Boshqaruvning tashkiliy tuzilishi, turlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari
Ta’lim menejmenti
Ashurov Navruz
Tashkiliy tuzilma nima?
Tashkiliy tuzilma deganda korxona boshqaruvi funktsiyalarini bajaruvchi turli xil bo’lim, xizmat va bo’linmalar tarkibi, o’zaro munosabatlari va bir-biriga bo’ysinishini tushunish lozim. Tashkiliy tuzilma boshqaruvning tizim va alohida faoliyat turi sifatidagi bir butunligini ifodalaydi. U boshqaruv organlarining ma’lum bir tartibini, hokimiyat va bo’ysinish aloqalarini, vertikal va gorizontal mehnat taqsimotining integratsiyalashuvini etadi.
Boshqaruv tuzilmasi dinamik tarzda bo’ladi. U ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining rivojlanishi, boshqaruv ob’ektlarining
qarama-qarshiliklari va qonuniyatlari
haqidagi bilimlarimiz darajasining o’sishiga bog’liq holda o’zgarib boradi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasiga korxonaning hajmi, uning ixtisoslashuvi va kooperatsiya aloqalari, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa tegishliligi, joylashgan hududi kabi omillar katta ta’sir ko’rsatadi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi bilan aloqada va ko’p jihatdan unga bog’liq bo’ladi.
Korxona qanchalik katta, ishlab
chiqarish va unda foydalanuvchi mehnat qurollari va texnologiyalar qanchalik murakkab bo’lsa, boshqaruvning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi, shuningdek, korxona boshqaruv apparatining funktsiyalari shunchalik murakkablashadi.
Aralash
Boshqaruv elementlari va bo’g’inlari o’rtasidagi aloqalarning shakli, tuzilmaviy bo’linmalarning moslashuvchanligi va bir-biriga bo’ysinuvchanligiga ko’ra, boshqaruvning quyidagi tashkiliy tuzilmalari mavjud:
Boshqaruv tuzilmalari
Chiziqli
Funksional
Matritsali
Chiziqli tuzilma
Boshqaruv tuzilmasining eng ko’p tarqalgan turi bo’lib, unga ko’ra boshqaruvning har bir bo’g’ini o’zidan yuqori turuvchi faqat bitta boshqarmaga ega bo’ladi va barcha masalalar bitta aloqa kanali orqali hal etiladi. Bunday tuzilmada boshqaruv bo’g’inlari tizimi to’laligicha ishlab chiqarish bo’g’inlari tizimi bilan mos tushadi. Har bir ishlab chiqarish jamoasi tepasida rahbar turadi va korxona xodimlari unga bevosita bo’ysinadilar. Barcha boshqaruv funktsiyalari rahbar qo’lida mujassamlanadi.
Boshqaruvning chiziqli tuzilmasi hal qilinayotgan masalalar ko’lami unchalik katta bo’lmaganida samaraliroq bo’ladi. Shu sababli bunday tuzilmadan asosan tsex, ishlab chiqarish uchastkalari va kichik korxonalarni boshqarishda foydalaniladi.
Matritsali tuzilma
turli xil bo’lib, ularning barchasi bitta tamoyilda - ishlab chiqarishni vertikal va gorizontal boshqarishda boshqaruv funktsiyalarini tashkiliy tuzilmalar o’rtasida qayta taqsimlash asosida yaratilgan. Bu tuzilmalar ilmiy tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, texnologik byurolar, shuningdek,
ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik izlanishlari olib boriluvchi yirik korxonalarda keng qo’llaniladi.
Korxonani boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari
Bugungi kunda boshqaruv tizimini mukammallashtirish sohasida quyidagi tendentsiyalar yuzaga kelmoqda: boshqaruv faoliyatining maqsadli tavsifini kuchaytirish; boshqaruvning moslashuvchan tuzilmalarini yaratish va boshqaruv apparatining faoliyatini yaxshilash, jumladan, ortiqcha boshqaruv bo’g’inlarini qisqartirish hisobiga; ishlab chiqarishni boshqarishda jamoalar rolining o’sishi va ularning yuqori natijalarga erishishga yo’naltiriliganligi; mehnat faoliyati ijtimoiy sharoitlarining yaxshilanishi. Bu tendentsiyalarga asosan korxonalarning boshqaruv organlari tuzilmalarini takomillashtirish yo’nalishlari ham aniqlanib, ularga avvalo sifat ko’rsatkichlari asos qilib olingan.
Optimallik – tuzilma bo’linmalari o’rtasida eng kam boshqaruv bo’g’inlariga ega bo’lgan holda o’zaro aloqalarni ratsional tarzda o’rnatishdir. Shu sababli ko’p bo’g’inlilikni qisqartirish boshqaruv tizimini takomillashtirish oldiga qo’yiluvchi asosiy talablardan biri hisoblanadi.
Tezkorlik (operativlik) – barcha funktsional bo’linmalarning, zarur hollarda ishlab chiqarish bo’linmalarining, boshqaruv qarorlari o’z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun o’zaro aloqalar aniqlik bilan olib borilishi.
Ishonchlilik – axborotlarni o’z vaqtida olish va boshqaruv qarorlarini bajaruvchilarga va bajarish joylariga o’z vaqtida etkazishni ta’minlaydi. Ishonchlilik va tezkorlik joriy va istiqboldagi boshqaruv tizimining samaradorligida muhim turtki hisoblanadi.
Tejamkorlik – bu, asosan boshqaruv tizimida maksimal samaraga erishgan holda boshqaruv apparati va uning xarajatlarini kamaytirishga, ya’ni ishlab chiqarish
samaradorligining o’sishiga erishishdir.
Xulosa Ishlab chiqarishni boshqarishni sub’ektlar va idoralar tomonidan odamlar va iqtisodiy ob’ektlarga ta’sir o’tkazish jarayonidir. Unda resurslardan iloji boricha oqilona foydalanish va eng ko’p daromad olish maqsad qilib qo’yiladi. Boshqaruv tizimi quyidagilardan iborat bo’ladi: boshqaruvning maqsad va vazifalarini belgilash, boshqaruvning optimal tashkiliy-strukturasini yaratish, xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, axborot bilan ta’minlash, axborotga texnik ishlov berish vositalari, tahlil, boshqaruv qarorlarini bajarish ustidan nazorat. Boshqaruv rejalashtirish, tashkillashtirish, marketing, muvofiqlashtirish, mehnat motivatsiyasi, nazorat kabi bir qator funktsiyalarni bajaradi. Zamonaviy ishlab chiqarish korxonasi murakkab, dinamik tizim bo’lib, uning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga korxonadagi ishchidan ta rahbargacha bo’lgan barcha bo’g’inlar faoliyatini hisobga oluvchi boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini yaratish orqali erishiladi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi boshqarilayotgan ob’ektlarning funktsional vazifalariga va miqyosiga mos kelishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |