Navoiy viloyat Qiziltepa tuman
19-DMTT tarbiyachisi
Hasanova Feruzaning
Ta'lim tarbiya sifatini oshirish maqsadida
“Mening strategik rejalarim”
TAQDIMOTI
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`lim tizimining asosiy, birlamchi bo`g`ini hisoblanadi.
Bizning asosiy maqsadimiz – yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lishiga erishish, ularning o’z qobiliyati va iste’dodini ro’yobga chiqarish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat.
- 2019-yil 22-oktabrda “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” gi O`zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi.
- 2020 yil 23 sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim sohasida hozirgi davrdagi amalga oshirilgan islohotlar o‘z aksini topdi.
Sh.M.Mirziyoyev
Har qanday ta’limning asosi — metodika, jumladan, maktabgacha ta’limniki ham. Maktabgacha ta’limni sifat bosqichiga ko‘tarishda yangi ta’lim metodlari, innovatsion texnologiyalarning ahamiyati katta. Sababi MTTning moddiy-texnik bazasi yuqori bo‘lsa-yu, tarbiyachi bola bilan ishlamasa, unga har kuni yangi ma’lumotlarni o‘rgatmasa, hamma qilingan harakatlar natijasi nolga tenglashib qoladi. Sohadagi mutaxassislar mahoratini oshirish, ularga zaruriy metodik ko‘mak berish maqsadida Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish zarur.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarni AKT, elektron ta’lim resurslari va multimedia vositalari bilan taminlash Maktabgacha ta`lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga zamonaviy AKT, elektron ta’lim resurslari va multimedia vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tushuncha berish;
Ta’lim sifati monitoringi, bilimlar bellashuvi, “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi”, “Yilning eng yaxshi metodisti”, “Yilning eng yaxshi psixologi” ko‘rik-tanlovi natijalarini tahlil etish, ta’lim sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, tahlillar asosida hisobot taqdimotlarini o‘tkazish va yangi o‘quv yilida bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar (bo‘shliqlarni to‘ldirish) yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalani oldindan ishlab chiqish;
Ta’lim berishning yangi, zamonaviy metodlari bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida o‘quvlar, konferensiyalar tashkil etish, ilg‘or tajribalarni targ‘ib qilish, videodarslar, elektron dars ishlanmalari va tavsiyalarni internetdagi ta’lim portalida berib borish orqali pedagoglarga metodik yordam ko‘rsatish.
Ilg‘or tarbiyachilarning ommalashtirilgan ish tajribalari yuzasidan alohida muhokamalar o‘tkazish, yaratilgan tavsiyalardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish, ustoz-shogirt an`analarini yo`lga qo`yib yosh ishga kelgan xodimlar bilan o`z tajribalarini almashinishlari uchun sharoit yaratish.
Bugungi kunda har bir inson uchun xorijiy tillarni bilish juda muhimdir. Dunyo tobora globallashib borayotgani va ikki tili bilish, shunchaki qizqish emas, balki zamon talabi bo'lib bormoqda. Chet tillarni o'rganish, boshqalar bilan qanday qilib chinakam muloqot qilish va ular bilan bog'lanishni o'rganishga qaratilgan hayotiy ko'nikma hisoblanadi. Shuning uchun tarbiyachi pedagog va tarbiyalanuvchilar uchun xorijiy tillarni o`rgatish bo`yicha turli kurslar tashkil etish.
E`tiboringiz uchun tashakkur
Do'stlaringiz bilan baham: |