Tongni uyg`otib,
Dilga so`z keldi.
Dilni kuylatib ,
Gul Navro`z keldi.
1-boshlovchi (Sarvinoz): Qoyil agar Navro`z haqida ta`riflar yodlanadigan bo`lsa unda Lutfiy, “Gul va Navro`z” dostonni yozib mamlakatga osoyishtalik, mehnatkash xalqqa farovon, baxtli, saodatli hayot tilardi.
2-boshlovchi (Umid): Alisher Navoiy Navro`zni samimiy sevgida, Farhod-u Shirinlarning, Layli-yu Majnunlarning otash qalbida izladi.
1-boshlovchi (Sarvinoz): Xullas, Navro`z Beruniydan Durbekka qadar, Navoiydan Nasimiygacha, Zulfiya, Abdulla Oripov, boringki, qaysi bir ijod ahlini oling, Navro`zni tarannum etmagan bo`lsa. 2-boshlovchi (Umid): O`rtoqjon, keling, endi navbatni xalq qo`shiqlariga beraylik. 2 – shart “Raqs” 2 – shartda o`quvchilar sumalak raqsini ijro etib beradilar. 3 – shart “Milliy udum va o`yinlar ” Aytishuv(qizlar va yigitlar o`rtasida). Yigitlar (Umid): Anor ekan joyning ichin o`ydim-o`ydim, Qizlar ziyofati uchun serka so`ydim. Sen esimga tushganingda dol bo`yida, Ichib turgan choyimni yerga qo`ydim. Qizlar (Sarvinoz): Kun isisa, suv bo`yida salqinlaymiz, Betni yuvsak, oydek bo`lib yarqillaymiz. Navbahorda o`lan degan ko`p bo`ladi, To`ylab yursak siz chechanga yaqinlaymiz… Yigit va qizlar aytishuvi avliga chiqqan mahal sahnada Bahoroy va Navro`zjonlar paydo bo`ladi. Abdurasulov Sh: To`xtanglar, biz tomon kelayotgan kim bo`ldi? Mashhura: Iye, tanimadingmi, ular har gal qarshi oladiganimiz Bahoroy va Navro`zjonlar-ku! Hamma: Xush kelibsan ,Bahoroy, Xush kelibsan, Navro`zjon. Bahoroy: Mana men go`zal bahor, Yetib keldim sizlarga. Jon kiritdim daraxtlaru, G`unchalar,ildizlarga. Oppoq o`rik gullarim bilan, Iliq quyosh nurlarim bilan. Yashillanib,goh olovlanib, Kamalekdek ming xil tovlanib Mehmon bo`lib keldim sizlarga. Navro`zjon: Assalomu aleykum beg`ubor qalblari o`yin kulguga, qo`shig`u raqsga, san`atga ixlosmand, xadrli yoshlar! Mana o`lkamizda so`lim bahor. Hammayoqda go`zallik, yangilanish,yasharish. Yoshu-qari,barcha-barchaning qalbida shodlik,beg`uborlik. Yurtimizning har bir go`shasida, har bir mahalla, xonadonida baxtiyorlik, quvonch, sho`x kuy va qo`shiqlar avjida. Bahoroy:Nimasini aytasiz. Hazrat Alisher Navoiy aytganidek,Har tuning qadr o`lubon,Har kuning o`lsun Navro`z! Azizlar, biz sizning Navro`zni, bahodirni maxf etuvchi qo`shiq va raqslaringizni miriqib tomosha qildik, endi xalqimizning Navro`zga oid qanday milliy an`ana va udumlarni bilasiz? Sarvinoz:Navro`zda o`tganlarni xotirlaydilar. Shahodat: Navro`zda qarindosh-urug`larnikiga boriladi. Mashhura: Navro`zda qariyalarga bayram taomlari jo`natiladi. Rasul: Navro`zda g`iybat qilinmaydi. Shavqiddin: Navro`zda otni ,itni urmaydilar. Sherzod: Navro`zda bug`doy undirilib, sumalak pishiriladi. Ashrov Sh: Navro`zda yangi liboslar kiyiladi. Abdurasulov Sh: Navro`zda yaxshi niyyatlar qilinadi. Umid: Navro`zda ko`cha va dalalar tozalanadi. 1-boshlovchi (Sarvinoz): do`stlarim kelinglar, Navro`zda o`ynaladigan o`yinlarni o`ynaymiz. Qizlar:kim oladi-yo, kim oladi deb o`rtaga ro`molchani tashlaydilar. Keyin Rasul va Akmal men olaman-o shuginaniyo deb,ikkovlari ham yengiladi.Shunda polvon bobo bolalar bilan so`rashib, ro`molchani oladi va bolalar polvon boboni maxtashadi. Polvon bobo: Qani,men bilan kim sinashadi? O`zbek kurashi polvonlaridan biri (Shavqiddin): Mana,biz bor deydi va u boboni hurmatini qilib, yengilib beradi va bobo ketadi. Navro`zjon: Ofarin bolajonlar,siz rostanam o`z milliy urf-odatlringizni qadrlar ekansiz. Bahoroy: Navro`z shunday bir xalq bayramiki, u faqat hamma davralardan shodiyonalargina, farovonliklargina, baxt-iqbolga daxldor onlarnigina saralab oladi, o`ziga singdiradi,doimo boyib boradi. Shu bois ham Navro`zga to`ylar ulanib ketadi. Shunda bolalar Navro`zjon va Bahoroy bilan xayrlashadilar. Qizlar (Sarvinoz): Balli, yigitlar, endi bizga ruxsat. Bugun biz mahallamiz faxri-onaxonimiz Rizvon buvinikiga Navro`zning shoh taomi sumalak pishirmoqchi edik. Yigitlar (Umid): Ho-o,shunday ketari yo`q,biz sizlarga bayram uchun shuncha ntomosha ko`rsatdi, siz ham biz uchun biror sovg`a tayyorladingizmi? Qizlar Navro`zga xos bo`lgan milliy laparlardan “Yallama-yorim”ni, xalq qo`shiqlaridan “Do`ppi tikdim”ni ijro etib, raqsga tushib beradilar. So`ng yigitlardan ruxsat so`rab uyga ketadila. Sherzod:Qizlar sumalakka ketdi,endi biz nima qilamiz? Rasul:Biz ham ketamiz. Shavqiddin:qayoqqa? Umid: Ko`pkariga.Unda mening bobom ishtirok etadi. 1-boshlovchi (Sarvinoz): Kelinglar, endi Navro`zni qutlab,dasturga yakun yasaylik. Hamma:Poyi qadamlari, qutlug` mehmonim, Navro`zing muborak, O`zbekistonim. ************************************************
Do'stlaringiz bilan baham: |