Yaxshi chechakka bolari qo’nadi.

Boshlovchi: Navbatdagi shartimiz, xalq qo’shiqlaridan, hazil – mutoyiba yo’sinida xirgoyi qilingan qo’shiqlarni ijro etish bo’ladi.

Oilaviy- maishiy qo’shiqlar: “Boychechak” guruhi ijro etadi.



      1. Ariq boyi sirpanchiq,

Sirg’ana ketmang, jon kelin.

Qaynanangiz urishqoq,

Urisha ketmang jon kelin.

2.Oftob chiqdi olamga, Cho’pchak terdim, bir quchoq,



Yugurib bordim xolamga, Non yopdi o’choq – o’choq.

Xola – xola kulcha ber,

Xolam aytdi: - cho’pchak ter.

3.Tepdim sandiq ochildi,

To’rga bodom sochildi.

Bodomni tera-tera ,

Qanotlarim qayrildi.

Qanot bering uchaylik,

Oqsaroyga tushaylik.

Oqsaroyning oq toshi,

Binafsha” guruhi parrandayu hashorotlar, hayvonlar haqida ijro etadi.

1. Laylak keldi, yoz bo’ldi, Men bobo hoji edim
Qanoti qogo’z bo’di. Qizlarga boshchi edim.


Laylak boradib toqqa, Qizlar o’yin tushganda

Quloqlarida halqa. Men nog’orachi edim.

Halqasi tushib qoldi, Nog’oram bir kun uzildi,

O’tirdi yiglamoqqa. Tanoblari buzildi.


      1. Laylak keldi, ilon qoch,

Bola – chaqangni olib qoch.

Yangi to’ning kiyib qoch,

Eski to’ning tashlab qoch.

3.Musicha pat-pat etadi, Kampir otgan chakichi,

Elak pat-pat etadi. Musichaga tegibdi,

Musicha pat-pat etsa, Jon- jonidan o’tibdi,

Kamrir chakich otadi. Patlarini to’kibdi.

Boshlovchi: Navbatdagi shartimiz, xalq o’yinlaridan kurash va ko’pkari haqida ma’lumot aytish.Marhamat:

“Boychechak” guruhi: Kurash haqida.

Juda qadimiy o’yin- odatlarimizdan biri, kurashdir. Kurash – qadimiy va erkin murash turlariga bo’linadi. Bu odatning tarixi xalqimiz tarixi kabi uzundir. Kurash bizning xalqimiz paydo bo’lib taraqqiyot yo’liga kirganidan buyon tarkib topib, rivojlanib takomillashib bordi. Milliy kurashni biz hozirgi kunda sport turi sifatida qayd etamiz. Aslida esa, bu odat xalq hayotining juda muhim tarmog’I bo’lib taqdiri-a’molini belgilagan. Qadim davrlarda nafaqat erkaklar, turkey xalqlar tarixida xotin-qizlar ham kurash tushishgan. O’zibgiz to’y-yomoshalarda, oynai-jahon va kinofilmlarda ikki polvoning davra o’rtasida, xalq olqishida kurash tushib turishganining guvohi bo’lgansiz. Ayniqsa, bu odat qishloqlarimizda hanuzgacha an’anaviy ravishda davom etib kelayotgani kishini quvontiradi.Bunday polvonlar kurashi O’zbekistonimizda ikki toifaga bo’linadi. Bular, Buxorocha kurash va Farg’onacha kurash turlaridir. Fargonacha kurashda polvonlar to’n kiyib, belbog’ bog’lab, bir-birlarining bellaridan ikkala qo’l bilan ushlagan holda maydonda musobaqalashadilar.Bu kurash usuli qqadimiy turga juda yaqin bo’lib, unda raqiblar bir –birlariga nisbatan kuch ishlatib, polvon oyog’ini to’shakdan uzib, so’ng xohlagan tomonga yiqitishlari mumkin.Raqiblar butun olishuv davomida qo’llarini qo’yib yuborishlari mumkin emas.Buxorocha kurashda esa polvonlar kalta to’n kiyib, belbog’ nog’lab, kurash maydoniga tushadilar.Bu usul erkin kurash usullariga juda yaqin turadi. Unda chalish, qayirish, telkadan oshirish kabi usullarga ruxsat beriladi. Bu usulda kurash tushganda raqibning kuragini bir zumda yerga tekkizib turgan polvon g’olib sanaladi. Kurash haqida ko’p asarlar yozilgan.Shu o’rinda sizlarga shoir Jamshidning”Kurash” nomli she’rini havola etamiz.

