MINERALLARINING
XARAKTERISTIKASI
REJA
1. Asosiy jins hosil qiluvchi minerallar.
2. Ruda hosil qiluvchi minerallar.
3. Minerallarning tasnifi.
4. Minerallarning tarkibi haqida.
Tayanch iboralar: Mineral, kristall, rentgenometrik, struktura, tuzilma, turkum, kon, element,
sof, tug’ma, gemopolyar, golloid, jins, ruda, varaqsimon kristal, gidrotermik, oltingugurt, piramida,
romb, sfalirit, tetraedrik, shafaqsimon, qo’ng’ir, yaltiroq, kvarts, sinish, mukammal, nomukammal,
prizmatik, shaffof, pegmatik.
Minerallarning asosiy zamonaviy tasnifi ular ximiyaviy tarkibi kristall strukturasining bir –
biriga bog’liqligiga qarab bo’linadi. Ularning tashqi ko’rinishi xozirgi vaqtda rentgenometrik usul
bilan o’rganilayotgan ichki strukturasini bir qisminigina namoyon eta olish mumkin.
Minerallarning ichki tuzilmasini deganimizda ularni tashkil qiluvchi ximiyaviy elementlar
atomlarining uzaro bir–biriga bog’liqligi tushuniladi. Bunaqangi boshliqliklarning bir necha tiplari
mavjud:
1.
Kon turkumi bog’lanishning, ya'ni kation va anionlar bir – biriga shartli ravishda
elektrostatik kuchlar ta'sirida tartibli turadi. Bu bog’lanish miqdor-ining juda ko’pchiligiga ta'luqli.
2.
Metal bog’lanishning bog’lanish turkumi, bunda katnonlar umumiy elektron bulutlari
bilan o’zaro o’ralgan bo’ladi. Bu turkumga sof tug’ma metallar va bir qancha sulfidlar kiradi.
3.
Gemopolyar bog’lanish turkumi, bunda atomlar tashki elektronlarning umumiy qobig’i
bilan bog’langan. Bundan bog’lanish olmos va ko’pchilik sulfidlarga ta'luqlidir.
Biz umumiy geologiya tug’risida A.Gbetextin taklif qilgan tasnif buyicha to’liq bo’lmasada bir
necha bo’limlari va mineralsinflari bilan tanishib chiqamiz. Minerallar sof tug’ma elementlar,
sulfidlar, galloidlar, birikmalar, oksid va gidroksidlar, kislorodli tuzlar, karbonatlar, sulfatlar
vrlfarmat va molibdatlar, fosfatlar va silikatlar sinfiga bo’linadi.
Tog’ jinslarini asosiy qismini tashkil etuvchi minerallar jins hosil qiluvchi metallar deyiladi.
Ruda tarkibining asosini tashkil qiluvchi metallar ruda hosil qiluvchi metallar deyiladi.
Oltin Ai - Asosan nomunofiq donador, varaqsiimon, juda kamchilik xollarda kubik kristal
shaklidagi sof tug’ma xolatda uchraydi. Qattiqligi 2,5–3; zichligi 15,6– 19,0 gG`sm3 (toza oltinniki
– 19,3 gG`sm3), rangi oltinsimon sariq; chegarasi metalldek, sariq; metalldek yaltiroq. Faqaigina
«Shox arog’ida» KSN eriydi. Gidrotermik va sog’ilma konlari asosan ko’plab uchraydi.
Qimmatbaxo metallarga oltindan tashqari sof tug’ma xolatda uchraydigan platina va kumushlar ham
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: