Navro`z bayrami
Sahna chiroyli bezatilgan.Har bir dekoratsiyada bahoriy go`zallik, nafosat aks etib turibdi. Turli-tuman berzaklar, sharlar, anvoyi gillar kishida xush kayfiyat uyg`otadi.Mayin musiqa ohista taralib, sahnaga tadbirni olib boorish uchun milliy libosdagi ikki boshlovchi chiqadi va mehmonlar bilan salomlashadi.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz mehmonlar , qadrli o`quvchilar va ustozlar! Sizlarni yurtimiz bo`ylab kirib kelayotgan qutlug` ayyom – Navro`zi olam bilan muborakbod etamiz.
2-boshlovchi: Yasharish yangilanish, ezguliklar va ulug`langan muborak kun – Navro`zingiz qutlug bo`lsin! Bugungi ushbu ayyom – Navro`zi olam bilan muborakbod etamiz.
1-boshlovchi:21-mart qadimdan Navro`z yangi kun , yangi yil boshi sifatida bayram qilingan.Bu kunda aslida tun va kun tenglashadi .Bu bayramni azaldan ota-bobolarimiz tadorlik – dala yumushlari, bog`-rog`larga ko`chat ekib, obodonchilik ishlarini boshlash bilan kutib olganlar.
Oquvchi qizlar “Bahor valsiga” raqsga tushadilar .Sahnaga qol`ida turfa gullari bilan Bahoroy, ko`m-ko`k maysalar dastasini tutgancha Navro`zoy , boshida do`ppi, beliga belbog`ini mahkam bag`langan Bobodehqon, boychechak, qaldirg`och siymosida qizaloqlar, zangori, yashil va oq ranglar uyg`unlashgan kiyimda Mustaqiloy va nuroniy momolar tashrif buyuradilar.
Ular o`zaro suhbat quradilar.
(Shu choq oppoq kiyimda Ayoz bobo hassasini silkitgancha shoshilib kirib keladi).
Ayoz bobo:
Men Ayozman, Ayozman
Qor bo`ronin to`zg`itaman
Hammayoqni muzlataman
Uning ko`zi mehmonlarga tushadi va deydi:
Bunda qanday tadorik,
Nechun hamma shod-hurram?
Bahoroy:
(Ayoz boboni ko`rib yugurib keladi va salom beradi)
Salom, Ayoz bobojon!
Charchabsiz qish chillasida
Endi dam oling siz ham ,
Menga navbat berasizda
Ko`klam kelsin o`lkamga
Gullar taqay chakkamga
Ayoz bobo:
Mayli, qizim Bahoroy,
Navbatni senga beray
Yangi yil qishgacha
Nafasim rostlab olay
Ayoz bobo xayrlashib chiqadi
Bahoroy (tadbir qatnashchilariga qarab): Keling azizlar, biz xurshidi jahon deya e’zozlagan Quyosh boboni chaqiraylik.Borliq qishki uyqudan uyg`onsin, chor-atrof gulu chechakka burkansin.
Hamma:
Quyosh bobo, kelaqoling
Borliqni isita qoling
Quyosh bobo kirib keladi
-Men Quyoshman ,
Tabiatga jon berguvchi
Qalbi to`la otash ,
Ham nuri ziyo beruvchi
Bahoroy:
Salom, Quyosh bobojon
Bayramga xush keldingiz
Davramizga nur sochib
Doim porlab turing, siz
Bolalar bahor haqida qo`shiq kuylashadi.
Bahoroy:
Yurtimga quvonch ,shodlik,
Nashida olib keldim
Etagimga bir olam,
Boychechak solib keldim
Mayin musiqa sadolari ostida bahorning ilk chechagi hisoblanmish boychechak tashrif buyuradi.
Boychechak :
Ustimdagi qorlarni
Qoqib, qoqib uyg`ondim
Intiq kutib quyoshni ,
Shoshib-shoshib uyg`ondim
Men-Bahorning elchisi
Men-shodlikning kuychisi
Uyg`oning hoy , maysalar
Yurtimga bahor keldi
Go`zal tarovat-la,
Beqiyos Navro`z keldi
Navro`zoy ta’zim-la kirib keladi va deydi:
-Mahallalar obod bo`lsin
Yurt farovon, el shod bo`lsin
Shu bayramda tug`ilganing
Ismi Navro`z, Gulshod bo`lsin
Dehqonbobo ham dilidagilarni aytadi:
-Munavvar tong chog`I qilamiz tilak
Har kunimiz Navro`z bo`lsin deb
Quvonch hissi bilan mavjlanar yurak
Hayotga beramiz Navro`zona zeb
Bahoroy:
Hormang, Dehqonbobo ! Xirmonogizga Baraka bersin , omboringiz don-dunga to`lsin.
Dehqonbobo:
Rahmat, Bahoroy
Avvalo, elga bersin
El qatori menga bersin
Ona yerning joniga
Jon kirgizib chopayin
Urug` sochib bag`riga
Mo`l hosilni olayin
Bug`doyu paxta, sholi
Qovun, tarvuz ekayin
Olma, o`rik, shaftoli
Uzumlardan ekayin
Meva to`la bog`imni
Bolalarga beraman
Ulardan qolganini
Savatlarga teraman.
Davraga Yomg`iroy kirib keladi:
Men yomg`irman shatir-shutur
Xalaqit bersam, uzr
Yog`sam dala, ham qirga
To`kinchilik – mo`l sovg`a
Musiqa yangraydi.Qaldirg`ochlar qanotlarin qoqib sahna bo`ylab raqsga tushadilar.
-Qaldirg`och mening nomim ,
Qayrilma qosh qanotim
Bahordan berib darak
Uchib keldim men halak
Ayvonga in quraman
Qo`ngan yurt, xonadonga
Qut, barak tilayman.
Momo:
Salom sizga , qaldirg`ochlarim
Uyimizning to`ti sizniki
Bog`u rog`lar bari sizniki .
Vatan haqida qo`shiq kiuylanadi.
Mustaqiloy:
Men istiqlol birla tug`ilgan
O`zbek qizi- baxtiyor
Bobomeros Navro`zga
Pok niyatlar bo`lsin yor.
Momo:
Barakalla, qizalog`im
Niyatlaring bo`lsin esh
Sumalak pishirish jarayoni aks etgan sahna.
Qo`lida undirilgan bug`doy maysasini tutgancha nuroniy momo shukronalik bilan so`zlaydi:
-Omonlik, hey omonlik,
Yetdik Navro`zga .
Qutlug` kelsin qadami
Rizq bersin yurtga
Bug`doylarim unibdi,
Surtayin ko`zga
Sumalakni pishirib
Ulashay sizga .
Qiz:
Sumalagim qozonlarga qaynaydi
Qaynashiga qarab ko`zim to`ymaydi.
Bola:
Doshqozonda sumalak,
U tanaga darmonda
Niyatin aytib bir-bir
Kovlamagan armonda .
Sumalak kovlayotgan bolalar jo`rlikda:
Bahorning elchisisan ,
Yaxshilikning belgisi.
Navro`zning suyuq taomi,
Ham tananing darmoni
Sumalakjon, sumalak
Momo:
Shodlikdan yayrasin dillarning bari
Neki tashvish bo`lsa, chekinsin nari
Sendek umri boqiy bo`lsin yosh-qari
Xush kelding, Navro`zim , dillarga hamdam
Bizning quvonchlardan quvonsin olam
Milliy raqslarimizdan biri ijro etadi.
1-boshlovchi:
Xo`shro`ysan, korkamsan, ey fasli Bahor,
Qushlarning navosi xush tonggi nahor
Biz seni sog`indik bo`lib intizor,
Xush kelding, Bahorim, xush kelding Navro`z!
2-boshlovchi:
Qay yurtning bahori, o`z Navro`zi bor,
Qay elning bizningdek shirin so`zi bor?
Ori bor, g`ururi, nurli yuzi bor,
Xush kelding, bahorim, xush kelding, Navro`z!
1-boshlovchi:
Shu elning faxrisan saodat bergan
Merossan Temurdek bobolar suygan
Shu yurtim, shu elim erlkalab suygan,
Xush kelding, bahorim, xush kelding, Navro`z!
Momo (qo`lida bir payola sumalak):
Mana Navro`zning shoh taomi – sumalak ham tayyor bo`ldi.
Kelinglar, azizlarim, birga baham ko`ramiz.
O`yin kulgu davom etadi.
Boshlovchilar( tadbir oxirlaganini ma’lum qilib yakunlovchi so`z aytadi):
-Navro`zi olamingiz muborak bo`lsin!
Har kuningiz Navro`z bo`lsin, xush bayram bo`lsin!
Xayr, omon bo`ling!
Yana bayramlarda ko`rishguncha .
Tadbir bahor haqidagi qo`shiq bilan yakunladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |