Mufassal geologik ishlar foydali qazilmalarni qidirish va razvedka uchun tanlangan maydonda
labaratoriya tekshiruvlari, tog’ jinslarining va minerallarning xossalari va tarkibi va yer osti va yer
usti suvlarining xususiyatlarini belgilovchi yangi ma'lumotlar bilan boyitiladi.
Qidirish va razvedka ishlari olib borilayotgan maydonda foydali qazilmaning turiga va
urganilganlik darajasiga qarab ma'lum masofada kon laximlari va burg qudug’lari qazish bilan
belgilanadi. Ularning chuqurligi va joylashish sharoitlari maydondagi turtlamchi davr yotqiziqlari
va foydali qazilmaning yotish chuqurliklariga bog’lik. Xar bir o’tkazilgan kon laximida va burg
quduqlarida geofizika ishlarining barcha turlari o’tkaziladi. Bundan tashqari laboratoriya sharoitida
tekshirishlari uchun o’tkazilgan razvedka va qidiruv laxmlari shuningdek burg’ quduqlaridan
namunalar olinadi, bu namunalarning og’irligi va o’lchamlari o’tkaziladigan laboratoriya usullariga
bog’liq xolda belgilanadi.
Qidiruv va razvedka ishlari olib borilayotgan maydonda geofizika ishlari tog’ jinslari va foydali
qazilmaning fizik xossalariga asoslangan xolda ularning tarqalish maydonini, radioaktivligini,
yotish burchaklarini yer yuzasidan turib aniqlash imkonini beradi.
Foydali qazilma va tog’ jinslari tarqalgan maydonlar turli xil uzilishlar va murakkab geologik
sharoitlarga tug’ri kelsa yoki daryo, kanal, rivojlanayotgan jarlarni kesib o’tadigan bo’lsa,
qo’shimcha burg’ quduqlari yeki shurflar qaziladi. Murakkab geologik, geomorfologik xamda
gidrogeologik sharoitli maydonlarda esa qidiruv ishlari natijasi maxsus tekshiruvlar bilan
to’ldirilib, razvedka va tajriba-tadqiqot ishlariga keng o’rin beriladi. Bunday rayonlarga
cho’kuvchan less jinslar, surilish, karst, doimiy muzlik tarqalgan maydonlar, botqoq, tuz bosgan,
seysmik jixatdan aktiv zonalarni kiritish mumkin. Masalan, cho’kuvchan less tarqalgan
maydonlarda kushimcha ravishda jinslarning turi, cho’kuvchanligi va qalinligi, botqoq yerlarda
uning paydo bo’lish sabablari, turlari, tuzilishi va tarkibi; karst rivojlangan joylarda karstlanish
xarakteri, yeshi va shakli aniqlanadi. Bulardan tashqari, o’rganilayotgan maydondagi konni ochish
yoki ochmaslik uchun yaroqli yaroqsizligi aniqlanadi.
Yaroqsiz joylardagi konlarni sifatini yaxshilash uchun ko’riladigan chora-tadbirlar ko’rsatiladi.
Doimiy muzlik turiga, qalinligiga, tog’lik rayonlarda sel, surilish, ag’darilma, qor ko’chkilarining
vujudga kelishi va ularning foydali qazilma konlarini qazib olishga ta'sirini aniqlashga axamiyat
beriladi.
Mufassal qidiruvlar va razvedka natijasida geologik xisobot tuziladi. Xisobotda keltirilgan
ma'lumotlar foydali qazilma konlarini ochishga va ularning balansli yoki balansdan tashqari
ekanligini ish chizmasi loyixasini ishlab chiqish uchun asos bo’ladi.
Barcha turdagi geologik qidiruv ishlar ya'ni dala ishlari tugagandan keyin, kameral ishlar
boshlanadi. Geologik qidiruv va s'yomka, razvedka, tajriba-tadqiqot, laboratoriya ishlari natijasida
to’plangan materiallar qayta ko’rib chiqiladi, tartibga solinadi, analiz qilinadi va xisobot tuziladi.
Xisobotning mazmuni va xajmi loyixalash bosqichiga, qidirilayotgan va o’rganilayotgan
maydonning xiliga bog’liq. U asosan to’rt qismdan: umumiy, maxsus, grafik, ilova va tushuntirish
xatidan iborat bo’ladi.
Xisobotning umumiy qismi kirish so’zidan boshlanib, unda qidiruv ishlarining maqsadi,
vazifasi, xajmi, xarakteri va bajarilgan ishlar xili yoritiladi. Shuningdek, o’rganilayotgan
maydonning o’rni, ish bajarilgan muddati va ishni bajaruvchilar tarkibi ko’rsatiladi.
“Fizik-geografik ocherk” bo’limida joyning orfografiyasi, gidrografiyasi, iotisodiy tutgan o’rni
va iqlimi tug’risida ma'lumot beriladi. Yer yuzasi tuzilishiga, yer yuzasidagi suvlarga, rayonning
iqlim xususiyatlariga xarakteristika beriladi.
“Rayonning geologiyasi” bo’limida tog’ jinslarining tuzilishi, yoshi, qalinligi, tektonikasi
yoritiladi. Bundan tashqari bu bo’limda maydonda tarqalgan minerallar to’g’risidagi aloxida qism
xam mavjud bo’lib bu qismda asosan minerallarning tuzilishi, tarkibi, xossalari, teksturasi va
strukturasi haqida so’z boradi.
“Gidrogeologik sharoitlar” qismida yer osti suvlarining turlari, ularning paydo bo’lishi, xarakati,
ximiyaviy tarkibi, agressivligi, tog’ jinslarining suv singdirish va suv o’tkazuvchanlik
xususiyatlariga tavsif beriladi. Bu bo’limda geologik ishlar tamomlanib foydali qazilma koni
ochilgandan so’ng konni suv bilan ta'minlash chora tadbirlari haqida xam so’z boradi.
Foydali qazilma konidagi minerallar xamda tog’ jinslarining mustaxkamligiga salbiy ta'sir
ko’rsatadigan “Tabiiy geologik xodisalar va geologik jarayonlar” juda xam batafsil yoritiladi.
Xisobotning umumiy qismi “Tabiiy foydali qazilma konlari” bo’limi bilan yakunlanadi.
Rayonda mavjud bo’lgan va geologik ishlar davomida aniqlangan foydali qazilma konlari, ularning
zaxiralari, sifati baxolanadi.
Uning “maxsus qismi“o’z navbatida bir necha bo’limlardan iborat bo’lib, bunda
loyixalanayotgan geologik maydonning xarakteristikasi va qidiruv ishlari metodikasiga batafsil izox
beriladi. Shuningdek, tog’ jinslarining xossalari va geologik izlanishlar olib borilayotgan
maydonning geologik va gidrogeologik sharoitlari xamda ularning kon ishlarini olib borishga ta'siri
yoritiladi.
Xisobotning oxirida xar bir bo’limga tegishli xulosa yeziladi va foydalangan adabiyetlarruyxati
keltiriladi.
Unga turli grafik materiallar: 1) tabiiy foydali qazilma konlari kartalari; 2) gidrogeologik
kartalari; 3) geologik kolonkalar; 4) geologik kesmalar; 5) yer osti suvlari satxining chuqurligi va
ximiyaviy tarkibini aks ettiruvchi karta ilova qilinadi.
Xisobot qisqa va tushunarli kelib yozilishi shart.
Bizga mayolumki geologik qidiruv ishlari turli bosqichlarda amalga oshiriladi. Xar bir geologik
qidiruv ishlari bosqichi amalga oshirilgandan so’ng albatta yuqoridagi ishlar takrorlanadi.
Geologik qidiruv va razvedka ishlarining kon ochilgandan so’ng bevosita kon bilan bog’liq
xolda olib boriladigan bosqichlari xam mavjud. Bu bosqichlar ekspluatatsin va mufassal razvedka
ishlari xisoblanadi.