Karnay sadolari chorlar yig’inda, Bu axir maydon deb atalar, unga

Sovringa qo’yilgan matolar taxchil. Olis qavmingni ham ko’zi tikilgan.

Hozirca noayon – baxt kular kimga, Odil xalq g’olibni sharaflab, shunda

Hayajon ichida sergak minglab dil. Chalish solguchini la’natlab kelgan

Sizga omad kelsin, kulsin yuksak shon, So’zimdan muxtasar xulosamdir shul,

Saf-saf kelayotgan xushnud polvonlar, Hayotda uchrar goh g’irrom

Serzavq olqishlardan guvillar maydon, birin dost atolmam tutganlarni gul,

Ruhdan ko’tarilib ketar yolg’onlar. Hali bor benomus so’qir insonlar

Tenqur yigitlarga tilashar omad, Ajdodlar ruhini hokipo qilmay,

Bir vaqt polvon o’tgan shuhratli avlod. Kel, kurash tushaylik, haqqa

halol, jim

Bunda na g’arazu van a xushomad, Maydonda yengilar bo’lsam har qalay

Bunda bor mardlarga xos cho’ng e’tiqod! Tan berib chiqarman, senga

raqibim.

Shundan so’ng “Binafsha” guruhi chiqib, ko’pkari xalq o’yini haqida ma’lumotlar beradi.

Ko’pkari (uloq) - o’zbek, qozoq, qirg’iz, turkman, tojik xalqlarining barchasi uchun birday qadrdon. Ko’pkari – bu chavandozlar bahsi. Ota-bobolarimiz go’daklikdan bolalik fasliga kirgan farzandlarining qo’lini halollash, bo’y yetgan qizlarni uzatish, er yetgan o’g’illarni uylantirish to’ylarida xalqqa osh berib, so'ng’ida ko’pkari bahsi tomoshalarinin ko’rsatishgan.Ko’pkari – bu chavandozlik, ot ustida ommaviy musobaqa shartlarini bajarib, g’olib chiqish uchun olib boriladigan kurash jangidir. Ko’pkarining boshqa nomi uloq ham deyiladi.Ko’pkari bahsida so’yilgan uioq tanasi to’y musobaqa hakamlari tomonidan o’rtaga tashlanib, ushbu kurash shartlari ana sha uloq bilan bog’liq holda bajariladi, ko’pkari asosan yakka bahs, musobaqa sharti o’rtaga tashlangan uloq tanasini taqimga qisib, maydonni gir aylantirgancha belgilangan manzilga – uloq kayvoni hakam yoniga birinchi bo’lib keltirib tashlashdir. Shu o’rimda shoir Jamshidning “Ko’pkari” nomli she’rini keltirib o’tamiz.

Shu kech Qiyg’ir depsinib chiqdi, … Tinchlan, mening aziz do’stginam,

Ko’pkarining hidini sezib Yur, kelayin biroz sovutib,

Ot kishnasa qo’shni qishloqda, Seni, agar… agar yengilsang,

Xayollari ketardi to’zib. Bo’lmas so’ngra sira ovutib.

Ko’zlarida chaqnaydi bir o’t, Ko’pkari bu – beayov quyun,

Raqiblarin o’ylagan sayin, Sag’ring uzra yonar qamchilar.

Erta mardlik maydonga tushar, Vujudingda o’t – olov sachrab,

Kurash og’ir bo’lmog’i tayin . Tuyog’ngdan uchar chaqinlar.

Uko’p ko’rdi talato’plarni, Erta seni silay olmayman,

Marralarni zabt etdi ko’p bor. O’yla, do’stim, bir chora- tadbir.

Sohibiga shuhrat keltirib, Issiq joyda bog’liq turganlar.

Angladi bir hikmatni takror: Kurashlarga yaramas, axir.

Aralashsa hiyla uloqqa, Men ko’p ko’rdim birov otini

To’pga kirsa biror qirchang’i, Minib, obro’ topmoq bo’lganni.

Mumkin bo’lmas halol kuch sinash, Ko’rdim, hasad ichra qovrilib

Oqaradi chavandoz rangi. Ayillarni kesib qo’yganni.

Boshlovchi: Navbatdagi shartimiz :sardorlar bellashuvi bo’lib o’tadi :

1-bosqich. Tez aytish. Namuna:



Gulnoraning guldastasi Gulshodaning guldastasidan g’ozalroq.

Lobarning lolaqizg’aldoqlari lolazordanmas, lolaqizg’aldoqzordan.

Sardorlar bellashuvi tugagach, hakamlar tomonidan barcha ballar jamlanib,g’olib aniqlanadi va faol ishtirok etgan qatnashuvchilarga sovg’alar topshiriladi.




Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish