tarqalish, yotish xolati va hosil bo’lish qonunlarini, shuningdek ularning yer qobig’ining geologik
strukturalari bilan bog’liqligini va xalq xo’jaligida bunday suvlardan foydalanish imkoniyatlarini
Xozirgi vaqtda gidrogeologiya fanining yangi tarmog’i - texnogen gidrogeologiya, meliorativ
gidrogeologiya, gidroseysmika tarraqqiy etmoqda.
Yer yuzasiga yoqqan yog’in uch qismga ajraladi: bir qismi yer yuzasidan oqib, oxiri dengizga
borib quyiladi, ikkinchi qismi bug’lanib yana atmosferaga ko’tariladi, uchinchi qismi esa tog’
jinslariga singib ketadi va natijada yer osti suvlarini hosil qiladi. Bunday yo’l bilan hosil bo’lgan
suvlar infiltratsiya (shimilish) suvlari deb ataladi. Yer osti suvlarini tabiiy va suniy yer usti suvlari
tuyintiradi. Yer osti suvlari infiltratsiyadan tashqari, ya'ni yog’inlarning yer po’stiga singishidan
tashqari, kondensatsiya yordami bilan xam hosil bo’ladi. Kondensatsiya deganda atmosferadan
tuproqqa kirgan suv bug’ining suvga aylanish jarayoni tushuniladi. Yer ustidagi xavo suv bug’iga
tuyingan bo’lsa, xamma vaqt suv bug’i tuproqqa kira oladi. Tuproq xarorati pastroq bo’lsa, tuproqqa
kirgan suv bug’i quyuqlashadi, kondensatlanadi, natijada suv hosil bo’ladi. Lekin suv bug’i suvga
aylanayotganda issiqlik chiqadi, kondensatsiya jarayonining o’zi sovuq tuproq xaroratini ko’taradi
va natijada suv bug’ining oxirigacha suvga aylanishini to’xtatib quyadi. Tog’ jinslarida suv bug’i
to’planadi, bu esa ularning tuyinishiga olib keladi va jinslarda yuqori bosim hosil bo’lganda suv
bug’i yana xavoga ko’tarilib ketadi. Demak, kondensatsiya jarayonining ikki tomoni bor: suv
bug’ini tuproqqa singdiradi va undan chiqarib yuboradi. Yer osti suvlarining asosiy qismi yog’in
suvlarining tog’ jinslari orasiga singishidan hosil bo’ladi. Yer osti suvi – bug’ xolatdami, suyuq
xoldami yoki qattiq xoldami, baribir, kanday holda bo’lmasin, yer yuzasidan ostki qavatlarda
joylashgan suvdir. Bunday suv turli tog’ jinslari qatlamlari orasida-granit, qumtosh, konglomerat va
dolomitlar yorig’ida xamda karst bo’shligida; shag’al, qum, gil g’ovaklarida bo’lishi mumkin. Lekin
xar xil jins suvni xar xil o’tkazadi. Masalan, gil, gilli slanetslar, argillitlar suvni juda yomon
o’tkazadi, shu sababli ular amalda suv o’tkazmaydigan jinslar hisoblanadi. Umuman olganda yer
osti suvlari bilan yer usti suvlari va atmosfera orasida bog’lanish bor. Yer osti suvlari quyidagi
yo’llar bilan kamayadi: buloqlar orqali yer yuziga chiqadi, daryolar va ko’llarga oqib chiqadi,
o’simliklarning ildizlariga surilib, barglari orqali bug’lanadi, tog’ jinslari zarrachalari orasidagi
kapillyar naychalar orqali bevosita yer yuzasiga chiqib, bug’lanib ketadi, ximiyaviy yo’l bilan
jinslar tarkibiga kiradi va kishilar o’z maqsadlari uchun turli xil yullar bilan surib oladi.
Tabiatda suv gruntlar tarkibida bug’, suyuq va qattiq xolatda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: