2-boshlovchi:
Alisher Navoiy Navro`zni samimiy sevgida, Farhod-u Shirinlarning, Layli-yu Majnunlarning otash qalbida izladi.
1-boshlovchi:
Xullas, Navro`z Beruniydan Durbekka qadar, Navoiydan Nasimiygacha, Zulfiya, Abdulla Oripov, boringki, qaysi bir ijod ahlini oling, Navro`zni tarannum etmagan bo`lsa.
2-boshlovchi
Endi navbatni qizlarimiz ijrosidagi lapar va aytishuvlarga bersak. Marhamat. (Navro’zga mos qo’shiq ijro etiladi) kanaldan tavsiya videorolik mavjud. https://t.me/BSTK6431
Aytishuv (qizlar va yigitlar o`rtasida).
Yigitlar:
Anor ekan joyning ichin o`ydim-o`ydim,
Qizlar ziyofati uchun serka so`ydim.
Sen esimga tushganingda dol bo`yida,
Ichib turgan choyimni yerga qo`ydim.
Qizlar:
Kun isisa, suv bo`yida salqinlaymiz,
Betni yuvsak, oydek bo`lib yarqillaymiz.
Navbahorda o`lan degan ko`p bo`ladi,
To`ylab yursak siz chechanga yaqinlaymiz…
Yigit va qizlar aytishuvi avliga chiqqan mahal sahnada Bahoroy va Navro`zjonlar paydo bo`ladi.
_____________:
To`xtanglar, biz tomon kelayotgan kim bo`ldi?
_____________:
Iye, tanimadingmi, ular har gal qarshi oladiganimiz Bahoroy va Navro`zjonlar-ku!
Hamma:
Xush kelibsan , Bahoroy, Xush kelibsan, Navro`zjon.
Bahoroy:
Mana men go`zal bahor,
Yetib keldim sizlarga.
Jon kiritdim daraxtlaru,
G`unchalar,ildizlarga.
Oppoq o`rik gullarim bilan,
Iliq quyosh nurlarim bilan.
Yashillanib,goh olovlanib,
Kamalekdek ming xil tovlanib
Mehmon bo`lib keldim sizlarga.
Navro`zjon:
Assalomu alaykum beg`ubor qalblari o`yin kulguga, qo`shig`u raqsga, san`atga ixlosmand, qadrli yoshlar! Mana o`lkamizda so`lim bahor. Hammayoqda go`zallik, yangilanish, yasharish. Yoshu-qari, barcha-barchaning qalbida shodlik, beg`uborlik. Yurtimizning har bir go`shasida, har bir mahalla, xonadonida baxtiyorlik, quvonch, sho`x kuy va qo`shiqlar avjida.
Bahoroy:
Nimasini aytasiz. Hazrat Alisher Navoiy aytganidek, Har tuning qadr o`lubon, Har kuning o`lsun Navro`z! Azizlar, biz sizning Navro`zni, bahodirni maxf etuvchi qo`shiq va raqslaringizni miriqib tomosha qildik, endi xalqimizning Navro`zga oid qanday milliy an`ana va udumlarni bilasiz?
_________: Navro`zda o`tganlarni xotirlaydilar.
_________: Navro`zda qarindosh-urug`larnikiga boriladi.
_________: Navro`zda qariyalarga bayram taomlari jo`natiladi.
_________: Navro`zda g`iybat qilinmaydi.
_________: Navro`zda otni , itni urmaydilar.
_________: Navro`zda bug`doy undirilib, sumalak pishiriladi.
_________: Navro`zda yangi liboslar kiyiladi.
_________: Navro`zda yaxshi niyyatlar qilinadi.
_________: Navro`zda ko`cha va dalalar tozalanadi.
1-boshlovchi:
do`stlarim kelinglar, Navro`zda o`ynaladigan o`yinlarni o`ynaymiz.
Qizlar: kim oladi-yo, kim oladi deb o`rtaga ro`molchani tashlaydilar.
Keyin (Shavkat) va (Akmal) men olaman-o shuginaniyo deb, ikkovlari ham yengiladi. Shunda polvon bobo bolalar bilan so`rashib, ro`molchani oladi va bolalar polvon boboni maxtashadi.
Polvon bobo: Qani,men bilan kim sinashadi?
O`zbek kurashi polvonlaridan biri (______________): Mana, biz bor deydi va u boboni hurmatini qilib, yengilib beradi va bobo ketadi.
Navro`zjon:
Ofarin bolajonlar,siz rostanam o`z milliy urf-odatlringizni qadrlar ekansiz.
Bahoroy:
Navro`z shunday bir xalq bayramiki, u faqat hamma davralardan shodiyonalargina, farovonliklargina, baxt-iqbolga daxldor onlarnigina saralab oladi, o`ziga singdiradi, doimo boyib boradi. Shu bois ham Navro`zga to`ylar ulanib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |